Mavzu: O’zbekistonda soliqlar tuzimining asoslari


Soliqlarni undirish usullari



Download 23,03 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi23,03 Kb.
#688438
1   2   3
Bog'liq
5b

3.Soliqlarni undirish usullari. Soliq amaliyotida soliqalrni undirishning uchta usuli mavjud:

  1. Kadastrli.

  2. Daromad manbayidan.

  3. Daromad egasi daromadni olganidan so’ng (deklaratsiya bo’yicha).

Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan obyektlar (yer, imortalar va shu kabilar)ning bahosi va o’rtacha daromadliligi to’g’risidagi malumotlarga ega bo’lgan kadastr yok reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi. Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi,foydalanilishi va boshqa belgilariga ko’ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o’rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi. Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o’rtacha daromadliligi uning haqiyqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko’p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo’lishi mumkinki, undan soliq tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida yer solig’I kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi yer solig’I stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida har yili yangidan taqdiqlanadi. Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to’laydigan yuridik shax hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig’i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni oliguiga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to’lashdan bo’yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob qlib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko’pincha fiscal yoki soliq agenti sifatida qaraladi. Soliqning daromad manbayida to’lanishi shuni anglatadiki soliq uni deklaratsiyalar bo’yicha to’lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to’lovni amalga oshiradigan fiksal agentlar to’lov manbalarida hisoblaydilar va ushlab qoladilar. Uchinchi usul soliq to’lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, yani ularning olgan daromadlari va o’zlariga tegishli bo’lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklarasiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to’lanishi lozim bo’lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, intellektual faoliyat bilan shugu’illanadigan shaxslar (fan, adabiyot, sanoat namunalarnini yaratuvchi va hakozo) daromadlari soliqqa tortiladi. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyiliga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo’lishi lozimki, u davlat intilayotgan xaliq xo’jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudafa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliya resurslari to’planishini taminlashi lozim. Soliq tizimi xo’jalik yurituvchi subyektlarni, jumladan, chet el subyektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag’ yo’naltirishni, yani kapital jamg’arish va shu yo’l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliqqa tortish tamoiyillariga bo’linadi. Bularni ikki guruhga bo’lgan holda o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda gorizontal va vertikal adolatni bir-biri adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizontal adolat tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq to’lovchilarga nisbatan soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qo’llashni ko’zda tutadi. Vertikal adolat deganda, xo’jalik yuritishning birmuncha og’ir sharoitlarida ishlayotgan subyektlar uchun soliqqa tortishning bir qadar yumshoqroq shartlarini, yengil daromad olish imkonyatiga ega bo’lgan subyektlar uchun esa og’irroq shartlarni qo’llash tushuniladi. Soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik bo’linishi taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek, soliqlarning eng muhim turlari bo’yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko’zda tutadi. Bu o’rinda nazarda tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning rag’batlantirish funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar yakka tartibdagi xusuiyatga ega bo’lmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini rag’batlantirishga, soliq to’lovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qat’inazar, ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko’paytirishga qaratilmog’i lozim. Soliqqa tortishning soliqlarni yig’ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili davlat va soliq to’lovchilar tomonidan soliqlarni yig’ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko’zda tutadi. Soliqqa tortishning soliq stavkalari qiyoslash tamyili stavkalari boshqa davlatlarda xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o’ziga xususiyatlari hisobga olibgan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo’lgan xo’jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tamoillari o’rniga soliq qonunchiligi prinsiplari berilib, ular quyidagilardan iborat: - har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashga majburdir (6-madda), ya’ni soliq to’lash qonun bilan majbur qilib qo’yiladi. –soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va majburiy to’lovlarni qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq beriladigan tarzda ifodalangan bo’lishi kerak (7-modda). -soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’lishi kerak (8-modda). –soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir (9-modda). –soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normative huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda elon qilinishi shart (10-modda).
O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar. 1. Soliqqa tortish tamoyillarini kim ilk bora asoslab bergan? 2. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyilining
Download 23,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish