3.1.1-qism. O’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish
masalalari
moduli
Mavzu: Pedagogik faoliyatda o’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz
kasbiy rivojlanish yo’llari, usul va vositalari (2 soat ma’ruza)
Reja:
1. Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va mahoratni rivojlantirishda “hayot
davomida ta`lim olish”(lifelong learning) tamoyilining ahamiyati
2. Pedagog imiji va muloqot madaniyati (Self-menejment)
3. Kasbiy rivojlanishga oid manbalar va ulardan foydalangan holda
kasbiy
malakasini oshirish
4.Pedagogik faoliyatda o’qituvchining o’z-o’zini rivojlantirish yo’llari
Tayanch tushunchalar:
kasbiy ehtiyoj, o’z-o’zini rivojlantirish, kasbiy
rivojlanish, “hayot davomida ta`lim olish”(lifelong learning), pedagog imiji (Self-
menejment)
So’nggi yillarda mamlakatimiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlarda maktab ta`limini yanada rivojlantirish, o’qituvchilarning nufuzi va
ijtimoiy mavqeini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 6
noyabrda qabul qilingan
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda 2021 yil 25 yanvardagi
“Xalq ta`limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash va uzluksiz
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-4963
-
son qarorida xalq ta`limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy
jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur hujjatlarda xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bilan bog’liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va
pedagog-xodimlarni “hayot davomida o’qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka
oshirish
tizimiga
transformatsiya
qilish
vazifasi
qo’yildi.
Amaldagi tartibga ko’ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta,
rahbar va
mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim.
O’qituvchining 5 yilda 1 oy, ya’ni 144 soatlik o’quv dasturi asosida malaka
oshirishi va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o’quvga jalb qilinmasligi ularning o’z
ustida
ishlamasligi,
katta
hajmdagi
ta`limiy
axborotlardan
bahramand
bo’lmasligiga olib kelmoqda.
Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim
MDH
mamlakatlarida
saqlanib
qolgan.
Dunyodagi
ta`lim
rivojlangan
mamlakatlarda o’qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo’lga
qo’yilgan. Masalan, Koreya Respublikasida o’qituvchi har yili kamida 108 soat,
Singapur va Yaponiyada har yili 100 soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka
oshirishi belgilangan.
Shu bois, soha xodimlarini davriy emas, balki doimiy ravishda o’qitib
borish, malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib tashkil
dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Har qanday ta`lim jarayoni samarali bo’lishi uchun u ta`lim
oladigan
shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga mos bo’lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta`lim
oluvchilarga xos bo’lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Pedagog-xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o’qitishning
yangi metod va texnologiyalarini o’zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish
maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo’ladi. Bu —
tabiiy hol. Bitta auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o’tiladigan
mavzu kim uchundir qiziqarli bo’lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi,
qolganlarga esa umuman hech narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o’tilgan dars
yoxud malaka oshirish kursi tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi.
Buning uchun xalq ta`limi xodimlarining malaka oshirishga
doir ehtiyojlarini
o’rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini
tuzish va malaka oshirish o’quvlarini ana shu asosda tashkil etish lozim.
Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq ta`limi
xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati,
ish tajribasi va
individual kasbiy rivojlanish troyektoriyasidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka
oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An`anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda,
kasbiy o’qitishning uyg’unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan,
masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib, xalq ta`limi xodimlariniing
individual
traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari va o’zlashtirgan o’quv
dasturlari to’g’risidagi ma’lumotlar ularning elektron portfoliosiga kiritiladi.
Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirishda
uzluksiz malaka oshirishning elektron ta`lim (e-learing), individual ta`lim
traektoriyasi (personal learning space) va muhiti (personal learning envirenment),
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasining tatbiq etilishi muhim
hisoblanadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlanishning elektron ta`lim (e-learing) tizimi
quyidagilarni o’z ichiga oladi.
•