29-modda. Talim tashkilotlarining huquqiy maqomi
Ozbekiston Respublikasining talim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy davlatlar talim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkiloti shaklidagi talim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida royxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat talim tashkilotlari litsenziya olingan kundan etiboran talim faoliyati bilan shugullanishga haqli.
Talim tashkilotlari oz faoliyatini ustav va (yoki) boshqa tasis hujjatlari asosida yuritadi.
Talim tashkilotlari oquv-tarbiya va oquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga haqli.
Talim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yol qoyilmaydi.
30-modda. Talim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Davlat oliy talim , orta maxsus, professional talim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, orta maxsus, professional talim tashkilotlari va ularning filiallari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy malumotli malakali kadrlarga bolgan ehtiyojlarini, shuningdek aholining oliy talim olishga bolgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy talim tashkilotlarining filiallari (markazlari, talim kampuslari) va boshqa bolinmalari tashkil etilishi mumkin.
Xorijiy oliy talim tashkilotlarining bolinmalari Ozbekiston Respublikasida yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy oliy talim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning talim muassasalari filiallari (markazlari, talim kampuslari) va boshqa bolinmalari faoliyatini tashkil etish masalalari boyicha Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boyicha davlat talim muassasalari:
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida;
tegishli vazirliklar, davlat qomitalari hamda idoralar tomonidan Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy talim muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy orta va maktabdan tashqari talim muassasalari:
Respublika boysunuvida vazirliklar, davlat qomitalari va idoralari tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boysunuvida tegishincha Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Xalq talim i vazirligi bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar boysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Xalq talim i vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Nodavlat talim muassasalarini tashkil etish ularning tasischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Talim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Talim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish togrisidagi malumotlar davlat statistika organlariga, Talim inspeksiyasiga hamda Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |