1-Chizma
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining turlari
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi (taklif jihatidan)
Alohida tarmoqlarning YaIMdagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish va funktsional tarkibi (talab jihatidan)
Iste’mol xarajatlari, yalpi investitsiyalar va sof eksportning YaIMdagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi
Iqtisodiyotning hududiy tarkibi
Alohida hududlarning YaIMdagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining turlari
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining turlari
Kapitalning kontsentratsiyalashuvi darajasi jihatidan tarkib
Yirik va kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi
Ijtimoiy-iqtisodiy tarkib
Davlat mulki va xususiy mulk korxonalarining YIMdagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi
Tarkibiy o’zgarishlar siyosati – mamlakat tomonidan amalga oshiriladigan, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan сhora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqiсhida tarkibiy o’zgarishlar siyosati:
mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyalashuv darajasini ko’tarish, ya’ni ishlab сhiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish, YaIM, eksport kabi ko’rsatkiсhlarda alohida tarmoq mahsuloti yoki mahsulot guruhining ustunlik qilishiga barham berish;
tashqi bozorlardagi kon’yunktura o’zgarishlariga kam ta’sirchan bo’lgan tarmoqlar va sohalarning YaIM va bandlikdagi ulushining yuqori bo’lishini ta’minlash;
tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, shuningdek eksport qiluvchi korxona va tarmoqlarning xom ashyo va butlovchi qismlar bilan ta’minlanishida mahalliy korxonalar ulushining ustunligiga erishish;
yuqori texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan bilan qurollangan, arzon va sifatli, tashqi bozorda bemalol raqobatga kirisha oladigan sanoat tarmoqlarining sanoat ishlab chiqarishi ko’rsatkichlaridagi ulushini oshirish;
kon’yunktura o’zgarishlariga tez mosshlashuvchan, kapital sig’imi past bo’lgan soha va tarmoqlarning yalpi iqtisodiy ko’rsatkichlardagi salmog’ini oshirishga erishish yo’nalishlarida olib borilmoqda.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo’shilgan qiymat hissasi yuqori bo’lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko’paytirish muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda olib borilgan izchil tarkibiy siyosat natijasida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida sifat siljishlari ro’y berdi. Jumladan, sanoat ishlab chiqarishining YaIMdagi ulushi 2010-yilda 14 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu ulush 24 foizga yetdi (2-Chizma).
Shuningdek, transport va aloqa tarmoqlarining YaIMdagi ulushi shu davrda 8 foizdan 12 foizgacha ko’tarildi. Sanoat, transport va aloqa tarmoqlarining YaIMdagi ulushi ortishi soliq yukining kamaytirilishi, bu tarmoqlarga investitsiyalar ustuvor tarzda jalb qilinishi, yirik investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida ro’y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |