Mavzu:O’zbekistonda soliqlar tuzimining asoslari.
Reja:
1.O’zbekistonda soliqqa tortish tizimi tushinchasi va mazmuni, soliq elementlari. 2.Soliq imtiyozlari. 3.Soliqlarni undirish usullari.
1.O’zbekistonda soliqqa tortish tizimi tushinchasi va mazmuni, soliq elementlari. Soliq tizimi mohiyati jihatidan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari tamoillari yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliq subyekti-soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to’lovchilaridir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga bo’linadi. Soliq munosabatlarida faqat soliq to’lovchilargina emas, soliq undiruvchi (soliqchi) ham qatnashadi. Soliq obyekti-soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot, yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Obyekt doimo subyekt bilan bog’liq, subyektniki bo’ladi. Soliq manbai-bu subyektning daromadidir. Bazi soliqlarda daromad va foyda ham soliq obyekti, ham soliq manbai bo’ladi. Soliqqa tortish birligi-bu yerda obyektning o’lchov birligi. Bu daromad solig’ida so’m, yer solig’ida kv.metr, suv solig’iga kub metr va boshqalar kiradi. Soliq stavkasi-obyekting xar birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan meyoridir, yani davlatning obyektdagi ulushi, xissasidir. Soliq og’irligi- to’lovchining hamma soliqlar va yig’imlar yig’indisini budjetga to’lashidir. Soliq og’irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma ham soliq og’irligini ifodalaydi deyiladi. Ammo soliq og’irligi aniq to’lovchining daromadiga nisbatan jami to’lagan soliqlari va to’lovlari salmog’idir. Soliq stavkalarining tu’rlari-O’zbekiston soliq qonunchiligi qilinmoqda, shuningdek, regressiv Stavka ham 1995 yildan boshlab kuchga kirgan va o’sha yili tugab ketgan. 2002 yildan boshlab yuridik shaxlarning daromad solig’i, mol-mulk solig’ida proporsional – regressive stavkalar qo’llana bolshlandi. Proporsional soliq stavkasida obyekt qanday bo’lishidan qatiy nazar, bir xil ulushdagi (proporsiyada) soliq to’lanadi. Masalan QQS bo’yicha asosiy mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga 20% li Stavka belgilangan bo’lsa, oborot 10 000 so’m bo’lsa ham 20%, 100 000 bo’lsa ham 20%, 1 000 000 bo’lsa ham 20% soliq to’lanadi yoki ekologiya solig’ida to’liq tannarx xarajati qanday bo’lishidan qatiy nazar byudjetga bir xil bo’lishini belgilaydi, davlatning soliq obyektidagi xissasi o’zgarmaydi. Progressiv soliq stavkasida esa daromad, obyekt ko’payishi bilan soliq stavkasi ham oshib boradi. Bu bizning soliq qonunchiligimizda faqat fuqarolarning daromad solig’ida qollaniladi. Regressiv soliq stavkasida daromad (yoki boshqa obyekt) oshib borishi bilan soliq stavkasi kamayib borib, daromad yoki maxsulot ko’plab ishlab chiqarishni talab qiladi. Chetga eksport tovarlar ishlab chiqarib, qatiy valyutalarda tushumga erishganlar iqtisodiy qiziqtiriladi, yani soliqlari kamaytirilgan stavkada to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |