Mavzu: ozon qatlamida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni geoekologik oqibatlari


O’zbekistonda ozon qatlamini muhofaza qilishga



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana31.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#519924
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
ozon qatlamida sodir bolayotgan ozgarishlarni geoekologik oqibatlari

 
2.4. O’zbekistonda ozon qatlamini muhofaza qilishga
 doir olib borilayotgan ishlar. 
O’zbekiston jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari qatorida 
sayyoramizning ozon qatlamini saqlab qolish faoliyatiga o’z xissasini qo’shmoqda. 
Mamlakatimizda ‖Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida‖gi va ‖Atmosfera 
havosini muhofaza qilish to’g’risida‖gi qonunlari amal qilmoqda. Mazkur 
qonunlarda 19-va 20- moddalar mavjud bo’lib, ular ozon qatlami muammosiga 
bag’ishlangan. ‖Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida‖gi Qonunning 19-
moddasida ozonni yemiruvchi mahsulotlarni ekspluatatsiya va ta’mirlovchi 
korxona, tashkilot va muassasalar ularni ro’yhatga olish hamda ozonga zarar 
yetkazmaydigan mahsulotlar bilan almashtirishni ta’minlashlari lozimligi 
belgilangan. ―Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida‖gi Qonunning 20-moddasida 
aytilishicha, ―xalqaro kelishuvlarga muvofiq vazirliklar va boshqarmalar
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, yakka shaxslar ozon qatlamiga salbiy ta’sir 
ko’rsatuvchi kimyoviy moddalarning ishlab chiqarilishi va ishlatilishini 
qisqartirishi hamda kelajakda butunlay tugatishi lozim‖. 
1993- yil 18- may kuni O’zbekiston Respublikasi sobiq Sovet Ittifoqi 
tomonidan imzolangan 1985- yildagi Ozon qatlamini muhofaza qilish to’g’risidagi 
Vena konvensiyasi hamda 1987- yildagi Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bo’yicha Monreal Protokoliga nisbatan o’z ishtiroki o’tishini tasdiqladi va mazkur 
hujjatlarga qo’shilishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. 
1998- yil 1- mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Monreal 
Protokoliga London va Kopengagen tuzatmalarini ratifikatsiya qildi. Ushbu 
tuzatmalar 1998- yil 8- sentabrdan boshlab kuchga kirdi. 
London tuzatmalarining ratifikatsiya qilinishi ozonni yemiruvchi moddalarni 
foydalanishdan chiqarish va almashtirish bo’yicha amaliyotni tadbiq etish uchun 
GEJ dan mamlakatning kelishilgan harajatlarini qoplash uchun grant va 


64 
konpensatsiyaviy jamg’armalar ko’rinishidagi moliyaviy yordamga huquq 
beruvchi muhim shart bo’ldi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va 
―O’zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida‖gi Qonunga muvofiq, 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan quyidagi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunlari Prezident I.A.Karimov tomonidan 2006- yil 7 -sentabrda imzolandi 
―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo’yicha Monreal Protokolga Tuzatmani 
(Monreal, 1997- yil 17- sentabr) ratifikatsiya qilish to’g’risida‖gi va ―Ozon 
qatlamini yemiruvchi moddalar bo’yicha Monreal Protokoliga Tuzatmani (Pekin, 
1999- yil 3- dekabr) ratifikatsiya qilish to’g’risida‖gi Qonunlar. 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish