Debitorlik qarzlari o’zgarishining xo’jalik moliyaviy ahvoliga tahsirining tahlili.
Debitorlik qarzlarning ko’payishi yoki kamayishi aylanma aktivlarga yo’naltirilgan kapitalning aylanishiga katta tahsir ko’rsatadi. Demak, ushbu qarzlarning ko’payishi yoki kamayishi korxonaning moliyaviy holatiga mahlum darajada tahsir qiladi.
Debitor qarzlari va ularning aylanma aktivlardagi hissasining keskin oshib ketishi o’z aylanma mablag’larini yetishmasligiga sababchi bo’ladi, natijada kreditorlik qarzlarining ham oshib ketishiga olib keladi, penya va jarimalarni ko’payitshiga sababchi bo’ladi, natijada moliyaviy ahvolga salbiy tahsir qilib, uning yomonlashuviga olib keladi.
Debitorlik qarzlarining oshishini har doim salbiy baholab bo’lmaydi. SHuning uchun debitorlik qarzlarini muhtadil va nomuhtadil qarzlarga bo’lib o’rganib, ularning holatiga baho berish zarur.
Muhtadil debitorlik qarzlari korxonaning muhtadil faoliyatining natijasidir. Bular xaridorlar bilan qonuniy moliyaviy munosabatlar asosida paydo bo’lgan qarzlardir. SHuning uchun ular muhtadil debitorlik qarzlari bo’lib hisoblanadi.
Bunday qarzlarning o’sishini salbiy holat deb hisoblash mumkin emas. Demak, moliyaviy holatga salbiy tahsir qiladi deb ham qayd qilish mumkin emas. Bunday xulosa qilish faqat nomuhtadil qarzlarga tegishli bo’ladi.
Nomuhtadil debitorlik qarzlari deganda nimani tushuniladi?
Moliyaviy munosabatlarning buzilishi natijasida yuzaga kelgan qarzlarni nomuhtadil debitorlik qarzlari deb tushuniladi.
Nomuhtadil debitorlik qarzlarining paydo bo’lishi moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, yahni korxona ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish, ish haqini to’lash va boshqa to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi yuzaga keladi. Bundan tashqari mablag’larning debitorlik qarzlarida uzoq muddatga ushlanib qolishiga aylanma kapitalning aylanuvchanligini sekinlashtiradi. Muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari o’z majburiyatlarini to’lay olmaslik va foydani kamaytirish xavfini ko’chaytiradi.
SHuning uchun debitorlik qarzlarini, ayniqsa to’lov muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlarini chuqur tahlil qilish zarur.
Tahlil jarayonida debitorlik qarzlarini quyidagi tartibda o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Debitorlik qarzlarini tarkibi bo’yicha dinamikasini o’rganish;
Davrlar bo’yicha qarzlarni paydo bo’lish sabablarini aniqlash;
Qarzlar tarkibidagi o’ndirish uchun real bo’lmagan qarzlarning bor-yo’qligini aniqlash;
Dahvo qilish muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlarini aniqlash va o’ndirish choralarini ishlab chiqish.
Debitorlik qarzlarini tahlil etish uchun buxgalteriya balansiga ilova «Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi mahlumotnoma» (2 a-shakl) dan hamda buxgalteriya hisobining dastlabki va analitik hisobi schyotlari mahlumotlaridan foydalaniladi.
Debitorlik qarzlarini to’liq tahlili yuqorida 6.6 paragrifda keltirilgan, shuning uchun bu yerda qarzlarning paydo bo’lish davri bo’yicha hajmining tahlili yoritildi.
Debitorlik qarzlarini paydo bo’lish davri bo’yicha hajmning qiyoslama tahlilini jadval asosida amalga oshirish mumkin.
jadval.
Debitorlik qarzlarining paydo bo’lish davri bo’yicha hajmining tahlili.
Debitorlik qarzlarining turlari
|
Summasi, ming so’m
|
SHu jumladan to’lash davri bo’yicha
|
3 oygacha
|
3 oydan 6 oygacha
|
6 oydan 1 yilgacha
|
1 yildan ortiq
|
Xaridorlar bilan hisob-lashuv
|
76820
|
70000
|
4000
|
2820
|
-
|
Bo’nak to’lov-lari
|
5124
|
5124
|
-
|
-
|
-
|
Jami
|
81944
|
75124
|
4000
|
2820
|
-
|
jadvaldan ko’rinib turibdiki yil oxirida mavjud bo’lgan debitorlik qarzlari 81944 ming so’mni tashkil qilgan, shundan muhtadil debitorlik qarzlari 75124 mingni yoki 95,8 %ni, to’lov muddati o’tgan (nomuhtadil) qarzlari 6820 ming so’mni yoki 4,2 %ni tashkil qilgan. Muddati o’tgan qarzlardan 3 oydan 6 oygacha bo’lgan qarzlar 4000 ming so’mni, 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan qarzlar 2820 ming so’mni tashkil qilgan.
Muddati o’tgan debitorlik qarzlarini o’ndirib olib, ishga solish choralarini ko’rish zarur. Buning uchun o’zaro dalalatnoma tuzib, mavjudligini tasdiqlab, o’ndirish chorasini ko’rish kerak, agar tan olmasa, ularni hujjatlar asosida rasmiylashtirib, xo’jalik sudi orqali o’ndirib olish choralarini ko’rish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |