Likvidlik ko’rsatkichlarini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning solishtirish va zanjirli almashtirish usullaridan foydalaniladi.
Solishgtirish usulidan foydalanib, likvidlik ko’rsatkichlarining o’zgarishi aniqlanadi. Hisobot davrining oxiridagi likvidlik koeffitsientini davr boshidagi koeffitsientiga (yoki belgilangan mehyor koeffitsientiga) solishtirib, uning o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi. So’ngra o’zgarishning sabablari aniqlanib tahlil qilinadi. O’zgarishning sabablarini «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida aniqlanadi.
Mutlaq likvidlik koeffitsientining o’zgarishiga yuqorida keltirilgan
formuladan ko’rinib turibdi, uch omil tahsir qiladi:
Eng yuqori muddatli majburiyatlar hajmining o’zgarishi (P1).
Qisqa muddatli passivlar summasining o’zgarishi (P2).
Eng yuqori likvidli aktivlar summasining o’zgarishi (A1).
Ushbu omillarning tahsirini aniqlashdan oldin quyidagi 4 ta zanjirli bog’lanish ko’rsatkichlari aniqlanib olinadi:
; 2.
3. 4.
Ushbu koeffitsientlardan foydalanib, mutlaq likvidlik koeffitsientining o’zgarishiga omillarning tahsiri aniqlanadi.
Ikkinchi bog’lanish ko’rsatkichidan (1-nchi shartli bog’lanish koeefitsientidan) davr boshidagi mutloq likvidlik koeffitsientini ayirish orqali koeffitsientning o’zgarishiga eng yuqori muddatli majburiyatlar hajmining o’zgarishining tahsiri aniqlanadi. Ushbu omilning hajmi nisbatan oshsa, koeffitsientni kamayishiga olib keladi, agar kamaysa – oshishiga olib keladi.
Koeffitsientning o’zgarishiga qisqa muddatli passivlar summasi o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun uchinchi zanjirli bog’lanish ko’rsatkichidan 2-nchi koeffitsientni ayirib tashlash kerak.
Eng yuqori likvidli aktivlar summasi o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun 4-bog’lanish ko’rsatkichidan (davr oxiridagi likvidlik koeffitsientidan) 3-bog’lanish ko’rsatkichini ayirib tashlash kerak.
Omillarning tahsirining yig’indisi mutlaq likvidlik koeffitsientining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Omillarning har birining tahsiriga baho berilib, imkoniyatlari ko’rsatilishi kerak.
Zudlik likvidlik koeffitsientining o’zgarishiga uning formulasidan ko’rinib turibdiki, 4 ta omil tahsir qiladi:
Eng yuqori muddatli majburiyatlar hajmining o’zgarishi (P1).
Qisqa muddatli passivlar summasining o’zgarishi (P2).
Eng yuqori likvidli aktivlar summasining o’zgarishi (A1).
Tez sotiluvchi aktivlar summasining o’zgarishi (A2).
Keltirilgan formuladan foydalanib, «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llab, «Zudlik likvidlik koeffitsienti»ning o’zgarishiga yuqoridagi omillarning tahsiri aniqlanadi. Tahlil etish tartibi mutloq likvidlik koeffitsientining o’zgarishini tahlil etish tartibiga o’xshaydi. SHuning uchun bu joyda unga to’xtalmadik.