Mavzu: Qishloq xo`jaligi sub`yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari



Download 172,87 Kb.
bet10/17
Sana23.04.2022
Hajmi172,87 Kb.
#576107
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2 5390844088658432986

Z+P+D=(O’+Q-U)+B+K

Ushbu formaladan xo’jalikning oborot aktivlari ikki manba hisobiga, yahni o’z oborot aktivlari manbalri (O’+Q-U) bilan qisqa muddatli karz mablag’lari (B+K) hisobiga tashkil bo’lishligi ko’rinib turibdi.


Moliyaviy barqarorlik mezoniga ko’ra moddiy oborot mablag’lari hajmi o’z oborot mablag’lari manbalari bilan to’la qoplansa, moliyaviy barqaror korxona bo’lib, u qisqa muddatli qarzlarini to’lash imkoniyatiga ega bo’ladi, yahni to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan korxona hisoblanadi. Boshqacha aytganda korxonada moliyaviy barkarorlik mavjud ekanligini yoki unda uning mustahkam ekanligini ko’rsatadi.
Moddiy oborot mablag’lari hajmi korxonaning o’z oborot mablag’larini tashkil qilish manbalari bilan to’la qoplansa yoki oshsa, korxona moliyaviy barqaror xo’jalik bo’lib hisoblanadi, yahni u qisqa muddatli majburiyatlarni uzish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bunday korxona to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan korxona deyiladi. Bu holatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Z  O’+Q-U.
Agar o’z oborot mablag’larini tashkil etuvchi manbalar summasi ishlab chiqarish zahiralar va sarflari summasiga teng bo’lsa (Z=O’+Q-U), pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va debitorlik qarzlarining birgalikdagi jami summasi (P+D) qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bilan kreditorlik qarzlarning jami summasiga (B+K) teng bo’ladi:
P+D=B+K
Agar o’z oborot mablag’larini tashkil qiluvchi manbalar summasi ishlab chiqarish zahiralari va sarflari summasidan oshsa (ZP+D>B+K
P+D hajmi B+K hajmidan katta yoki unga teng bo’lsa, korxona qisqa muddatli majburiyatlarini uzish (to’lash) qurbiga yetarli darajada ega bo’ladi. SHunday qilib, moddiy oborot mablag’larning tashkil qilish manbalari hajmi bilan ishlab chiqarish zahiralar va sarflari orasidagi o’zaro bog’liqlik nisbati koeffitsienti moliyaviy barqarorlik darajasi ahvolini belgilaydi.
Moddiy oborot mablag’larni tashkil etuvchi manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
o’z oborot mablag’larining manbalari;
moddiy oborot mablag’larni tashkil qiluvchi asosiy manbalar.
Korxonaning o’z oborot mablag’larini aniqlash uchun o’z mablag’larining manblariga (O’) uzoq muddatli qarzlar va kreditlarni (Q) qo’shib, ularning jami summasidan uzoq muddatli aktivlar summasini (U) chegirib tashlash kerak:
Zo’=O’+Q-U
Bunda: Zo’ – o’z oborot mablag’lari manbalari summasini (O’+Q-U) bildiradi.
So’ngra ushbu ko’rsatkichni mavjud ishlab chiqarish zahira va sarflari hajmiga solishtirish orqali moliyaviy barqarorlik darajasi tahlil etiladi. Buning uchun manbalar summasidan mavjud zahira va sarflar summasini chegirib, o’zgarishi (kam yoki ko’pligi) aniqlanadi, xulosa qilinadi.
Korxonaning moddiy oborot mablag’larining (zahira va sarflarining) tashkil bo’lishida o’z oborot mablag’lari bilan bir qatorda qarz mablag’lari, birinchi navbatda qisqa muddatli bank kreditlari ishtirok etadi. SHu manbalar yig’indisi asosiy manbalar degan tushunchani beradi.
Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Zo’+B=(O’+Q-U)+B
Bunda: B-banklar va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari.
Asosiy manbalarni jami summasini mavjud oborot mablag’lari summasiga (Z) solishtirib, o’zgarishi (ko’p yoki kamligi) aniqlanadi, natijada ushbu ko’rsatkichlar orqali xo’jalikning moliyaviy barqarorligi ahvoliga baho beriladi. Tahlil gorizantal va vertikal usullar yordamida amalga oshiriladi. Tahlil ham davr boshi va ham davr oxiridagi ko’rsatkichlarni, ham davr oxirini davr boshidagi ko’rsatkichlarga qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, oborot mablag’larning ham davr boshida, ham davr oxirida manbalar bilan tahminlanish darajasi, hamda ularning davr oxirida davr boshiga nisbatan o’zgarishlarining ahvoli batafsil tahlil etilishi kerak.
Moliyaviy barqarorlik tahlilini yuqorida bayon qilingan qoidalarga amal qilib, 34-tahliliy jadval ko’rsatkichlari asosida amalga oshirish mumkin.
__________nomli shirkat xo’jaligi bo’yicha moliyaviy barqarorlik darajasini tahlili.



Ko’rsatkichlar

Yil boshi, ming so’m

Yil oxiri, ming so’m

O’zgarish, (+,-)

O’z mablag’larining manbalari (O’)

125651

249274

+123623

Uzoq muddatli qarzlar va bank kreditlari (Q)

47817

37509

-10305

Uzoq muddatli aktivlar (U)

125173

233549

+108375

O’z oborot mablag’lari (Zo’=O’+Q-U)

48292

53234

+4942

Qisqa muddatli bank kreditlariva qarzlar (B)

1509

5000

+3491

Zahiralar va sarflarni tashkil qiluvchi asosiy manbalar jami (Zo’+B)

49801

58234

+8433

Balans bo’yicha mavjud bo’lgan zahiralar va sarflarning jami summasi (Z)

74427

108364

+33937

O’z oborot mabalg’lari manbalarining zahira va sarflarga nisbatan ko’p(+), kamligi (-) (Zo’-Z)

-26135

-55130

-28995

Asosiy manbalar summasining zahira va sarflar hajmiga nisbatan ko’p(+), kamligi (-) (Zo’+B-Z)

-24626

-50130

-25504

jadval mahlumotlaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalik moliyaviy jihatdan zaif bo’lgan, sinish holiga tushgan korxonadir. Yil boshida ham, yil oxirida ham mavjud moddiy aylanma mablag’lar tegishli manbalar bilan qoplangan, yil oxirida yanada qoplanmaslik darajasi oshgan.
O’z aylanma mablag’lari manbalarining moddiy aylanma mabalg’lar hajmiga nisbatan yetishmovchiligi yil boshida 26135 ming so’mni (35,1 % ni), yil oxirida 55130 ming so’mni (50,8 % ni) tashkil qilgan, yil oxiriga kelib yetishmovchilik ikki barobardan ziyodroq oshgan.
Bu qiyin holatdan chiqish uchun korxona o’z mablaglari manbalarini kengaytirish yo’llarini izlab topishi zarur. SHular bilan bir qatorda xo’jalik uchun keraksiz bo’lgan asosiy vositalarni sotishi kerak. Bundan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisobiga aylanma mablag’larni qoplay olish choralarini ko’rishi kerak.



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish