20-modda. Inklyuziv talim Inklyuziv talim alohida talim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha talim oluvchilar uchun talim tashkilotlarida talim olishga bolgan teng imkoniyatlarni taminlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bolgan bolalar (shaxslar) uchun talim tashkilotlarida inklyuziv talim tashkil etiladi.
Inklyuziv talimnitashkil etish tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Eksternat tartibidagi talim Eksternat tartibidagi talim olish oquv dasturlarini mustaqil ravishda ozlashtirishni oz ichiga olib, uning yakunlari boyicha talim oluvchilardan davlat talim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan otishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi talim olishni tashkil etish tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Talim tizimini boshqarish 23-modda. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining talim sohasidagi vakolatlari Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
talim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
talim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taminlaydi;
talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
talim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan otkazish, nodavlat talim tashkilotlariga talim xizmatlari korsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish, talim togrisidagi hujjatlarga apostil qoyish tartibini belgilaydi;
pedagogik kadrlarni talim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilaydi;
xorijiy davlatlarning talim muassasalariga Ozbekiston Respublikasi hududida talim faoliyati bilan shugullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan talim togrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi;
davlat namunasidagi talim togrisidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi talim togrisidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi;
eksternat tartibida oqitishga yol qoyilmaydigan talim yonalishlari, mutaxassisliklar va kasblar royxatini tasdiqlaydi;
faqat davlat talim muassasalarida oqitiladigan talim yonalishlari, mutaxassisliklar va kasblar royxatini tasdiqlaydi;
davlat talim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat oliy talim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy talim tashkilotlari (davlat ulushi bolgan nodavlat oliy talim tashkilotlari, qoshma talim muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan talim muassasalari va boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
talim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir talim tashkilotidan boshqasiga kochirish, shuningdek ularni oqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi;
talim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida talim tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash boyicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
talim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi;
darsliklar va oquv qollanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan talim tashkilotlarida foydalanishga qoyiladigan talablarni belgilaydi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.