36-modda. Talim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat Talim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat talimnimodernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi talim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan otkazishga hamda talim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion oquv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun oz vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy talim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy talim tashkilotlari talim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich otishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Talim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy talim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda. Talim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi Talim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon tarmogida joylashtiriladigan talim tashkilotlari faoliyati togrisidagi ochiq axborot resurslari bilan taminlanadi.
Talim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
talim tashkilotining ustavi;
talim berish tillari haqida malumot;
davlat talim standartlari, davlat talim talablari;
talim faoliyatining moddiy-texnika taminoti haqida malumot;
litsenziya (nodavlat talim tashkilotlari uchun);
talim tashkilotining reytingi;
talim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi togrisidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yonalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasi togrisidagi malumot (oliy talim uchun);
talim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam korsatishning mavjudligi va shartlari togrisidagi malumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek tolov miqdori togrisidagi malumot;
pedagoglar va talim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati togrisidagi malumot.
Talim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini taminlash uchun talim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Ayrim talim tashkilotlarining faoliyati togrisidagi axborotdan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.