Mavzu: Qishloq xo`jaligi sub`yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari


Balans likvidlik ko’rsatkichlari asosida to’lovga qodirlik darajasining tahlili



Download 172,87 Kb.
bet11/17
Sana23.04.2022
Hajmi172,87 Kb.
#576107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2 5390844088658432986

10.3. Balans likvidlik ko’rsatkichlari asosida to’lovga qodirlik darajasining tahlili.

Balans asosida xo’jalik aktivlarini holatini o’rganishda ularning pul shakliga aylanish tezligiga (likvidlik darajasiga) va to’lovga qodirlik darajasiga baho berish tahlilning muhim vazifasi hisoblanadi.


Balans likvidligi deganda nima tushuniladi?

Balans likvidligi deganda korxonani qisqa muddatli majburiyatlarining aylanma aktivlar bilan qoplanish darajasi tushuniladi. Boshqacha aytganda balans likvidligi qisqa muddatli majburiyatlarni to’lash uchun mavjud bo’lgan qurbining (quvvatining) darajasini ifodalaydi.


Korxonaning aylanma aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bo’lish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi:

Aktivlar likvidligi deb nimaga aytiladi?
Aktivlar likvidligi deb, ularning vaqt bo’yicha pulga aylanishiga (pul shakliga o’tishiga) aytiladi. Aktivlarning pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi. Ushbu vaqt qancha kam bo’lsa, aktivlarning likvidligi shuncha yuqori bo’ladi.
Balans aktivlari pulga aylanish tezligi (likvidlik darajasi) bo’yicha quyidagi 4 ta guruhga bo’lib, tahlil etiladi:
A1 – eng yuqori likvidli aktivlar. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlari kiradi.
A2 – tez sotiluvchi aktivlar.
Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritiladi.
A3 – sekinlik bilan sotiluvchi aktivlar.
Buguruhga ishlab chiqarish zahiralari va sarflari kiritiladi.
A4 – qiyinchilik bilan sotiluvchi aktivlar.
Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritiladi. Ushbu aktivlarning pulga aylanishi uzoq davrni tashkil etadi. Ushbu aktivlarning to’lov majburiyatlarini qoplashga yo’naltirishni faqat ortiqcha asosiy vositalarda ko’rish mumkin.
Balans passivlari «To’lov muddati» bo’yicha quyidagi 4 ta guruhga bo’lib tahlil etiladi:
P1 – eng yuqori muddatli majburiyatlar (muddati yetib kelgan to’lov majburiyatlari).
Bu guruhga kreditorlik qarzlari, hamda o’z muddatida to’lanmagan bank ssudlari kiritiladi.
P2 – qisqa muddatli passivlar.
Ushbu guruhga to’lash muddati o’tib ketgan bank ssudalaridan tashqari barcha qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarzlar kiradi.
P3 – uzoq muddatli passivlar.
Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi.
P4 – doimiy passivlar.
Bu guruhga o’z mablag’larining manbalari to’liq kiritiladi.
Balans mutlaq likvidli bo’lishi mumkin, agar aktiv va passiv guruhlari orasidagi bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega bo’lsa:
A1  P1, A2  P2, A3  P3, A4 ≤ P4.
Balansning ham aktivi,ham passivini maxsus guruhlarga bo’lgandan keyin likvidlik ko’rsatkichlari aniqlanadi va tahlil etiladi.
Balans bo’yicha korxonaning to’lovga qodirligi darajasiga baho berish uchun quyidagi likvidlik ko’rsatkichlaridan foydalaniladi:
1. Mutlaq likvidlik ko’rsatkichi;
2. Zudlik likvidlik ko’rsatkichi;
3. Joriy likvidlik ko’rsatkichi;
Mutlaq likvidlik koeffitsientini aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar»ni (A1) «qisqa muddatli majburiyatlar»ning («eng yuqori muddatli majburiyatlar» (P1) bilan «qisqa muddatli passivlar» (P2) summalarining yig’indisi)ga bo’lish kerak.

Mutloq likvidlik koeffitsienti nimani bildiradi?
Ushbu koeffitsient yaqin vaqtlar ichida xo’jalik o’zining qisqa muddatli qarzlarini qancha qismini qaytara olishi (yoki to’lay olishi) mumkinligini bildiradi. Ushbu koeffitsient 0,2 dan 0,5 gacha bo’lsa, muhtadil ko’rsatkich bo’lishi mumkin.
KML=0,2 - 0,5
Zudlik (tez) likvidlik koeffitsientini aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar»ga «tez sotiluvchi aktivlar» summasini qo’shib, yig’indisini «qisqa muddatli majburiyatlar» summasiga bo’lish kerak:

Agar ushbu koeffitsient «1» ga teng yoki dan katta bo’lsa, muhtadil ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi:
KZL  1.
Demak, ushbu koeffitsient shunday bo’lgan taqdirda korxona mavjud pul mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar) va debitorlik qarzlaridagi mablag’lari bilan kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni qiynalmasdan, bemalol to’lay olish qurbiga (qobiliyatiga) ega bo’ladi.
Joriy likvidlik koeffitsientini aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar» bilan «tez sotiluvchi aktivlar» tarkibiga «sekinlik bilan sotiluvchi aktivlar»ni qo’shib, ularning yig’indisini «qisqa muddatli majburiyatlar»ga bo’linadi:

Joriy likvidlik koeffitsienti nimani bildiradi?
Bu koeffitsient xo’jalik debitorlik qarzlarini o’z vaqtida undirolsa, tayyor va tovar mahsulotlarini muhtadil holatda sota olsa, hamda boshqa aylanma aktivlarini ayrim turlarini zarurat tug’ilganda sota olgan taqdirda korxona aylanma aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay (to’lay) olish imkoniyatiga ega bo’lishligini bildiradi.
Joriy likvidlik koeffitsienti 2 va undan ortiq bo’lsa, u muhtadil ko’rsatkich ulib hisoblanadi:
KK  2

Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish