Mavzu: Pedagogika faning nazariyasi va tarixi. Reja



Download 143,5 Kb.
bet5/9
Sana20.09.2021
Hajmi143,5 Kb.
#180121
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogika faning nazariyasi va tarixi.

Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim tarbiyasining umumiy masalalarini o’rganadi);

  • Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish, turli kasblarni o’rganishning umumiy masalalarini tadqiq etadi);

  • Qiyosiy pedagogika (g’oyalarni taqqoslab xulosa chiqarish masalalarini o’rganadi);

  • Xalq pedagogikasi (mazkur xalq ta’lim-tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyati, ahloq, odobi kabilarni o’rganadi);

  • Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zamonaviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini o’rganadi);

  • Harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o’quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun etuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash bilan shug’ullanadi).

    Buyuk faylasuflar, yozuvchilar, jamoat va davlat arboblari, dinshunos olimlarning pedagogik qarashlari ham o’rganalidagan pedagogika tarixi ular qoldirgan bebaho madaniy-ma’rifiy meros yosh avlod uchun ibrat va namunadir. Ularning ta’lim-tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni ona vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon-e’tiqodli, insof-diyonatli, axloq-odobli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o’zligini anglatishda benazir qadriyatdir. Umuminsoniyat tarixida IX-XV asrlarda Sharqda Uyg’onish davrida ijtimoiy-madaniy hayotda katta o’zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa, Amir Temur asos solgan saltanat davrida ijtimoiy hayotda yuksalish, ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlangan. Bu davrda yashab, ijod etgan Al-Buxoriy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Maxmud Qoshg’ariy, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojlanishiga katta hissalarini qo’shganlar. Bu buyuk mutafakkrlar turli fanlarga oid yaratgan asralarida ma’naviy-ma’rifiy-madaniy qadriyatlarning ilmiy-falsafiy asoslarini ishlab chiqdilar. Ular asrlar davomida ta’lim-tarbiya sohasida ajdodlarimiz orttirgan tajribalarning kuchli qudratga ega ekanligini va xalqchiligini o’z asarlarida ifodaladilar. Har bir millatning o’ziga xos milliy madaniyati va ma’rifati umuminsoniy madaniyat va ma’rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniy tsivilizatsiyaga har bir xalq o’z ulushini, hissasini qo’shgan. Umuminsoniy, umumxalq madaniyati, ma’rifati va ilmu-fan rivojida har bir xalq bir-biriga ustozlik qilgan. Shu bois darsliklarda asosiy e’tibor milliy pedagogikamizni tadqiq etishga yo’naltirilgan holda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ayrim mutafakkirlar va Evropalik mashhur olimlarning ta’lim-tarbiyaga oid ta’limotlari haqida ma’lumot berilgan. IX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining taniqli rahbarlari Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi ma’rifatparvarlar madaniyatni rivojlantirish uchun ma’rifatparvarlikka asoslanish, ta’limni isloh qilish zarurligi g’oyasini olg’a surib, Turkistonda ijtimoiy ong taraqqiyotini boshlab berdilar.

    Shaxs-psixologik jihatdan taraqqiy etgan shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor, dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.

    Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakter, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma’lum bir bosqichga etsagina u mukammal, kamol topgan inson bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati turlicha. Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak.

    Rivojlanish nima? Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib etishuviga o’zining maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan chiqarmaslik zarur.

    Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi? Shaxs bo’lishi uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

    Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etishishining samarali bo’lishini ta’minlash uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.

    Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.

    Individning shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko’rsatiladigan ta’sirlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug’ilishi, sharoit, tarbiya singari ta’sirlar mavjud bo’lmog’i zarur. Agar bunday ta’sirlar ko’rsatilmasa u nobud bo’ladi. Uning rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko’rsatiladigan tarbiya zarur bo’ladi.

    Pedagogika fani shaxsning kamolga etishishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga etishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.



    Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Inson atrofni ob’ektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi. Demak, shaxsning kamolga etishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.


    Download 143,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish