Birinchidan, “Saylov huquqi” atamasi ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni (saylov munosabatlarini) tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisiga nisbatan ishlatiladi. Bunda saylov huquqining huquqiy institut ekanligi ko’rinadi.
Ikkinchidan, “saylov huquqi” fuqarolarning siyosiy huquqlariga nisbatan ishlatiladi. Fuqarolarning saylov huquqi saylash va saylanish huquqidan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar – deb belgilab qo’yilgan. Demak, fuqarolarning “saylov huquqi” siyosiy huquq va u saylash hamda saylanish huquqining umumlashgan ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |