Talim mazmunining oquvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil talim mazmunini loyihalashda oquvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni kozda tutadi. Malum bir yosh davriga mos bilim, konikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi talim mazmunida aks ettiriladi.
Talim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
talim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot istemoli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;
talim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;
talim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, oquvchilar imkoniyatlarining mavjud oquv dasturlariga mosligi;
talim hajmining uni organishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
talim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
talim mazmunini loyihalashda ilgor xorijiy tajribalarni hisobga olish.
Talim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar. Talim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy meyoriy hujjat Davlat talim standartidir. Oquv reja, oquv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi.
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» manolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli talim muassasalarida talimning barqarorlik darajasini taminlashga erishiladi, oquv ishlari normativlari moslashtiriladi, oquvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat talim standartining maqsadi umumiy orta talim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgor tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, manaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat talim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy orta talim mazmuni va sifatiga qoyiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va manaviy qadriyatlar asosida oquvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oquv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy orta talim muassasalarining oquvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qoyiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun talim , fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taminlash;
talim va uning pirovard natijalari, oquvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek talim -tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat talim standartlari talablarining talim sifati va kadrlar tayyorlashga qoyiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini taminlash.
Davlat talim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
oquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy orta talim mazmunining insonparvarligi;
davlat talim standartining talim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy orta talimning boshqa talim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va talim mazmunining uzviyligi;
umumiy orta talim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy orta talimning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
oquvchilarda fanlarni organish va talim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning taminlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning talim sohasida meyorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat talim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy orta talimning tayanch oquv rejasi;
umumiy orta talimning oquv dasturi;
umumiy orta talimning malaka talablari;
baholash tizimi.
Umumiy orta talimning tayanch oquv rejasi umumiy orta talim muassasalarida oqitiladigan oquv fanlari nomi, oquv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar boyicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |