Mavzu: Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari


Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari



Download 144,2 Kb.
bet7/9
Sana14.06.2022
Hajmi144,2 Kb.
#671393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.

1.5 Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari
Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishda aniq ilmiy tadqiqot metodlari qo‘llaniladi.
Pedagogik tadqiqot metodlari — bu ilmiy nazariyalarni qurilishi, bog‘liqliklari, munosabatlari, qonuniy aloqalarini o‘rnatish maqsadida ilmiy ma’lumotlarni olish yo‘llaridir.
Pedagogikada psixologiya, sotsiologiya, fiziologiya, matematika fanlaridan kirib kelgan metodlardan tashqari pedagogikaning o‘zini metodlari ham keng qo‘llaniladi. Biz pedagogikani ilmiy tadqiqot metodlari deganda, yosh avlodni ta’limi, tarbiyasi, rivojlanishi jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish yo‘l va usullarni tushunamiz.
Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishda umumnazariy metodlar: analiz, sintez, taqqoslash, induksiya, deduksiya, mavhumlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, modellashtirish; sotsiologik metodlar: anketa, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik metodlar: sotsiometriya, test, trening; matematik metodlar.
Pedagogik tadqiqot metodlari nazariy va amaliy (empirik) turlarga bo‘linadi.
Tadqiqotning nazariy metodlari ilmiy faktlarni tizimlashtirish, kengaytirish, aniqlashni taqozo qilib, hodisalarni tushuntiradi va oldindan izohlab, olingan natijalarni ishonchliligini oshirib, mavhumdan aniq bilimlarga o‘tishni, turli tushuncha va farazlar orasidagi aloqadorliklarni o‘rnatib, asosiy va ikkinchi darajalilarini ajratadi.
Ayrim nazariy metodlarni tavsiflaymiz.
Analiz — hodisalarni alohida sifat va xususiyatlarga ajratish, ya’ni o‘rganilayotgan butun bir hodisa yoki jarayonni fikran tarkibiy qismlarga bo‘lish.
O‘rganilayotgan hodisani turli aspektlar bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Har taraflama tahlil hodisani mohiyatini chuqur ochib berishni ifodalaydi.
Sintez — hodisani xususiyatlari va sifatlarini fikran jamlab butunni hosil
qilish.
Sintez — bu nafaqat miqdoriy to‘plash, balki mazmunan bog‘lashdir. Agar hodisalar shunchaki bog‘lansa, unda tizimli aloqadorliklar hosil bo‘lmaydi.
Har qanday tadqiqotda analiz va sintez uzviy aloqada bo‘ladi.
Taqqoslash — o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘xshashliklarni va farqlarini o‘rnatish.
Taqqoslashda taqqoslash asoslarini, ya’ni mezonlarini aniqlab olish maqsadga bog‘liq.
Hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash uchun avvalo ularni asosiy belgilarini ajratib olish lozim. Taqqoslashning tarkibiy qismi hamisha analiz hisoblanadi, ayrim hollarda sintez ham qo‘llaniladi.
Umumlashtirish — hodisa va jarayonlarning umumiy jihatlarini ajratish. Tadqiqotni umumlashtirish.
Hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash natijasida tadqiqotchi hodisalarni umumiy jihatlarini topib va u asosida bir fikriy guruhga birlashtiradi.
Modellashtirish — hodisa va jarayonlarni real va ideal modellar yordamida tadqiq qilish.
Induksiya, deduksiya — amaliy yo‘llar bilan olingan ma’lumotlarni umumlashtiruvchi mantiqiy metodlar. Induktiv metod xususiy fikrlardan umumiy xulosalarga borishni, deduktiv — umumiydan xususiy xulosalar chiqarishni ifodalaydi.
Tadqiqotning empirik (amaliy) metodlariga: ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash metodlari (kuzatish, suhbat, anketa, test); nazorat va o‘lchash metodlari; ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari (matematik, statistik, grafik, jadvalli; baholash metodlari (o‘z-o‘zini baholash, reyting); tadqiqot natijalarini pedagogik amaliyotda qo‘llash metodlari (eksperiment, tajribali ta’lim, masshtabli qo‘llash) va b.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:



Kuzatish — aniq pedagogik hodisalarni maqsadli, tizimli o‘rganish. Pedagogika fanida kuzatish keng qo‘llaniladi. Kuzatish ilmiy materiallarni to‘plashning asosiy metodi sifatida ayrim hollarda yordamchi metod hisoblanadi. Kuzatish o‘z-o‘zini kuzatish bilan birga qadimiy tadqiqot metodi hisodlanadi.
Kuzatish tadqiqot metodi sifatida qator xususiyatlarga ega:
- kuzatishning maqsadga yo‘nalganligi;
- kuzatishning analitik xarakteri;
- uzatuvchi umumiy kartinadan baholanadigan, tahlil qilinadigan, tushuntiriladigan alohida tomonlarini, elementlarini, aloqalarini, ajratib oladi;
- kuzatishning kompleksligi (bir butunligi) kuzatilayotgan obyekti tomonlarini diqqat markazdan qochirmaslik;
- kuzatishnig tizimliligi.
Turli belgilar bo‘yicha kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kuzatish tashkil etish vaqtiga ko‘ra uzluksiz va diskret turlarga bo‘linadi.
Kuzatish hajmiga ko‘ra keng va tor kuzatish turlariga bo‘linadi.
Ma’lumotlarni olish yo‘llariga ko‘ra kuzatish to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin kuzatish turlariga bo‘linadi.
Kuzatuvchi va kuzatiluvchi orasidagi farqiga ko‘ra, uzviy va vaqti-vaqti bilan kuzatish turlariga bo‘linadi.
O‘tkazish sharoitlariga ko‘ra, tabiiy va tajribaviy kuzatishga bo‘linadi.
Rejaga ko‘ra noformal ( erkin) va formal (standart) kuzatish.
Qo‘llanish davriga ko‘ra doimiy, qaytariluvchi, bir marotabali, ko‘p marotabali kuzatishga bo‘linadi.
Kuzatish turlari qo‘yilgan maqsadga va obyektni xarakteriga bog‘liq. Har qanday metod singari kuzatish metodini ham salbiy va ijobiy tomonlari mavjud.
Kuzatish metodining ijobiy tomonlari:
- predmetni bir butunlikda o‘rganadi;
- tabiiy sharoitda o‘rganish;
- ko‘p qirrali aloqalarda va namoyon bo‘lishda o‘rganadi.
Ushbu metodni kamchiliklari:
- ko‘p miqdordagi hodisalarni qamrab ololmasligi;
- ko‘p vaqt talab qilishi;
- kuzatuvchi shaxsi bilan bog‘liq xatolarni mavjudligi ehtimoli;
• ayrim hodisa va jarayonlarni kuzatish imkoniyati bo‘lmasligi.
Pedagogik kuzatish —ilmiy tadqiqotni o‘tkazishnig passiv shaklidir.
Tadqiqotning aktiv shakli suhbat hisoblanadi. Suhbat ilmiy tadqiqot metodi sifatida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni pedagogik fakt va hodisalar, ular orasidagi aloqalar to‘g‘risidagi fikr va munosabatlarni uning motivini chuqur tasavvur etishlarini ifodalaydi. Suhbat kuzatish davomida tushunarsiz bo‘lgan, kerakli ma’lumotlarni olish maqsadida mustaqil yoki qo‘shimcha metod sifatida qo‘llaniladi. Suhbatga qo‘yilgan talablar:
- oldindan tayyorgarlik;
- suhbatdoshni samimiylikka chaqirishni bilish;
- savollarni aniqligi, ishonchliligi.
Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali, uning tadqiq etilayotgan muammo yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganilishidir.
Anketa metodi tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi, ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa (fransuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).




Download 144,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish