Mavzu: Qon ketishi va qon yo‘qotish. Qon ketishni to‘xtatish usullari



Download 0,86 Mb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#472175
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 7


Mavzu: Qon ketishi va qon yo‘qotish. Qon ketishni to‘xtatish usullari.

Qon ketishining tasnifi shikastlangan qon tomirlarining anatomik tuzilishi, sabablari va tashqi muhitga alokadorligini hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga bo'linadi:


1. Shikastlangan qon tomirning belgilariga karab, arterial, venoz, kapillar va parenximatoz qon oqishi farq qilinadi. Ularning klinik belgilari birbiridan fark kiladi.
Arterial qon ketishi bemor uchun og'ir kechadi. Bu holda tomir devorlaridan qon yurak urishiga moslanib, mahalliy ritm bilan tebranadi, kislorodga to'yingan bo'lganligi uchun, och qizil rangda bo'ladi.
Arterial qon ketishining o'zo'zidan to'xtab qolishi kamdankam holda bo'lganligi uchun bemorni kisqa vaqt ichida kamqonlikka mubtalo qiladi yoki hayotini xavf ostiga qo'yadi.
Vena qon tomirlaridan qon ketishi, arterial qon ketishidan rangi bilan farq kilib (oqayotgan qon rangi qoramtir bo'ladi), tomirda qon bosimi pastligi sababli sekin, tomchilab oqadi. Qonning bosim ostida uzluksiz vena tomiridan oqishi faqatgina tananing yirik tomirlari shikastlanganda ro'y berishi mumkin.
Kapillar qon tomirlaridan qon ketishi ko'pincha aralash bo'lib, mayda arteriya va vena tomirlari shikastlanganda paydo bo'ladi.
Parenximatoz qon oqishi parenximatoz organlar shikastlanganda ro'y beradi. Bunday organlarga — jigar, taloq, buyrak, o'pka va shunga o'xshash tana a'zolari kiradi. Bu qon okishi kapillarlardan qon ketishiga o'xshab ketadi, biroq o'zo'zidan to'xtab qolmaydi va ko'pincha jarrohlik usulini ko'llashni talab qiladi, chunki bu organlarda qon tomirlari devori organ stromalari bilan yopishgan holda bo'ladi. Shuning uchun qon uzluksiz oqadi. Qon oqishini keltirib chiqaruvchi sabablar kuyidagicha: a) tashqi ta'sir natijasida qon ketishi. Bu holda qon tomirlari shikastlanshl ta'sirida o'z butunligini yo'qotadi va qon oqishiga olib keladi; b) neyrotrofik o'zgarishlar ta'sirida qon ketishi. Uning sabablari qon tomirlari devori o'tkazuvchanligining oshib ketishi; organizm himoya kuchlarining pasayib ketishi natijasida buzilishi asosida ro'yobga keladi. Qon oqishining tashqi va ichki muhitga bog'liqligiga qarab tashqi, ichki va yashirin qon ketishi farq qilinadi.
Tashqi qon okishi qon teri sathidagi jarohat natijasida, tashqi muhit bilan bog'lik, bo'ladi. Ichki qon ketishida qon to'qimalarga, organlarga yig'ilib, quyilib qoladi, bu holat gemorragiya deb ataladi. Tana bo'shliqlariga qon yig'ilganda yig'ilgan qon shu bo'shliqlar nomi bilan ataladi: haemoperitoneum — qorin bo'shlig'iga qon yig'ilishi: haemothorax — ko'krak qafasi bo'shlig'iga qon yig'ilishi; haemopericardium — perikard bo'shlig'iga qon quyilishi; haemoartrosis — bo'g'im bo'shlig'iga qon yig'ilishi, haemotometra — bachadon bo'shlig'iga qon yig'ilishi. Agar qon tana bo'shlig'idan ro'yobga kelsa, ular ham maxsus nom bilan yuritiladi: epiataxis — burundan qon oqishi; gastrorhagia — me'dadan qon oqishi; haemoptoe, haemotysis — qon aralash balg'am tashlash; haemotemesis — qon aralash qayt qilish; haemoturia — siydik yo'llaridan qon oqishi; menorrhagia, hypermenorrhagia — ayollarning ko'p hayz ko'rishi; metrorhagia— ayollar tanosil organlaridan qon ketishi; haemorroe— orqa teshikdan qon oqishi, melaena— axlatning qora kelishi.
To'qimalarga qon ketganda biriktiruvchi to'qima, to'qimalararo bo'shliklarga yig'ilib, u yerda shish — infiltrat hosil qiladi. Ularning kattakichikligiga, tarqalishiga va hosil qilgan shakliga qarab, maxsus nom bilan ataladi: petexiyalar (retechia) kapillarlardan qon ketishi natijasida teri va shilliq pardalarda hosil bo'ladigan mayda qon dog'lari; vibices— taramtaram qon quyilishi, ekximozlar (yesshymosis) — petexiyadan kattaroq qon quyilib qolishi; sigillatio va suffusio—shikastlanish va qon ivishining buzilishi natijasida teri osti yog' qatlamida paydo bo'lgan cheklangan taramtaram qon quyilish; haemorragia — keng shaklni hosil qilgan qontalash; odatda to'qimalarga qon oqsa, u quyilib so'riladi. Agar qon to'qimalarga bo'lakbo'lak bo'lib quyilsa, to'qimalarni surib, ular oralig'ini kengaytirib, sun'iy va cheklangan oqqan qon bilan to'lgan bo'shliqlar hosil qiladi, bunday qon ketishini gematoma deyiladi. Gematoma ikki xil bo'lishi mumkin: to'qimalararo va bo'shliq gematomasi. Gematomaning kattakichikligi qon bosimiga va to'qimaning elastik holatiga bog'liq bo'ladi. Gematoma qon tomirlariga tashqi ta'sirot natijasida va patologik holatlarda, shuningdek gemorragik diatez (trombotsitopeniya purpurasi, gipoplastik kamqonlik), gemofiliya va shunga o'xshash kasalliklarda, ba'zan ularsiz ham paydo bo'lishi mumkin.
Gematoma har xil natija bilan tugashi mumkin: ba'zan oqayotgan qon tomir tromb bilan bekilib qolganda qon so'riladi: quyilgan qon ta'sirida atrofdagi to'qimalar ta'sirida uning atrofi qalin kapsula bilan chegaralanishi mumkin, unda qonning so'rilishi sekinlashadi va gematoma qon kistasiga aylanadi. Qon oqishi davom etaversa, to'qimalarda taranglanish kuchayib, teri qoplami gematoma ustida oqaradi yoki ko'kimtir rang oladi.
Bosh suyagi bo'shlig'i, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ida qon okishi shu anatomik tuzilmalardagi a'zolarni qisib qo'yishi natijasida har xil asoratlarga, anemiyaga olib keladi. Agar shu bo'shliqlardagi gematoma yiringlasa, plevrit, peritonit va shunga o'xshash yiringli jarayonlarga sabab bo'ladi va bu ko'ngilsiz voqyealarga olib kelishi mumkin. Aytilgan bo'shliqlarda qon kamdankam o'zo'zidan to'xtab qoladi, chunki shu bo'shliqlarni chegaralovchi seroz parda qon ivishiga qisman to'sqinlik qilish xususiyatiga ega.
Tashqi va ichki qon ketishdan tashqari faqatgina laboratoriya usullari bilan aniqlanadigan yashirin qon ketish ham mavjud. Yashirin qon ketish xastalikning anik, belgilarini bermasdan, surunkali asoratlar vujudga keltiradi: bu holda kamqonlik belgilari namoyon bo'ladi. Masalan, me'da yoki ichak yaralaridan uirin qon ketadi. Qon ketishi paydo bo'lish davriga qarab 3 ga bo'linadi:
a) birlamchi qon ketishi — shikastlangandan so'ng darrov qon tomirlaridan qon oqish holati bilan belgilanadi.
b) ikkilamchi erta qon ketishi birinchi soatlardan ikki sutkagacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, odatda shu davr orasida jarohatga infeksiya tushgan, yiringli jarayon boshlanmagan bo'ladi. Ikkilamchi qon ketishi ko'pincha o’q tekkan jarohatlarda ro'yobga keladi. Ikkilamchi qon ketishi shikastlangan tomir ichini ivigan qondan hosil bo'lgan trombning ko'chishi natijasida yuz beradi. Buning uchun u yemirilgan, qon bosimi birdaniga ko'tarilgan va tomir devorining bo'shashgan bo'lishi kifoya;
v) kechki ikkilamchi qon ketish jarohatda infeksiya ta'sirida yiringli jarayon avj olishiga to'g'ri kelib, odatda 2 kundan so'ng paydo bo'ladi.
Ikkilamchi qon ketishiniyag sabablari: 1) birinchi jarrohlik tozalashda, operatsiya paytida qon tomiri yaxshi bog'lanmaganligi yoki qon ketishi yetarli to'xtatilmaganligi.
2. Qon bosimining ko'tarilib ketishi. Odatda shikastlanish ta'sirida va operatsiya davrida qon bosimi past bo'ladi. Operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyin berilgan doridarmonlar, ketayotgan qonni to'xtatish kabi davo muolajalari qon bosimini albatta ko'taradi.
3. Jarohatga salbiy ta'sir qiladigan shikastlantiruvchi bog'lamlarni teztez o'zgartirish: tomir atrofida suyak va metall qoldiqlari borligi.
4. Qon kimyoviy tuzilishining buzklishi, qon ivishining cho'zilishi.
5. Bemorda vujudga kelgan septik holat (anaerob, yiringli infeksiyaning ta'siri).
6. Tomir bo'shlig'idagi tromb yoki xavfsiz o'smaning yemirilishi. Qon ketishiga qon va atmosfera bosimining ta'siri. Qon bosimining ko'tarilib ketishi ham qon oqishiga olib kelishi mumkin. Bu vaziyat bo'g'ilganda, ko'krak qafasi birdaniga qisilganda, qattiq yo'talganda paydo bo'lib, uning belgilari ko'z va boshqa shilliq qavatlarda qon quyilishi bilan vujudga keladi.
Bundan tashqari, atmosfera bosimining birdaniga pasayib ketishi ham burun, kuloq, bronx va bo'g'imlarda qon oqishiga olib kelishi mumkin, bu holat suv osti ishlari (kesson) bilan shug'ullanuvchi akvalangistlarda uchrashi mumkin. Vena qon tomirlarda bosimning ko'tarilishi gemorroidal vena tomirlarida (bavosilda) yoki kengaygan oyoq vena tomirlarida namoyon bo'lishi mumkin. Shuningdek qon ketishi katta hajmdagi shish, exinokokk kistasi (ayniqsa jigardan) jarrohlik yo'li bilan olibtashlanganda ham paydo bo'lishi mumkin.
Qon ketishini to'xtatishda qon ivish xususiyatmning ahamiyati. Qonning fiziologik ivish xususiyati tomir kavagida tromb hosil qildirib, qon ketishiga to'skinlik qiladi, ammotromb hosil bo'lishi uchun organizmda kalsiy tuzlari, fibrinogen, protrombin, proqonvertin va bir necha faktorlar (13 ta faktor) bo'lishi shart. Biroq shu faktorlarning organizmda bo'lmasligi yoki yetishmasligi qonning ivishiga xalaqit beradi. Bunday kasallik holatlariga gemofiliya va xolemiyalarni misol qilib keltirsa bo'ladi, chunki ularda qon ivishi sekinlashishi yoki butunlay ivimasligi mumkin.
Gemofiliya — tug'ma kasallik bo'lib, bunda bemorlarda qon ketishiga moyillik bo'ladi. Bu kasallik asosan erkaklarda uchrab, qonda VIII faktor yetishmasligi sababli kelib chiqadi. To'qimalarga o'zo'zidan qon ketishi ham mumkin. Ba'zan yengilgina urilib ketish, Kattiqroq harakat qilish og'ir qon ketishiga olib keladi. Ko'pincha gemofiliya kasalligiga mubtalo bo'lgan bemorlar yoshligidayoq og'ir qon ketishidan nobud bo'ladilar. Qon ketishini to'xtatish uchun bemorlarga qonning yetishmagan VIII faktorini quyiladi (kriopresipitat, antigemofil plazma).
O'tkir nur kasalligi ham qon ketishiga moyillik paydo qiladi. Bu kasallikda jarohatlanishga javoban bo'lgan vazomotor reaksiyaning buzilishi natijasida shikastlangan qon tomir devorlari kisqarib, bo'shlig'ini kichraytiradi va tomir uchi doimo ochiq holda bo'ladi, kasallik avjida qon tomirlari mo'rt bo'lib, trombotsitlar soni (trombotsitopeniya) kamayadi va qonda antikoagulyantlar ko'payadi, bu vaziyat qon ivishiga halaqit beradi. Ro'yobga kelgan ikkilamchi qon ketishi o'zo'zidan qon to'xtatish xususiyatidan mahrum bo'ladi va hatto qon oqishini to'xtatuvchi moddalar ham kuchsizlik qiladi.
Xolemiya — bu holat jigar kasalligida mavjud bo'lib, o't kislotalari ko'payib ketganda namoyon bo'ladi, shuning uchun operatsiya paytida qon ketishining oldini olish uchun bu bemorlarda qon ivishini oshiradigan moddalarni taxt qilib qo'yish zarur.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish