41-modda. Talim tashkilotlarining reytingi
Talim tashkilotlarining reytingi:
talim tashkilotlari ortasida soglom raqobat muhitini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining osishini va sifatining oshishini ragbatlantirish;
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
oqitish sifatining yuqori korsatkichlariga erishish;
mehnat bozorida talab yuqori bolgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi.
Reytingni belgilash uchun talim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan malumotlarning ishonchliligi uchun talim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar boladi.
42-modda. Talim tizimidagi monitoring
Talim tizimidagi monitoring talimning holatini, talim natijalarining ozgarishi suratlarini, talim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni organish va kuzatishni, shuningdek talim oluvchilarning kontingenti togrisidagi malumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini tahlil etishni oz ichiga oladi.
Talim tashkilotlarining monitoringi Talim inspeksiyasi, talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bolinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Talim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari togrisidagi axborot Talim inspeksiyasining, talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy bolinmalarining, shuningdek talim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Talim tizimidagi malumotlar jumlasiga rasmiy statistika malumotlari, talim tizimi monitoringi natijalari, talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy bolinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda talim tashkilotlarining malumotlari kiradi.
43-modda. Talim sohasidagi davlat nazorati
Talim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan talimning mazmuni va sifati davlat talim standartlariga, davlat talim talablari va oquv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash yoli bilan amalga oshiriladi.
Talim tashkilotlari talim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Talim inspeksiyasiga, talim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga komaklashadi.
Talim tashkilotlari tomonidan berilayotgan talimning mazmuni va sifati talim togrisidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Talim inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Talim inspeksiyasi talim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi togrisidagi sertifikatini qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilishga haqli.
Talim sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bolmagan organlar tomonidan talim tashkilotlarining talim sifatini, talim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarining mehnat faoliyatini, talim oluvchilarining ozlashtirishini tekshirishga yol qoyilmaydi.
Talim inspeksiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakilni xabardor qilgan holda nodavlat talim tashkilotlarida talim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |