Mavzu: Pedagogika faning nazariyasi va tarixi. Reja


Birinchidan, sog’lom bola – avvalo, sog’lom va ahil oilaning mvasidir. Ikkinchidan



Download 143,5 Kb.
bet2/9
Sana20.09.2021
Hajmi143,5 Kb.
#180121
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogika faning nazariyasi va tarixi.

Birinchidan, sog’lom bola – avvalo, sog’lom va ahil oilaning mvasidir.

Ikkinchidan, sog’lom bolani voyaga etkazishda sog’liqni saqlash tizimining o’rni va ta’siri katta ekanligi.

Uchinchidan, sog’lom bolani voyaga etkazishda ta’lim-tarbiya va sportning o’rni.

To’rtinchidan, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi jamiyatimiz, davlatimiz e’tibor markazida turishi va olib borayotgan siyosatimizning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolishi.

Beshinchidan, sog’lom bola tarbisida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning o’rni va ahamiyati xususida gapirdi.

O’zbekiston Respublikasining rivojlanishi bevosita ta’lim-tarbiya natijasiga bog’liqligi barchamizga ayon. Ta’lim-tarbiyani takomillashtirmasdan turib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etishni kundalik hayotning o’zi talab qilmoqda.



Ta’lim to’g’risidagi qonun (34-modda), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – barkamol avlod, etuq, har qanday raqobatga bardoshli kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi harakat dasturi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi. Dasturda belgilangan asosiy vazifalar quyidagilardan iboratdir:

“Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashish”; ta’lim oluvchilarni ma’naviy ahloqiy tarbiyalashning eng samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish, uni hayotga joriy etish: ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tish va akkreditattsiya qilishning holis tizimini joriy etish va boshqalardir. Yuqorida ta’kidlangan vazifalar, ta’lim sifatida talablari qatorida kerakli nazorat choralari hamda ko’zda tutilgan dastur talablari uch bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich: 1997 – 2001 yillarni o’z ichiga olib, unda bajariladigan asosiy ish – uch yillik akademik litseylar va kasb hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan iborat. 2-bosqich 2001 – 2005 yil, bu davrda har bir xuddudning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ehtiyojlari hisobga olingan holda aynan shu yo’nalishni kadrlar bilan ta’minlovchi ta’lim muassasalarining joylashtirilishi ularning moddiy va moliyaviy ta’minlanishi kabi vazifalar hal etiladi. 2005 yilda rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda unga tegishli o’zgartirishlar kiritish mo’ljallangan. 3-bosqichda (2005 yildan keyin) Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayonini amalga oshiriladi. Dastur talablariga ko’ra kadrlar tayyorlash jarayonida quyidagi sub’ektlar ishtirok etadi: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.

Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimovning «Barkamol avlod orzusi» asarida «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz». Va yana «Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning etishmasligi bizning olg’a siljishimizda hamon katta to’siq bo’lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalambor, yosh kadrlarni topish, o’stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda», deb juda o’rinli ta’kidlangan. Haqiqatan ham bunday fazilatlarga ega bo’lgan kishini shakllantirish pedagogika fani va shu sohada ishlaydigan mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan.

Savol tug’iladi: ular ta’lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo’l tutishlari lozim? Bu va boshqa savollarga ma’lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo’lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha, kishilik jamiyati paydo bo’lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o’rgatish ehtiyoji tug’iladi. Tajribalarning to’planishi natijasida ta’lim-tarbiyaning dastlabki tamoyillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi barcha tajribalar asosida muayyan bilimlar ortib bordi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar vakillari sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plangan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keladi. Shu asnoda dastlabki maktab ko’rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o’zining barcha tadqiqotlarida ilm muammosini birinchi o’ringa qo’ygan. “Alhosil, – deb yozgan edi u, – butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog’liqdir... Shuning uchun o’qimak, bilmak zamonlarini qo’ldan bermay, vujudimizning dushmani bo’lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa’y qilmog’imiz lozimdir”. Darvoqe olim, ilm – tarbiya jarayonida o’zlashtiriladi va yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini berishini ta’kidlaydi.

Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni imon-e’tiqodli komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar. Bu ishda islomiy tarbiyaning ma’naviy, ma’rifiy ahamiyati katta bo’lgan. Islom dini inson ma’naviyatini poklashda, adolat, ezgulik va boqiy ilm olamida muhim mavqeni egallagan. Bu haqida Prezidentimiz Islom Karimovnin: “Islom dini – bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik” – degan so’zlarida o’z fodasini topgan. “Demak, - din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining shakllanishiga katta xissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutmog’imiz lozim... Yoshlarimiz islomiy qadriyatlar bilan bir qatorda koinot siru asrorlarigacha bo’lgan dunyoviy bilimlarni ham teran o’rganishlari zarur”.

O’zbekiston Respublikasining o’ziga xos taraqqiyot yo’li oliy o’quv yurtlaridan yuqori malakali muhandislar tayyorlashning yangicha tamoyillarini taqazo etmoqda. Bu esa pedagogika kursini yangi kontseptsiya asosida ishlab chiqishni va o’qitishni dolzarb muammo qilib qo’ydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida» bozor iqtisodiyoti va yangicha texnologiya sharoitida ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash ko’zda tutilgan. O’quv yurtlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish, yangi ta’lim usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, yoshlar ta’lim tarbiyasini milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqatlilik ruhini tarkib toptirish asos qilib olinishi lozim.

Pedagogika fani o’z oldiga bo’lajak mutaxassislarni xalqimizning o’ziga xos ma’naviyatini ruhiga mos tushadigan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar bilan mukammal qurollantirish orqali ularda milliy tafakkur, odob-axloq, tarbiyani tarkib toptirishni maqsad qilib qo’yadi. Pedagogika fani Respublikamizda bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida talab va ehtiyojlarni, jamiyatimiz istiqboli, xalqimizning boy pedagogik qadriyatlarini, rivojlangan mamlakatlarni ta’lim-tarbiyaga oid ilg’or tajribalarini hamda hozirgi zamon pedagogikasi, psixlogiyasi fanlari nazariyasi va amaliyoti yutuqlarini hisobga olgan xalqimizning farzandlaridan bo’lajak Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ulug’bek kabi imonli, eotiqodli, bilimdon, kasb-xunarli, kelajagi buyuk davlatimizning sadoqatli fuqorolarini shakllantirishning ilmiy uslubiy asoslari bilan talabalarni qurollantiradi. Pedagogika shaxs ta’limi haqidagi fan ekanligidan kelib chiqib, uni o’rganishda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi:


  • ta’lim ijtimoiy, taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi bo’lib jamiyatning ma’naviy ji’atdan takomillashtirishning eng ishonchli omili;

  • jamiyatni demokratiyalashtirish va inson parvarlashtirish g’oyasidan kelib chiqib ta’lim-tarbiya markazida shaxs, uning talab ehtiyojlari, qiziqishi, intilishlari hamda ularning qobiliyati va iste’dodlarini o’stirish turadi;

  • hozirgi zamon ta’lim-tarbiya muammolarini xal etishda xalqimizning ko’p asrlik boy pedagogik tajribasi hamda jamiyat taraqqiyotining istiqbollari va ilg’or mamlakatlarning tajribalari ham hisobga olinadi.

Pedagogika avval tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan falsafa fani tarkibidan ajralib chiqib fan sifatida taniladi.

Hozirgi davrda inson faoliyati bilan qo’llanadigan fanlar juda ko’p. Pedagogika fanining o’zi o’rganadigan mavzu ya’ni inson, odam, bola, uni tarbiyalash va shakllantirishni tadqiq qiladi, hamda fan sifatida tan olindi va rivojlanib bormoqda.

Yangi avlod o’zidan oldingi keksa ajdodning ijtimoiy turmushdagi tajribasini (fan, san’at, ahloq) xulq-atvor sohalarini o’zlashtira borib uni boyitadi. Ijtimoiy tajriba moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yig’indisi sifatida ijtimoiy ongning turli shakllarida shuningdek, ijtimoiy munosabatlar, hulq-atvor tizimida mujassamlashgan tarbiyani, muayyan ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga tayyor bo’lgan shaxsni voyaga etkazadi.

Inson egallab olishi lozim bo’lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo’lgani sari, bu tajribani etkazish yuzasidan maxsus tashkil etilgan faoliyatga (ya’ni biror ishlab chiqarishni o’rgatishga) ehtiyoji paydo bo’la boshladi. Tarbiya mohirlik va ishning ko’zini bilishni talab eta boshladi. Tarbiyani amalga oshirish, anglash va bu sohadagi tajribalarni o’rganishga ehtiyoj tug’ilishi natijasida pedagogika fani yuzaga keldi. Agar insoniyat tarixining ilk bosqichlarida bolalar va kattalar bilan birgalikda mehnat qilish jarayonida tarbiya olgan bo’lsa, jamiyatning, hayotning rivojlanib borishi bilan bilim va tajribani o’rganishning bunday yo’li hayot talablariga javob bermay keldi. Bular esa o’z navbatida o’qitishni, tarbiyalashni taqozo etar edi. Bu vazifa pedagogika fanining alohida bir fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Bu hayotning ob’ektiv talabi natijasida ro’y berdi. “Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir” deb ta’kidlagan frantsuz olimi Viktor Gyugo.

Hayotning barcha yo’nalishlaridagi tajribalar maktabning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Maktab so’zi yunon tilida “dam olish, mehnatdan so’ng hordiq chiqarish” degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Gretsiyada maktab deb tajribaliroq, bilag’onroq odamlarning bolalari va o’smirlar bilan suhbatlashishini aytishgan.

Keyinchalik “maktab” termini maxsus o’quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu ma’noda ishlatiladi. Tarbiyaning takomillasha borishi natijasida jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi turi yuzaga chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va maqsadga muvofiq tayyorlashga mo’ljallangandir. Bu masala pedagogik kasbning bo’lishini taqazo etardi. Uni amalga oshirish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj tug’dirdi. Pedagogik bilimlar inson faoliyatining maxsus yo’nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika fani jamiyatning rivojlanishida, odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy tajribalarini keyingi avlodga etkazishini hal qiluvchi va jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi fan deyish mumkin. Bu haqda AQShning buyuk pedagogi Bendjamin Spok “Mening oldimda ikki asosiy vazifa aniq bo’la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning ma’naviy darajasiga ko’tarish bo’lsa, ikkinchi tomondan men tarbiyaning psixologik-pedagogik qonuniyatlarini falsafiy anglab etish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar berish, ularning savollariga aniq javob berishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim” - degan edi. Haqiqatan ham pedagogika fani inson shaxsini ma’naviy kamolotini ta’minlaydigan fandir.




Download 143,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish