Mavzu: Pedagogika faning nazariyasi va tarixi. Reja


Pedagogika fanining predmeti



Download 143,5 Kb.
bet3/9
Sana20.09.2021
Hajmi143,5 Kb.
#180121
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogika faning nazariyasi va tarixi.

Pedagogika fanining predmeti – ta’lim oluvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanining ob’ekti – asosan maktab o’quvchilaridir. Fanning maqsadi – shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish hamda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy-metodik jihatdan qurollantirishdan iborat. Pedagogika fanining vazifalari – birinchi navbatda antropologiya va ijtimoiy psixologiyaga tayangan holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy jihatdan qurollantirishdan iborat.

Pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihatini – uni o’qitish va tarbiyalashga qaratilganligi bois didaktika va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika ta’limning nazariy jihatlarini, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va h.k. muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismidan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, shakl, metod, vosita, usullarini, uni tashkil etish muammoalarini o’rganadi.

Pedagogika atamasi juda qadimiydir. Ushbu atama grekcha “paydogogos” so’zidan olingan bo’lib, “bola etaklovi” degan ma’noni bildiradi. Eramizdan oldingi III-I asrlarda qadimgi Gretsiyada quldorlarning bolalarini ovqatlantiradigan, ularni sayrga olib boradigan, tabiat qo’ynida o’ynatuvchi tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atashgan. Keyinchalik esa maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilargina pedagoglar deb atala boshladi.

Pedagogika – 1) ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslarini tadqiq etuvchi fan; 2) yoshlarga ta’lim-tarbiya hamda ma’lumot berish, ularni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganuvchi o’quv fani; 3) pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan turkum fanlarning umumiy nomi”.

Ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadni to’g’ri anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to’g’ri tarbiyalash shartidir. Hozirgi kundagi o’zbek pedagogikasining vazifasi respublikamizda yashovchi turli millat – elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri hal etib berishdir. Bunda Islom dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan olimu-fuzalolarimiz ta’limotlaridan hamohang qirralarni izlab topish taqozo etiladi.

Ta’lim – maxsus tayyorgarlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan o’urollantiradigan, bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya – tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchi ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishidir.

Pedagogika fanining tadqiq qilish ob’ekti, va u o’rganadigan sohalari yildan-yilga ortib, kengayib va rivojlanib bormoqda. Natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda va mustaqil soha sifatida o’rganilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.



Har bir fan o’z rivojlanishida, o’z nazariyalarini boyitadi, o’zining ichki amaliy yo’nalashlariga tayanib takomillashib boradi. Hozirgi vaqtda pedagogika fani o’z fanlari tizimiga ega. Ular:


  1. Download 143,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish