Mavzu: Quroldan otishning asoslari va qoidalari. 1-mashg‘ulot. Nazariy



Download 1,34 Mb.
bet9/14
Sana31.12.2021
Hajmi1,34 Mb.
#220276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Quroldan otishning asoslari va qoidalari. 1-2-mashg‘ulot (002)

4-rasm. Traektoriya elementlari
Qurol stvoli og‘zi kesimining markazi uchish nuqtasi deb ataladi.

Uchish nuqtasi traektoriyaning boshi hisoblanadi.

Uchish nuqtasi orqali o‘tuvchi gorizontal tekislik qurol ufqi deb ataladi.

Otish uchun to‘g‘rilangan qurol stvoli kanali o‘qining davomi hisoblangan chiziq balandlik chizig‘i deb ataladi.

Balandlik chizig‘idan o‘tuvchi vertikal tekislik otish tekisligi deb ataladi.

Balandlik chizig‘i bilan qurol ufqi orasidagi burchak balandlik burchagi deb ataladi.

Agar mazkur burchak manfiy bo‘lsa, u og‘ish (pasayish) burchagi deb ataladi.

O‘q uchib chiqqan paytda stvol kanali o‘qining davomi hisoblanuvchi to‘g‘ri chiziq irg‘itish chizig‘i deb ataladi.

Irg‘itish chizig‘i bilan qurol ufqi orasidagi burchak irg‘itish burchagi deb ataladi.

Balandlik chizig‘i bilan irg‘itish chizig‘i orasidagi burchak uchish burchagi deb ataladi.

Traektoriyaning qurol ufqi bilan kesishish nuqtasi tushish nuqtasi deb ataladi.

Qurol ufqi bilan tushish nuqtasidagi traektoriyaga urinma orasidagi burchak tushish burchagi deb ataladi.

Uchish nuqtasidan tushish nuqtasigacha bo‘lgan masofa to‘liq gorizontal uzoqlik deb ataladi.

O‘q (granata) ning tushish nuqtasidagi tezligi yakuniy tezlik deb ataladi.

O‘q (granata) ning uchish nuqtasidan tushish nuqtasigacha bo‘lgan uchish vaqti to‘liq uchish vaqti deb ataladi.

Traektoriyaning eng yuqori nuqtasi traektoriya cho‘qqisi deb ataladi.

Traektoriya cho‘qqisidan qurol ufqigacha bo‘lgan eng qisqa masofa traektoriya balandligi deb ataladi.

Traektoriyaning uchish nuqtasidan traektoriya cho‘qqisigacha bo‘lgan qismi traektoriyaning ko‘tariluvchi bo‘g‘ini deb ataladi; traektoriyaning traektoriya cho‘qqisidan tushish nuqtasigacha bo‘lgan qismi traektoriyaning pasayuvchi bo‘g‘ini deb ataladi.

Qurol to‘g‘rilanuvchi nishondagi yoki undan tashqaridagi nuqta mo‘ljalga olish (mo‘ljallash) nuqtasi deb ataladi.

O‘qchining ko‘zidan boshlanib mo‘ljallagich kesigining o‘rtasidan (uning chetlari sathida) va mushkaning cho‘qqisidan mo‘ljalga olish nuqtasiga o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq mo‘ljalga olish chizig‘i deb ataladi.

Balandlik chizig‘i bilan mo‘ljalga olish chizig‘i orasidagi burchak mo‘ljalga olish burchagi deb ataladi.

Nishon chizig‘i bilan qurol ufqi orasidagi burchak nishon o‘rnining burchagi deb ataladi.

Nishon qurol ufqidan balandda bo‘lsa, bu burchak musbat (), nishon qurol ufqidan pastda bo‘lsa, bu burchak manfiy (-) bo‘ladi. Nishon o‘rnining burchagini asboblar yoki quyidagi mingdan bir o‘lchov formulasi yordamida aniqlash mumkin:

  В 1000

У

bu erda:

 - nishon o‘rnining burchagi (mingdan bir o‘lchovda);

В – nishonning qurol ufqidan balandligi (metrda);

У – otish uzoqligi (metrda).

Uchish nuqtasidan traektoriya mo‘ljalga olish chizig‘i bilan kesishgan nuqtagacha bo‘lgan masofa mo‘ljallab otish uzoqligi deb ataladi.

Traektoriyaning muayyan nuqtasidan mo‘ljalga olish chizig‘igacha bo‘lgan eng qisqa masofa traektoriya orttirmasi deb ataladi.

Uchish nuqtasini nishon bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq nishon chizig‘i deb ataladi.

Uchish nuqtasidan nishon chizig‘i bo‘ylab nishongacha bo‘lgan masofa qiya uzoqlik deb ataladi. To‘g‘ri mo‘ljallab otishda nishon chizig‘i mo‘ljalga olish chizig‘i bilan, qiya uzoqlik esa – mo‘ljallab otish uzoqligi bilan deyarli mos keladi.

Nishon (er, to‘siq) sirti bilan traektoriyaning kesishish nuqtasi uchrashish nuqtasi deb ataladi.

Uchrashish nuqtasidagi traektoriyaga urinma bilan nishon yuzasi yoki to‘siq orasidagi burchak uchrashish burchagi deb ataladi. 0-90o bilan o‘lchanadigan tutash burchaklarning eng kichigi uchrashish burchagi deb olinadi.

O‘qning havodagi traektoriyasi quyidagi xossalarga ega:

traektoriyaning pastga qarab ketuvchi bo‘g‘ini yuqorilab ketuvchi bo‘g‘inidan qisqa va tikroq;

tushish burchagi irg‘itish burchagidan katta;

o‘qning yakuniy tezligi boshlang‘ich tezligidan pastroq;

o‘qning eng past tezligi: katta irg‘itish burchagi ostida o‘q uzishda – traektoriyaning pastga qarab ketuvchi bo‘g‘inida, kichkina irg‘itish burchagi ostida o‘q uzishda – tushish nuqtasida;

traektoriyaning yuqorilab ketuvchi bo‘g‘ini bo‘ylab o‘qning harakati vaqti traektoriyaning pastga qarab ketuvchi bo‘g‘ini bo‘ylab harakat vaqtidan kamroq;

aylanayotgan o‘qning traektoriyasi, og‘irlik kuchi va derivaciya ta`sirida o‘qning pasayishi natijasida, ikki yoqlama qiyshiq egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.

Granataning havodagi traektoriyasini ikki uchastkaga ajratish mumkin (5-rasm).



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish