Qishloq xo’jalik korxonasida aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini tahlili.
Korxonaning moliyaviy holati keng qamrovli ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi. SHunday ko’rsatkichlar jumlasiga korxona mulki, kapitali va majburiyatlarining umumiy holatini, korxonaning moliyaviy barqarorligini,to’lovga qodirligini, mablag’larning likvidligini, aylanma mablag’lar va ularning aylanuvchanligini, xususiy kapital, asosiy kapital va ulardan foydalanish ahvolini ifodalovchi koeffitsientlarni kiritish mumkin.Moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlarni batafsil o’rganish asosida uni yanada yaxshilash uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlash tahlilning asosiy maqsadi bulib hisoblanadi.
Tahlilning maqsadi, vaziflari, manbalari, moliyaviy ahvolini umumiy holatining tahlili, moliyaviy koeffitsientlarning asosiylarining tahlili kabilar 6-mavzuda yetarlicha yoritilgan, shuning uchun bu yerda ularga to’xtalmadik.
Moliyaviy holatga baho berishda qo’llaniladigan asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, aylanma mablag’lar va ulardan foydalanish samaradorligi hisoblanadi.
Aylanma mablag’lar samaradorligi deganda joriy aktivlardan foydalnishdagi iqtisodiy samara tushuniladi. Iqtisodiy samara ko’rsatkichlari tizimi aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi quyidagi
ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi, tahriflanadi va tahlil qilinadi:
Bir so’mlik aylanma mablag’lar hisobiga to’gri keladigan yalpi mahsulot va sof foyda hajmi;
Aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti va aylanish davri ko’rsatkichlari.
1 so’mlik aylanma mablag’lar hisobiga olingan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari quyidagi tartibda aniqlanadi:
1 so’mlik aylanma mablag’ hisobiga to’g’ri keladigan foyda hajmi (KF) sof foyda summasini (Sf) aylanma mablag’larning o’rtacha qiymatiga bo’lish orqali aniqlanadi:
SF
KF =
AMQ
2) 1 so’mlik aylanma mablaglar hisobiga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot hajmini (Kyam) aniqlash uchun yetishtirilgan jami yalpi mahsulot hajmini (YaM) aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish kerak:
YaM
Kyam =
AMQ
3) Aylanma mablag’larning aylanish koeffitsientini hisoblash uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishdan olingan sof pul tushumini (ST) aylanma mablag’lar o’rtacha yillik qiymatiga bulish kerak:
ST
KA =
AMQ
4) Aylanma mablag’larning aylanish davri (Kd) aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatini (AMQ) sotishdan olingan sof tushum (ST) ga bo’lib, natijasini 360 kunga ko’paytirish orqali aniqlanadi:
AMQ
KD = x 360
ST
yoki 360 kunni aylanma mablag’larning aylanish koeffitsientiga bo’lish orqali aniqlanadi: 360 : Ka.
Endi aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash va taqqoslama tahlilini hisobot mahlumotlari asosida ko’rib chiqamiz:
33-jadval.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining
tahlili.
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yili
|
Farq (+,-)
|
1.Aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymati, ming so’m
|
166711
|
254854
|
+88143
|
2.Qishloq xujalik yalpi mahsuloti, ming so’m
|
395598
|
659380
|
+263782
|
3.Mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum, ming so’m
|
487364
|
833380
|
+346016
|
4.Sof foyda, ming so’m
|
126203
|
74273
|
-51930
|
5.1 so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan:
-yalpi mahsulot (2:1), so’m
-sof foyda (4:1),so’m
|
2,37
0,76
|
2,59
0,29
|
+0,22
-0,47
|
6.Aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti (3/1), marta
|
2,92
|
3,27
|
+0,35
|
7.Aylanma mablag’larning aylanish davri, kun hisobida (1/3∙360)
|
123,1
|
110,1
|
-13,0
|
jadvaldan ko’rinib turibdiki, aylanma mablag’lardan foydalanish samarasi hisobot yilida bazis yiliga nisbtan oshgan.
1so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan yalpi mahsulot summasi 0,22 so’mga (yoki 9,3 % ga), sof tushum summasi 0,35 so’mga (yoki 12 % ga), aylanma mablag’larning aylanishi 13 kunga qisqarib, samarasi 11,9 % ga oshgan, ammo 1so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan foyda kamaygan. SHunga qaramasdan umumiy xulosa, aylanma mablag’lardan foydalanish samarasi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan oshgan.
Endi samaradorlik o’zgarishiga omillar tahsiri o’zgarishining tahlilini ko’rib chiqamiz.
1so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan yalpi mahsulot hajmi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 0,22 so’mga oshgan.
YaM1 YaM0
- - =(659380:254854)-(395598:166711)=2,59-2,37=+0,22 so’m.
AMQ1 AMQ0
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’lgan. Omillar tahsiri «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali quyidagicha aniqlanadi:
Aylanma mablag’lar o’rtacha qiymati o’zgarishining samaradorlik darajasining o’zgarishga tahsiri:
YaM0 YaM0
- =(395598:254854)-(395598:166711)=1,55-2,37= - 0,82 so’m.
AMQ1 AMQ0
Demak, aylanma mablag’larning o’rtacha yillik hajmi 88143 ming so’mga ko’paygan, natijada 1 so’mlik aylanma mablag’ hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 0,82 so’mga yoki 34,6 % ga kamaygan. Boshqacha aytganda aylanma mablag’lardan foydalanish darajasi 34,6 % ga pasaygan.
Yalpi mahsulot hajmi o’zgarishining aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligining o’zgarishiga tahsiri:
YaM1 YaM0
- =(659380:254854)-(395598:254854)=2,59-1,55=+1,04 so’m.
AMQ1 AMQ1
Demak, yalpi mahsulot hajmining 263782 ming so’mga oshishi aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligiga ijobiy tahsir qilgan, natijada 1 so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan yalpi mahsulot hajmi 1,04 so’mga yoki 67 % ga oshgan.
Ushbu tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, aylanma mablag’lar samaradorligini oshirish uchun ularning o’rtacha qoldig’i hajmini kamayishiga erishish choralarini ko’rish kerak.
Aylanma mablag’larning samaradorligini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, aylanish koeffitsienti hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning aylanishi bazis yiliga nisbatan 0,35 koeffitsientga oshgan:
ST1 ST0
- =(833380:254854)-(487364:166711)=3,27-2,92=+0,35.
AMQ1 AMQ0
Demak, aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti o’tgan yilga nisbatan 0,35 miqdorga oshgan. Boshqacha aytganda 1 so’mlik aylanma mablag’ hisobiga olingan sof tushum hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 0,35 so’mga oshgan. Bu esa aylanma mablag’larning aylanish davrini 13 kunga qisqarishiga sababchi bo’lgan. Boshqacha aytganda aylanish davri 13 kunga tezlashgan. Aylanma mablag’larning aylanish koeffitsientining o’zgarishiga ikki omil tahsir qilgan.
Ushbu omillarning tahsiri «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlanadi. Buning uchun quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi:
ST0 -bazis davridagi aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti;
AMQ0
ST0 - aylanma mablag’larning shartli aylanish koeffitsienti;
AMQ1
ST1-hisobot davridagi aylanma mablag’larning aylanish koeffitsenti.
AMQ
SHu ko’rsatkichlar asosida aylanma mablag’larning aylanish koefftsientining o’zgarishiga omillar tahsiri aniqlanadi.
Aylanish koeffitsientining o’zgarishiga aylanma mablag’lar o’rtacha yillik hajmini o’zgarishining tahsirini aniqlash:
II-I= ST0 ST0 =(487364:254854)-(487364:166711)=1,91-2,92=-1,01
AMQ1 AMQ0 yoki –34,6 %
Demak, aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’ini oshishi hisobiga aylanish koeffitsienti 34,6 % ga kamaygan.
Mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi o’zgarishining aylanma mablag’lar aylanish koeffitsientining o’zgarishiga tahsirini aniqlash:
III-II= ST1 ST0 =(833380:254854)-(487364:254854)=3,27- 1,91=+1,36
AMQ1 AMQ1 yoki 136 %.
Demak, mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi keskin oshishi natijasida aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti 1,36 miqdorga oshgan.
Xullas, aylanma mablag’larning aylanish koeffitsientining o’zgarishi bir omilning ijobiy va bir omilning salbiy tahsiri ostida yuzaga kelgan. Ushbu koeffitsientni yanada oshirish uchun aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatini oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |