To‘g‘ri qanotlilar turkumi
Bu turkumning vakillari er yuzida keng tarqalgan. Bular ancha yirik hasharotlar bo‘lib, tanasi cho‘ziq, boshi gipognatik tipda. Og‘iz apparati kemiruvchi tipda. Bir juft murakkab ko‘zdan tashqari 3-4 ta oddiy ko‘zlari ham bor. Mo‘ylovlari ko‘p bo‘g‘imli. Ba’zan tanasidan uzun (masalan temirchaklarda) qanotlari yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari sakrovchi tipda. CHigirtkalar qorinchasining birinchi tergitida tovush eshitish timpanal organi bo‘ladi. Tuxumlarini asosoan erga qo‘yadi. CHigirtkalar qishloq xo‘jaligi zararkunandalari hisoblanadi. 20 minga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi. Rossiyada 7 turi uchraydi. Ikkita kenja turkumga bo‘linadi. 1) uzun mo‘ylovlilar kenja turkumi, 2) kalta mo‘ylovlilar kenja turkumi.
Uzun mo‘ylovlilarga temirchaklar va chirildoqlar kiradi.
Temirchaklar vakillarining mo‘ylovlari uzun, oyoq panjalari to‘rt bo‘g‘imli, tuxum qo‘ygichlari o‘roqsimon yoki qilichsimon bo‘ladi. Erkaklarining ust qanotlari birining asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi qanotida ingichkalashgan qismi bor. Ular bir biriga ishqalanish natijasida chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish organi oldingi boldirlar asosida o‘rnashgan. Qo‘pchilik turlari tuxumlik bosqichida qishlaydi. Rossiyaning evropa qismida , qozog‘istonda, o‘rta osiyoda uchraydi.
CHirildoqlar oilasi. Belgilari temirchaklarnikiga o‘xshash, oyoq panjalari uch bo‘g‘imli, mo‘ylovlari ingichka va qilsimon. Ular chirildoqlar oilasi va buzoqboshilar oilasiga bo‘linadi. CHirildoqlar yoki qorachigirtkalar xonadonlarda uchraydi. Kechqurun chirillagani uchun uy qora chirildog‘i deb ataladi. Ozuqa qoldiqlari non ushoqlari bilan oziqlanadi. Tuxumini iyun oyida qo‘yadi. Iyul oyida lichinkalar chiqib o‘simliklarni zararlaydi. Parnik va poliz ekinlariga katta zarar keltiradi.
Buzoqboshilar oilasi. Oldingi oyoqlari kavlovchi tipda (47 rasm). Qanotlari kalta, boshi katta, urg‘ochilarida tuxum qo‘ygichlari yo‘q, kattaligi 3,5 -5- sm. Zax tuproqli erlarda uya kavlab, kechasi aktiv xarakatlanadi. O‘simlik ildizi, kartoshka, sabzavot va g‘o‘za ildizini qirqish yo‘li bilan zarar etkazadi.
Ko‘pchiligi yirik hasharot tanasining uzunligi 60-70 mm, mo‘ylovlari ipsimon, ba’zan to‘g‘nag‘ichsimon, tuxum qo‘ygichi kalta bo‘ladi. Qanotlari yaxshi taraqqiy etgan (qanotsizlari ham bor). CHigirtkalarning ovozi orqa oyog‘ining ust qanot tolalariga ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Timponal organi oldingi qorincha bo‘g‘imi yon tomonda joylashib, xitin bilan o‘ralgan maxsus parda shaklida tuzilgan. CHigirtkalar asosan tuxumlik, bir necha turlari voyaga etgan hasharot yoki lichinkalik bosqichida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |