Mavzu: Sanoat, transport, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan yerlar tarkibi Reja



Download 126,5 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2022
Hajmi126,5 Kb.
#673509
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kochmas mulk Kurs ishi




Mavzu: Sanoat, transport, aloqa, mudofa
va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan
yerlar tarkibi


Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

2. 1. Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
2. 2. Aloqa va mudofa uchun ajratilgan yerlar
2. 3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa tarkibiga kiradigan yerlarning huquqiy holati
III. Xulosa.
Kirish
Sanoat, transport, aloqa va mudofa uchun ajratilgan yerlar har bir davlatning eng kerakli, shu bilan birga eng muhim yerlari sirasiga kiradi. Buning asosiy sababi shundan iboratki sanoat va transport davlatning har bir hududini bir-biri bilan bog’lashga ular o’ratasida aloqalar o’rnatishga
hizmat ko’rsatadi. Aloqa esa telekomunikatsiya, televediniya, uyali aloqa va shunga o’xshash aloqa vositalari oraqali bog’lanishdan iboratdir. Mudofa esa har bir davlatning eng asossiy tizimi hisoblanib, bu bilan birga davlat o’z himoyasini yo’lga qo’yadi. Mudofa faqatgina davlatni himoya qilib qolmasdan davlatning aholisi o’rtasidagi tinchlikka ham qaraydi.
Sanoat, transport, aloqa va mudofa barchasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib bir-birini to’ldirib bir-biri bilan uzviy aloqada hisoblanadi. Ya’ni sanoat biror-bir mahsulot ishlab chiqarsa uni faqat shu ishlab chiqigan joyda emas boshqada joylarga olib boorish uchun bunga abatta transport vositalari kerak bo’ladi, undan keyin ularni cheklamasini qilish kerak.
Sanoat uchun ajratilgan yerlar 2 turga bo’linib og’ir sanoat va yengil sanoat deya nomlanadi.
Ushbu yerlar ulkan ishlab chiqarish manbayi hisoblaib davatning rivojlanishida asosiy ahamiyat kasb etadi va iqtisodiyotini belgilab beradi. Sanoat uchun ajratilgan yerlarda ishlab chiqilgan mahsulotlar aholini resurs manbayi hisoblanib ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqada kerakli mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlar respublikamiz qonunchiligiga ko`ra davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun sanoat yerlari davlatning yerga nisbatan mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer qonunchiligining yerdan doimiy egalik huquqi asosida foydalanishga taalluqli bo`lgan barcha qoilari sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlarning huquqiy holatini belgilashda asos rolini o`ynaydi. Bular jumlasiga yerdan oldindan belgilanmagan muddatda foydalanish, yerdan belgilangan maqsadda foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to`lash, yerdan foydalanish huquqini vujudga kelish asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo`lish asoslari va tartibi, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin.
Aloqa va elektr uzatish liniyalari qurib bo`lingandan so`ng tegishli tashkilotlar yer maydonlarini qishloq xo`jaligi ishlab chiyaqarish uchun yaroqli holga keltirishi, yetkazilgan zararni qoplashlari kerak. Yer uchastkasi tegishli bo`lgan qishloq xo`jalik, kooperativ, davlat korxonalari aloqa va elektr liniyalariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari, ularga ziyon yetkazmasliklari, himoya qilishlari shart bo`ladi.
Avtomobil transporti yerlariga tegishli organlarga berilgan va ularning nazoratiga topshirilgan poloslar va shu yerlarga qo`shiladigan uchastkalar, avtomobil transporti xizmatiga alohida ahamiyatga ega bo`lgan yerlar kiradi.
Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar asosan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi ixtiyorida bo`ladi. Bu toifa yerlardan foydalanish huquqining subyektlari bo`lib, mamlakatimiz chegara, ichki ishlar va temir yo`l qo`shinlarining harbiy qismlari, harbiy o`quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisoblanadilar.
Sanoat va transport,aloka,mudofaa va boshqa maqsadlariga
mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida tushuncha va ularning
klassifikatsiyasi
Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yer fondi tizimida alohida mustaqil toifani tashkil etadi.
2015-yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 905.1 gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 2.02 foizini tashkil etadi. Sanoat yerlarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (69-70-moddalar) hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi maxsus qonun osti normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu toifa tarkibiga kiruvchi yerlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra: Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar deganda sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi. Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa ob’ektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televidenie va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o‘tgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun byerilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, soјlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.
Sanoat yerlari mamlakatimiz yer fondi tizimida transport, aloqa, mudofaa maqsadlariga mo`ljallangan yerlar bilan birgalikda alohida mustaqil toifani tashkil etadi. Sanoat yerlarining huquqiy holati O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (69-70-moddalar) hamda sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi maxsus qonun osti me`yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Sanoat yerlari tushunchasi O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. Unga ko`ra, sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlar deganda sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi. Demak, sanoat yerlari sanoat korxonalarining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun berilgan yer maydonlaridan iborat bo`ladi.
Sanoat yerlarining huquqiy holati tushunchasi o`z ichiga sanoat yerlaridan foydalanish tartibi, shu toifa yerlarni boshqarish, sanoat korxonalarining yerdan foydalanishdagi huquq va majburiyatlari kabilarni oladi. Shuningdek sanoat yerlarini muhofaza qilish, yer kadastri ma`lumotlarini yuritish, davlat nazorati kabi harakatlar ham sanoat yerlari huquqiy holatini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlar respublikamiz qonunchiligiga ko`ra davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun sanoat yerlari davlatning yerga nisbatan mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer qonunchiligining yerdan doimiy egalik huquqi asosida foydalanishga taalluqli bo`lgan barcha qoilari sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlarning huquqiy holatini belgilashda asos rolini o`ynaydi. Bular jumlasiga yerdan oldindan belgilanmagan muddatda foydalanish, yerdan belgilangan maqsadda foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to`lash, yerdan foydalanish huquqini vujudga kelish asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo`lish asoslari va tartibi, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin.
Sanoat yerlari asosan shahar va shahar tipidagi posyolkalardan tashqarida sanoat korxonalarini joylashtirish va ishlatish uchun ajratib beriladi. Bundan tashqari, sanoat yerlari shahar, posyolka, qishloq aholi punktlari yerlari tarkibida ham joylashgan bo`lishi mumkin. Bunday yerlar aholi punkti yerlari toifasiga kirib, ularning huquqiy holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi.
Sanoat yerlari asosan shahar va shahar tipidagi posyolkalardan tashqarida sanoat korxonalarini joylashtirish va ishlatish uchun ajratib beriladi. Bundan tashqari, sanoat yerlari shahar, posyolka, qishloq aholi punktlari yerlari tarkibida ham joylashgan bo`lishi mumkin. Bunday yerlar aholi punkti yerlari toifasiga kirib, ularning huquqiy holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi.
Sanoat korxonalarini joylashtirish hamda faoliyatini yuritish uchun xizmat qiladigan yer maydonlarining miqdori yer qonunchiligida belgilanmagan. Uning miqdori sanoat korxonasini qurish loyihasida tasdiqlangan rejaga binoan aniqlanadi. Sanoat korxonalariga berilgan yer uchastkalari sanoat inshootlarini joylashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish talablari asosida foydalaniladi. Bunday yerlardan qishloq xo`jalik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi. Sanoat korxonalari sanoat maqsadlariga mo`ljallangan yerlardan foydalanishda yer qonunchiligi normalariga qat`iy rioya etishlari shart bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 70-moddasida ko`rsatilishicha, sanoat korxonalari o`zlari foydalanmayotgan yerlarni tuman va shahar hokimlarining qaroriga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.
2. Transport yerlarining huquqiy holati.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko`rsatilishicha, transport maqsadlariga mo`ljallangan yerlar jumlasiga temir yo`l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta`mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
Transport yerlarining asosiy qismini transportning normal faoliyatini ta`minlash zaruriyati uchun ajratilgan yer uchastkalari tashkil etadi. Bundan tashqari, transport yerlarning tarkibiga transport yerlarining o`zi, yuk tashish, passajirlar tashish va boshqa xizmat uchun ajratilgan yerlar kiradi. Transport uchun ajratilgan yerlardan foydalanish huquqining subyektlari bo`lib, transport vositalari va ekspluatatsiya qiluvchi aloqa yo`llariga ega bo`lgan tegishli tashkilotlar hisoblanadi. Temir yo`l transportida bunday tashkilotlar temir yo`l bo`limlari: havo transportida - aeroportlar; dengiz transportida - dengiz portlari, kemalar yasovchi va remont qiluvchi zavodlar; truboprovod transportida - magistral truboprovodlardan foydalanish boshqarmalari; ichki suv transportida - daryo portlari; avtomobil transportida - yo`l ekspluatatsiya uchastkalari hisoblanadi.
Transport uchun ajratilgan yer uchastkalarining ko`p qismi transportning xo`jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiladi (masalan, avtomobil yo`llari va temir yo`llari va temir yo`llarini yotqizish uchun ketadigan materiallarni saqlash ehtiyojlariga mo`ljallangan yer uchastkalari, yo`llarni remont qilish zarurati uchun tuproq va tosh olinadigan yer uchastkalari). Shuningdek, temir yo`l transporti yerlariga temir yo`lni idora etuvchi organlari boshqaradigan yerlar, temir yo`l transporti xizmati uchun alohida mo`ljallangan yerlar ham kiradi. Temir yo`l transportida temir yo`l izlari o`rnatilgan yerlardan boshqa uning tomonlarida muhofaza qiluvchi poyaslar ham qoldiriladi. Temir yo`l poloslariga quyidagilar kiradi: yo`l binolari, aloqa qurilmalari stansiyalari (butun qurilmalari bilan), himoyalanish nihollari.
Avtomobil transporti yerlariga tegishli organlarga berilgan va ularning nazoratiga topshirilgan poloslar va shu yerlarga qo`shiladigan uchastkalar, avtomobil transporti xizmatiga alohida ahamiyatga ega bo`lgan yerlar kiradi. Avtomobil transporti yerlariga tegishli organlariga berilgan va ularning nazoratiga topshirilgan poloslar va shu yerlarga qo`shilgan uchastkalar, avtomobil transporti xizmatiga alohida ahamiyatga ega bo`lgan yerlar kiradi.
Avtomobil yo`llarining kengligi yo`l kategoriyasiga qarab belgilanadi. O`zbekistonda o`rnatilgan qoidaga binoan avtomobil yo`llarining kategoriyasiga qarab quyidagicha maksimal yo`l kengligi belgilangan: I - kategoriya - 39 metr; II - kategoriya - 28 metr; III - kategoriya - 22 metr; IV - kategoriya - 19 metr; V - kategoriya - 18 metr.
Shu bilan birga avtomobil yo`llari yoqalarida yo`l xizmati uchun doimiy binolar qurishga va avtomobil transporti passajirlariga xizmat ko`rsatish uchun har xil binolar va qurilmalarni qurishga ruxsat etiladi.
Avtomobil yo`llari va ularga ajratilgan poloslarda mol haydash, mol boqish, sihatgohlar, palatkalar qurish, olov yoqish, ko`prikka 200 metr yaqinda olov yoqish taqiqlanadi.
Truboprovod yerlariga shu soha bilan shu¦ullanuvchi vazirlik nazoratiga berilgan magistral truboprovodlar (neft magistrallari, truboprovod magistrallari) va shu sohaga aloqador bo`lgan yer uchastkalari kiradi.
Magistral truboprovod trassalari qurish va ekspluatatsiya qilish uchun belgilangan kenglikka yer uchastkalari va poloslar beriladi. Uning kenglik hajmi trassa xarakteriga qarab yoki qurilish yoki ekspluatatsiya qilish davriga qarab belgilanadi. Magistral truboprovod trassalari uchun qo`shimcha yer uchastkalari ularning doimiy muhofazasini ta`minlash uchun beriladi.
Yer qonunchiligi normalariga binoan dengiz transporti yerlarini dengiz transporti xizmati ehtiyojlari uchun shu sohani idora etuvchi organ ixtiyoriga berilgan hududlar: dengiz portlari, mayaklar va boshqa maxsus qurilmalar tashkil etadi. Daryo transporti yerlariga daryo transporti sohasini idora etuvchi organlar tomonidan boshqariladigan daryo transporti ehtiyojlariga xizmat qiladigan daryo portlari, pristanlar va boshqa qurilmalar kiradi.
Havo transporti yerlariga Havo yo`llari organlari nazoratiga berilgan, havo transporti ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan maxsus qurilmalar bilan band bo`lgan yer uchastkalari, aeroport va aerodrom hududlari kiradi. Havo kodeksida ko`rsatilishicha maxsus qurilgan, ya`ni samolyot uchishi va ko`nishi, to`xtab turishi va havo kemalari xizmati uchun ajratilgan yer uchastkalari aerodrom hisoblanadi. Aeroport hududiga esa avvalo aerodrom, shuningdek vokzal, har xil binolar qurish uchun zarur bo`lgan yer uchastkalari kiradi. Bundan tashqari, aeromayaklar, vishkalar va maxsus boshqa qurilmalar bilan band bo`lgan yerlar ham aeroport va aerodrom hududiga joylashtirilib, ular ham transport yerlari hisoblanadi.

3. Aloqa yerlarining huquqiy holati.


Aloqa yerlari deganda aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi.
Aloqa va elekr uzatish liniyalari yerlari tayanch makoni sifatida foydalaniladi. Ular havo liniyalari, yer osti kabel liniyalari, zarur xizmat binolari va qurilmalari (podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar, kabel budkalari va shunga o`xshashlar) tayanchi sifatida ajratilgan yer uchastkalari qismlari bo`lib, ichki tuzilishga ega bo`ladi. Aloqa liniyalari, elektr uzatuvchi, havo va kabel liniyalari uchun yer polosalari, vaqtinchalik qurilmalar, qurilish montaj mexanizmlarini joylashtirish, qurilma va materiallarni tashish va saqlash uchun yer uchastkalari qurilish davrida qisqa muddatli foydalanish uchun zarur bo`ladi. Shu turdagi yerdan foydalanishga nisbatan Yer qonunchiligida belgilangan (Yer kodeksi 30-moddasi) o`zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi keng qo`llaniladi. Aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida ularni saqlanishi uchun, shuningdek xavfsizligi maqsadida muhofaza zonalari o`rnatiladi. Bu yerlar ilgarigi yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida qoladi, ammo yerga nisbatan ularning huquqlari ma`lum darajada chegaralangan bo`ladi. Muhofaza zonalari yerdan maxsus shartlar bilan foydalanishning bir turini tashkil etadi.
Aloqa yerlarining huquqiy holati, muhofaza zonalari huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlari. Aloqa liniyalarini muhofaza qilish qoidalari, yuqori voltli elektr uzatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari, 1000 voltgacha kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari bilan belgilanadi.
Aloqa va elektr uzatish korxonalariga muddatsiz yoki vaqtinchalik foydalanish uchun yer uchastkalari ajratish, turli xil muhofaza zonalarini belgilash, shu xildagi yerdan foydalanish turlari munosabati bilan vujudga keladigan o`rmon, yer osti boyliklari, suvlarni muhofaza qilish manfaatlarini hisobga olish zaruriyati ko`rsatilgan maqsad uchun yer berish tartibi hamda yerdan foydalanish huquqi mazmunini aniq huquqiy tartibga solishni talab etadi.
Aloqa va elektr uzatish liniyalari amalda barcha yer toifalaridan o`tishini hisobga olganda ko`pchilik yerdan foydalanuvchilardan ayrim yer uchastkalarini olib qo`yishga to`¦ri keladi. Bunday yer uchastkalari qimmatbaho qishloq xo`jalik maydonlari, suvni muhofaza qilish zonasi yerlari, o`rmon fondi yerlari, suv fondi yerlari ham bo`lishi mumkin. Bu esa shu xildagi yerdan foydalanuvchilarga ma`lum noqulayliklar to`¦dirishi tabiiy. Shu sababdan aloqa maqsadlarida yer berish jarayonida yer huquqining asosiy tamoyillariga, ya`ni qishloq xo`jalik yerlaridan foydalanishning ustivorligi, yerni muhofaza qilish, tabiatni va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalariga e`tibor qaratish muhimdir.
Aloqa va elektr uzatish liniyalari uchun yerdan foydalanishda yer uchastkalari miqdorini belgilashda turli xil variantlar qo`llaniladi. Bunda yer ajratishning belgilangan na`munaviy normalari tasdiqlanadi. Ma`lum yer bo`laklari qisqa muddatli foydalanishga qurilish davrida beriladi.
Aloqa va elektr uzatish liniyalarini joylashtirish uchun su¦oriladigan yerlar, shudgorlar, ko`p yillik mevali daraxtlar egallagan yerlar hamda uzumzorlar, shuningdek suvni muhofaza qilishga band bo`lgan yerlarni olib qo`yishga qonunda belgilangan tartibda alohida hollardagina yo`l qo`yiladi. Havo liniyalarini joylashtirishda aerodromlar, zich qurilgan aholi punktlari, sanoat korxonalari, kurortlarni muhofaza qilish sanitariya zonalari, zapovedniklar albatta aylanib o`tilishi shart.
Aloqa yerlaridan foydalanish huquqining subyektlari bo`lib, aloqa va elektr liniyalarini ishlatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bularga Aloqa vazirligi, Energetika vazirligi va ularning joylardagi korxonalari kiradi. Bundan tashqari, shu xildagi yerdan foydalanish huquqining subyektlari bo`lib temir yo`l, avtomobil yo`llari, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari ham bo`la oladilar. Chunki shu vazirliklarning ham qaramo¦ida aloqa, elektr uzatish liniyalari mavjud bo`ladi.
1000 voltgacha kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalarini muhofaza qilish qoidalariga ko`ra muhofaza zonalari quyidagicha belgilanadi:
1. Elektr uzatishning yer usti (havo) liniyalari bo`ylab (binolarga kiritish nuqtasidagi shahobchalar bundan mustasno) eng chetdagi o¦ishmagan holatdagi simlarning yer yuzasiga tushgan proyeksiyasidan (soyasidan) har ikki tomondan 2 metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to`¦ri chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasini qoldirish;
2. Elektr uzatishning yer osti kabeli liniyalari bo`ylab, eng chetdagi kabellardan har ikki tarafdan bir metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to`¦ri chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish; kabellar shaharlarda yo`lak (trotuar)lar tagidan o`tkazilgan hollarda esa binolar va inshootlar tarafidan 60 santimetr va yo`lning qatnov qismi tarafidan esa 1 metr masofa qoldirib, tortilgan parallel to`¦ri chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish;
3. Elektr uzatishning suv osti kabel liniyalari bo`ylab, har bir kabelning uch tarafidan 100 metrdan masofa qoldirilgan holda suv yuzasidan suv tubigacha bo`lgan masofadagi yer (suv) uchastkasi qoldirish.
Aloqa va elektr uzatish liniyalari qurib bo`lingandan so`ng tegishli tashkilotlar yer maydonlarini qishloq xo`jaligi ishlab chiyaqarish uchun yaroqli holga keltirishi, yetkazilgan zararni qoplashlari kerak. Yer uchastkasi tegishli bo`lgan qishloq xo`jalik, kooperativ, davlat korxonalari aloqa va elektr liniyalariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari, ularga ziyon yetkazmasliklari, himoya qilishlari shart bo`ladi.

4. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan yerlarning huquqiy holati.


Mudofaa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan yerlarning tushunchasi O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksida berilgan. Ushbu qonunlar majmuining 69-moddasida ko`rsatilishicha, qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo`l qo`shinlarining harbiy qismlari, harbiy o`quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan yerlar deb e`tirof etiladi. Demak mudofaa yerlariga davlatimiz qurolli kuchlari faoliyatini amalga oshirish, davlat chegaralarini himoya qilish, mudofaa obyektlarini joylashtirish, poligonlar, o`q otar joylari, harbiy shaharchalar, omborxona va shunga o`xshashlarni qurish uchun ajratib berilgan yer uchastkalari taaluqli bo`ladi.
Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar asosan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi ixtiyorida bo`ladi. Bu toifa yerlardan foydalanish huquqining subyektlari bo`lib, mamlakatimiz chegara, ichki ishlar va temir yo`l qo`shinlarining harbiy qismlari, harbiy o`quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisoblanadilar.
Mudofaa ehtiyojlari uchun yer ajratib berishni so`rab murojaat etish huquqiga Mudofaa vazirligi, harbiy okrug qo`mondonligi, ularning mansabdor shaxslari egadirlar. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan yerlarni hisobi shu yer uchastkasi ixtiyorida bo`lgan vazirlik yoki davlat qo`mitasi tomonidan olib boriladi. Harbiy qismlarning yerdan foydalanishi davlat ro`yxatidan o`tkazilganda faqat yer uchastkalarining miqdori va tashqi chegaralari ko`rsatiladi, ichki yer tuzilishi esa ochib berilishi mumkin emas.
Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar harbiy qismlar tomonidan faqat belgilangan maqsadda, ajratib berish hujjatida o`rnatilgan tartibda foydalanishligi lozim, yerdan foydalanishning aniq belgilangan maqsadini o`zgartirish mumkin emas.
Harbiy qismlar qo`shinning harbiy tayyorgarligi va harbiy sirni saqlashga ziyon yetkazmagan holda qishloq xo`jaligi bilan shu¦ullanuvchi subyektlarga poligon, aerodrom va boshqa obyektlar yerlaridan pichan o`rish, qishloq xo`jalik ekinlarini ekish, mol boqish uchun yer uchastkalarini foydalanishga berishga haqlidirlar. Yer uchastkalari harbiy qismlar tomonidan shu yer joylashgan hokimlik ruxsati bilan qishloq xo`jalik subyektlariga vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Qishloq xo`jalik ishlarini olib borish muddati bunday hollarda qishloq xo`jalik subyektlari hamda harbiy qism ko`mondonligi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Shuningdek harbiy qismlar o`zlariga berib qo`yilgan yer uchastkalaridan vaqtinchalik yordamchi xo`jalik yuritish uchun esa qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlardan yer uchastkalari ajratib beriladi.
Mudofaa maqsadlari uchun ajratib berilgan yer uchastkalari fuqarolarga (shuningdek harbiy xizmatchilarga) xizmat uchun chek yerlar, tomorqa ko`rinishida ikkilamchi foydalanish uchun berilishi mumkin emas.
Mudofaa yerlari huquqiy holatining yana bir o`ziga xosligi shundaki, bu yer uchastkalariga nisbatan yopiq zonalar o`rnatilishi, ya`ni bu yerlarga begonalarning kirishi umuman man qilinishi mumkin. Ushbu tartib tegishli harbiy qo`mandonlik tomonidan belgilanadi va hamma uchun bajarilishi majburiy bo`ladi.
Mudofaa yerlari huquqiy holatidagi ba`zi o`ziga xos xususiyatlar urush sharoitida kelib chiqishi mumkin. Urush holati e`lon qilingan joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamma vazifalari mudofaa sohasida jamoat tartibi va davlat xavfsizligini ta`minlash maqsadida yuqori harbiy boshqaruvi organlari ixtiyoriga o`tadi. Tegishincha, harbiy qismlar tomonidan yer uchastkalarini egallash harbiy boshqaruv organlari buyru¦iga binoan amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligi uchun yer hayot -mamotning moddiy sharti bo'libgina qolmay balki ishlab chiqarishning aktiv ashyoviy omili hamdir. Ishlab chiqarish jarayoni tuproq unumdorligi bilan, tabiiy biologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq. Yer takror ishlab chiqarmaydigan ishlab chiqarish vositalari qatoriga kiradi. Shu munosabat bilan umuman yer resurslari va ayniqsa qishloq xo'njaligida foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yerlar cheklangandir. Tabiatan yerning cheklanganligi undan intensiv suratda foydalanish zarurligi masalasini juda keskin qilib qo'yadi. Qishloq xo'jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Mamlakat yer boyliklaridan oqilona foydalanishning davlatimiz agrosiyosatini asosi bo'lib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim shartidir. Tuproq juda ko'p xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan tabiiy jism bo'lib, shulardan eng muhimi unumdorlik hosil etishtirish qobiliyatidir. Tuproq unumdorligi deganda o'simliklarning butun o'sish davri davomida talab etadigan miqdorda suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta'minlash orqali qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish qobiliyati sanaladi. O’zbekistonning yer resurslari 45 mln. ga atrofida. Uning atigi 1/10 qismidan foydalaniladi xolos. Hozir 4,2 mln. ga yerlarda sug'orib dehqonchilik qilinadi. Sug'orib dehqonchilik qilinadigan hududlar anchagina, ammo suv yetishmasligi sababli ulardan foydalanib bo'lmaydi va quyidagilar.
1. Yer hajmi jihatidan cheklangan, ya'ni uni inson hohishiga kcTra kattalashtirib yoki kichiklashtirib bo'lmaydi.
2. Yerni hech qanday ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo'lmaydi. U qishloq xo’jaligining asosi hisoblanadi.
3. Yer tabiat maxsuli, u inson mehnati mahsuli emas.
4. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo" lib, undan to'g'ri foydalanish kerak. Yerdan foydalanishning yangi shakllari rivojlanmoqda. Bular fermer va dehqon xo'jaliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalari shirkat xo'jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo'jalik korxonalaridir. Sug'oriladigan haydalma yerlar respublika qishloq xo'jaligini va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar maydoni 5-6 mln. ga bolib; ular sog'oriladigan va lalmi yerlardir. Bu yerlarning 1,6 mln. gektari cho'l zonasida joylashgan. Sug'oriladigan yerlar Farg'ona Zarafshon vodiylarida va quyi Amudaryo rayonida ancha maydonlarni egallaydi. O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni asosi sug'oriladigan dehqonchilikdir. Suv xo'jaligi (kanallar, suv omborlari, injenerlik va gidrotexnika inshoatlari) qurilish, yerning miliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa tadbirlar Respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho'ldagi quruq yerlar o'zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo'jaligining boshqa maxsulotlarini yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzah, Zarafshon, Surxonsherobod dashtlari, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarni o'zlashtirish yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo’jaligidan foydalaniladigan yerlar deb qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan va shu maqsadlarga mo'ljallangan barcha yerlarga aytiladi. Bunday yerlar jumlasiga haydaladigan yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, qo'riqlar, pichanzorlar va yaylovlar kirsa, qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlarga -o'rmonlar, bo'tazorlar, botqoqliklar, qum bosgan va boshqa noqulay yerlar kiradi. Haydaladigan yerlar barcha qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning tahmini 15 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda ekinlarning ko'pchiligi sug'oriladigan va shartli sug'oriladigan yerlarga yetishtiriladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning har gektari juda katta ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlarda to’g'ri foydalanish ularning samaradorligini oshirib borishqishloq xo'jalik tasarrufidan chiqib ketishga yo’l qo'ymaslik Respublika qishloq xo'jaligini intensivlashning asosiy shartidir. Davlat yer fondi yer egaligi yoki yerlardan foydalanuvchilar hududidagi barcha yerlarni - haydalma yerlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o'rmonzor, bo'z yerlar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yerlarning jamini o'z ichiga oladi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 mingga, barcha qishloq xo'jalik yerlari 22446,1 mingga yoki Respublika yer fondining 50,5 % ni qishloq xo'jalik turlari 17346,2 minggani, shundan sug'oriladigan yerlar maydoni 3281,1 minggani tashkil etadi. (2006). Qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalaniladigan yerlar eng qimmatli hisoblanib, ular qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni ta'minlash bilan birga barcha agrolandshaftlar hamda qulay tabiiy muhit yaratish jihatidan ham muhimdir. Rspublika bo'yicha qishloq xo'jalik maqsadlari uchun mo'ljallangan yerlarning tarkibi va o'zgarish jarayonida umumiy qishloq xo'jalik yer turlari maydonining kamayib borishi kuzatilmoqda.
Yer fondining eng qimmatli qismi sug'oriladigan yerlardir. Har bir gektar sug'oriladigan yer undan to’g'ri foydalanib borilganida beradigan maxsuloti jihatidan 6-7 gektar lalmi shudgorga, 50 gektar baland tog" yaylovlariga va 1000 gektar cho'l yavlovlarga teng keladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning qishloq xo'jalik tasarrufida chiqib qolishiga yo'l qo'ymaslik nihoyatda muhim. Yangi yerlarni o'zlashtirish tuman va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishga kiritib borish yo'li bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishni cheksiz davom ettirib bo'lmaydi, chunki qaytib dehqonchilik qilishga yaroqli yerlar cheklangandir. Yerdan yuqori unum bilan foydalanishda maqsad eng kam mehnat va mablag' sarf qilgan holda har bir gektar yer maydonida ko'proq miqdorda maxsulot olishdir. Shundan kelib chiqib kam mehnat va mablag" sarflagan holda yer maydoni birligidan olinadigan yalpi maxsulot yerdan foydalanish samaradorligining asosiy ko'rsatkich deb qabul qilingan. Maxsulot yetishtirish uning dehqonchilikdan yoki chorvachilikdan olinishiga qarab 100 gektar haydaladigan yerlarga yoki aniq eiin maydonlariga nisbatan hisob qilib aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatini qiyosiy baholashda rasm boMgan amaliyotdan yerlardan foydalanish darajasi ko'pchilik hollarda ishlab chiqarishning oxirgi natijalariga qarab belgilanadi. Yerdan foydalanishning yakunlovchi natural ko'rsatkichlaridan biri ekinlar hosildorligidir.

Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish