Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar:
1) savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; savollar o‘quvchilarning dunyoqarshi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
3) savollarga to‘la javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
4) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 5) javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart
Test metodi - o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish bo‘lib, uning ahamiyati shaxsning muayyan soha bo‘yicha nazariy bilimlarini, qobiliyati, psixofiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum faoliyatni tashkil etishga doir ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qilishida ko‘zga tashlanadi. Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo‘q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Pedagogik tajriba metodining ilmiy-amaliy ahamiyati muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash uchun keng imkoniyatlarni yaratishda aks etadi.
Ilmiy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tajriba (eksperiment) birinchidan, ta’lim, tarbiya, rivojlanish o‘rtasidagi qonuniy aloqani va uning natijalarini belgilashga yordam beradi; ikkinchidan, ta’lim, tarbiya jarayonlariga yangi, ilg‘or, innovatsion texnologiyalarni kiritishga; uchinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonini borishini, uning sharoitlarini, tuzilishi va mexanizmlarini ilmiy jihatdan oldindan ko‘rishga imkon beradi.
Pedagogik tajribaning tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi kabi turlari mavjud.
Pedagogik tajribaning samaradorligi quyidagi shartlarga rioya etish asosida ta’minlanadi:
- tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
- tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
- tadqiqot obyektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi;
- tajriba o‘tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi;
- zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni qayta ishlashning to‘g‘ri amalga oshirilishi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik jarayon va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini o‘rganish va har tomonlama tahlil etishga e’tibor berish lozim. O‘quv-tarbiyaviy muassasalar hujjatlarini tahlil etish ta’lim sohasidagi Prezident farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amaliy bajarilish darajasini, har bir jamoa va xodimning faolligi, ularning faoliyatidagi kamchilik va xatolarini aniqlashga hamda mas’uliyatini oshirishga imkon beradi.
Pedagogik tadqiqot metodiga pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish kiradi. Bu metod amaliyot holatini tahlil qilishga yo‘naltirilgan.
O‘rganish obyekti ommaviy tajriba (ilg‘or tajribalarni to‘plash uchun); salbiy tajriba (xato va kamchiliklarni topish uchun); ilg‘or tajriba (yangi elementlarni topish uchun) bo‘lishi mumkin.
M.N. Skatkin ilg‘or tajribani pedagogik mahorat va novatorlik turlarga ajratadi.
Pedagogik mahorat fan va amaliyot tavsiyalarini ratsional qo‘llash.
Novatorlik — bu shaxsiy uslubiy topilmalar, yangi mazmun.
Shkalalash — tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib, sifat omillarni miqdoriy qatorga o‘tkazishni ifodalaydi.
Matematik-statistik tahlil metodi - pedagogik tadqiqot, tajriba-sinov ishlarining amaliy natijalarini ma’lum bir maqsad asosida tizimli o‘rganish, umumlashtirish va amaliy natijalarning haqqoniyligini baholash maqsadida olib boriladi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarda matematik-statistik metodning qo‘lla- nilishidan ko‘zlangan maqsad tajriba-sinov ishlari, shuningdek, tadqiqot ishining samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat. Unga ko‘ra tajriba va nazorat guruhlarida tajriba avvali hamda yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi, yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.
Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog‘ida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida o`quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |