Talimda bilim konikma va malakalarni puxta va mustahkam ozlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, yani oquvchilar tomonidan tizimli va ongli ozlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda ozlashtirilgan ilmiy bilimlarni oz turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Talimning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada ananaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qoyiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental goyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur ozlashtirish, organilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Talimning tushunarliligi tamoyili oquvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sogligiga yomontasiretuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Talimning tushunarli bolishi oquvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib oqishning mazmunini togri aniqlash demakdir, yani, har bir oquv fani boyicha oquvchilar egallab olishi zarur bolgan bilim, amaliy konikma va malakalari hajmini togri aniqlashdir. Bu tamoyil oquv jarayonini oquvchilarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuygusini yuzaga keltirishga yonaltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda kozga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, oquv masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yoqotishga yordam beradi.
Talim mazmuni tushunchasi. Talim mazmuni deganda oquvchilarning egallashi lozim bolgan bilim, konikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va kolami tushiniladi.
Talim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
Talim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bolib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
jamiyat tomonidan qoyiladigan ijtimoiy buyurtma;
talim ninq maqsad va vazifalari;
innovatsion rivojlanish darajasi;
axborotlarning hajmi va kolami;
oquvchilarning yosh xususiyatlari.
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji talim va uning natijalariga qoyiladigan talablarni tubdan ozgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda talim mazmunini modernizatsiyalashni davrning ozi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qoymoqda. Hozirgi vaqtgacha talim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bolsa, umumiy orta talim maktablarining maqsadini oquvchilarning bilim, konikma va malakalarni ozlashtirish tarzidan oz-ozini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy orta talim maktablarida tashkil etilayotgan oquv-tarbiya jarayonining mohiyati oquvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki oquv fanlari boyicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, konikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bolib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda ozlashtirilgan malumotlar oquvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda oquvchilarda juda kop axborotlarning behuda jamgarilayotganligi, talimning samarasi past bolishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar kozga tashlanmoqda. Aniqrogi, oquvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan toplangan axborotlarnigina ozlashtirish maqsadi qoyilgandek tuyuladi. Talimning maqsadini bunday tarzda belgilash oquvchining faolligini cheklab qoyadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan manosi yoqoladi.
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yoli umumiy orta talim da yangicha, yani kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy orta talim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur organishni taqozo etadi. Garchi umumiy orta talim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bolsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va oz orniga ega ekanligini alohida takidlab otish lozim. Ayniqsa, songgi vaqtlarda talim ga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish boyicha qizgin munozaralar davom etmoqda.
Kompetent yondashuv oquvchidan alohida-alohida bilim va konikmalarni ozlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bogliqlikda oz navbatida oqitish metodlarini tanlash tizimi ham ozgarishga uchraydi. Oqitish metodlarini tanlash va amaliyotda qollash oz navbatida talim jarayonida qoyiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida takidlab otilganidek, kompetent yondashuv umumiy orta talimnimodernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida korib chiqish hamda talimning ananaviy uch elementi (triada) «Bilim Konikma Malaka»ni oltita birlik (sikstet) «Bilim Konikma Malaka Amaliy faoliyat tajribasi Kompetensiya Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |