Mavzu: Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari


Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar



Download 144,2 Kb.
bet9/9
Sana14.06.2022
Hajmi144,2 Kb.
#671393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.

Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar:

  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish; 6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish



Intervyu respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.


Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.

Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali; o‘quv dasturi; guruh jurnallari; o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar; Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti; tarbiyaviy ishlar rejasi; o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar; ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar va h.z.) qayd etilgan daftar va hokazolar

Bolalar ijodini o‘rganish metodi o`quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo‘yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o`quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o`quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.



Bolalar ijodini o‘rganishda 1) fan olimpiadalari; 2) tanlovlar; 3) maktab ko‘rgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar va h.z.larning natijalarini tahlil qilish, samaradorligini baholash orqali shaxsning muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat ko‘nikmalariga egaliklari baholanadi

Pedagogik kuzatish. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o`quv-


tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o`quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko‘rish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:





Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot obyektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi; tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash

Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Kivirlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda









Download 144,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish