Joriy likvidlik koeffitsientining o’zgarishiga yuqorida keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, 5 ta omil tahsir qiladi, shulardan 4 tasi «Zudlik likvidlik koeffitsienti»ning tahlili qismida ko’rsatilgan. Beshinchi omil bo’lib, sekinlik bilan sotiluvchi aktivlar (A3) hisoblanadi.
Ushbu omillarning tahsiri «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida aniqlanadi. Omillar tahsirini aniqlab olganga qadar quyidagi «Zanjirli bog’lanish» ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur:
1. 2.
3. 4.
5. 6.
Yuqoridagi «Zanjirli bog’lanish» ko’rsatkichlari asosida «joriy likvidlik koeffitsienti»ning o’zgarishiga omillarning tahsiri aniqlanadi va xulosalar chiqariladi. Bu qursatkichning tahlili ham mutlaq likvidlik koeffitsientining tahliliga o’xshaydi. SHuning uchun omillarning tahsirini aniqlash tartibiga to’xtalmadik.
Endi, likvidlik ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil etish tartibini paxtachi tumani Q. Rajabov nomli shirkat xo’jaligi balansi mahlumotlari asosida yoritamiz.
jadval.
Likvidlik ko’rsatkichlarining hisoblash uchun zarur bo’lgan mahlumotlar.
Ko’rsatkichlar |
Yil boshi
|
Yil oxiri
|
Pul mablag’lari
Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar
|
-
7963
|
2
4225
| A1 jami |
7963
|
4227
|
Xaridorlar bilan hisoblashuvlar
Bo’nak to’lovlari
Boshqa debitorlar
|
40088
16314
94
|
76820
5124
-
| A2 jami |
56496
|
81944
|
Ishlab chiqarish zahiralari
Tugallanmagan ishlab chiqarish
Tayyor mahsulot
Sotish uchun olingan tovarlar
|
43288
25267
3667
2205
|
61803
45694
867
-
| A3 jami |
74427
|
108364
|
Mol yetkazib beruvchilar
Byudjet bo’yicha qarzlar
Mehnat haqi bo’yicha qarzlar
Boshqa karzlar
|
13353
7409
1628
5816
|
67243
1688
14279
8238
| P1 jami |
28206
|
91448
|
Qisqa muddatli karzlar
Qisqa muddatli kreditlar
|
62389
-
|
-
49883
| P2 jami |
62389
|
49883
|
Mutlaq likvidlik koeffitsienti, % ( )
Zudlik likvidlik koeffitsienti ( )
Joriy likvidlik koeffitsienti ( )
|
0,09
0,71
1,53
|
0,03
0,61
1,38
|
jadval mahlumotlari asosida mutloq likvidlik koeffitsienti o’zgarishining omilli tahlilini ko’rib chiqamiz:
Koeffitsientning umumiy o’zgarishi:
- = (4227 : (91448+49883)) – (7963 : (28206+62389))= =0,03-0,088=-0,058 yoki –5,8 %
Demak, mutloq likvidlik koeffitsienti yil oxirida yil boshiga nisbatan 5,8 foizga pasaygan, yahni qisqa muddatli majburiyatlarni eng yuqori likvidli aktivlar hisobiga qoplash (to’lash) darajasi 3 martaga pasaygan (0,088 : 0,03= 3 marta).
Ushbu o’zgarishga quyidagi omillar tahsir qilgan:
1. Eng yuqori muddatli majburiyatlar hajmi o’zgarishining tahsirini aniqlash:
II-I = - =(7963 : (91448+62389))–(7963 : (28206+62389))= =(7963 : 153837) - (7963 : 90595)=0,052-0,088=-0,036 yoki –3,6 %.
Demak, eng yuqori muddatli majburiyatlar summasining 63242 ming so’mga oshishi koeffitsient o’zgarishiga salbiy tahsir qilgan, natijada shu omil hisobiga koeffitsient 3,6 % ga pasaygan.
2. Qisqa muddatli passivlar summasi o’zgarishining tahsirini aniqlash:
III-II= - =(7963 :(91448+49783))-(7963 :(91448+62389))= =(7963 : 141331)-(7963 : 153837)=0,056-0,052=+0,004 yoki 0,4 %.
Demak, qisqa muddatli passivlar summasining 12506 ming so’mga kamayishi koeffitsient o’zgarishiga ijobiy tahsir qilgan, natijada shu omil hisobiga koeffitsient 0,4 % ga oshgan.
3. Eng yuqori likvidli aktivlar summasi o’zgarishining tahsirini aniqlash:
IV-III= - =(4227 : (91448+49883))-(7963 : (91448+49883))= =(4227 : 141331) - (7963 : 141331)=0,030-0,056=-0,026 yoki –2,6 %.
Demak, eng yuqori likvidli aktivlar summasi yil oxirida yil boshiga nisbatan 3736 ming so’mga kamaygan, natijada ushbu koeffitsient shu omil hisobiga 2,6 % ga pasaygan.
Xullas, ikki omilning salbiy va bir omilning ijobiy tahsiri ostida korxonaning to’lov layoqati 5,8 %ga pasaygan, yahni pul mablag’lari va qimmaatli qog’ozlar bilan qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash darajasi 8,8 foizga pasaygan, yahni ushbu koeffitsient shu guruhdagi to’lov mablag’lari to’lov majburiyatlarini
qoplashga mutloq yetarli emasligini bildiradi.
Zudlik va joriy likvidlik koeffitsientlarining omilli tahlilini bajarish tartibi mutlaq likvidlik koeffitsientining tahlilining tartibiga o’xshaydi, shuning uchun bu yerda ularni keltirmadik. Ammo yuqorida bayon qilingan usullar va keltirilgan balans mahlumotlari asosida mustaqil bajarishni o’quvchiga tavsiya etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |