Mavzu: O`zbekistonda pillachilik sohalarining rivojlanishi mundarija kirish


Tabiiy sharoyitidan kelib chiqib plantatsiyalar hududini kengaytirish



Download 1,44 Mb.
bet7/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#642405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nominov Abdusalim 220-guruh KURS ISHI

2.2.Tabiiy sharoyitidan kelib chiqib plantatsiyalar hududini kengaytirish

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida ipak qurti ozuqasi maydonlarini kengaytirish, tut plantatsiyalarini kengaytirish borasida istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Hakimov, Ipakchilik ilmiy - tadqiqot instituti, O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy- tadqiqot instituti olimlari, fermerlar ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 29 martdagi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizim istiqbolini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko‘ra, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta'minlash bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur chora-tadbirlar doirasida ozuqa bazasini shakllantirish ham uyushmaning eng muhim yumushlaridan biridir. Shu bois kuz-bahor mavsumida Xitoydan ko‘p miqdorda tut ko‘chatlari keltirilishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik olimlar yaratgan yangi navlarni ham keng ommalashtirishning istiqbolli jihatlari o‘rganilmoqda. “Biz bir necha yildan buyon yangi tut navini yaratish borasida izlanishlar olib borayapmiz”,-deydi Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi “Ipak” fermer xo‘jaligi rahbari Abdufattoh Musurmonqulov.-Olib borilgan 13 yillik ilmiy va 6 yillik amaliy izlanishlar samarasida “O‘zbekiston duragayi” navi ko‘paytirilmoqda. Ushbu serhosil nav odatdagi navlarga nisbatan qariyb o‘n barobar ko‘p hosil beradi”.Yig‘ilishda mazkur navdan tut ko‘chatlarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaliklarida mavjud tut ko‘chatlarining sifati va sonini aniqlash borasida vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida ishchi guruhi tuzildi. Ular o‘rmonlik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan tut ko‘chatlarining holati, ularning yaroqlilik darajasi va sifatini o‘rganib, tegishli xulosani beradi. Bu esa yaqin kunlarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik borasida memorandum imzolanishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda ipakchilikni rivojlantirish, aholining tabiiy matolarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bunday mahsulotlar bilan ichki bozorni to‘ldirish, uning eksportini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 2-3-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida bo‘sh turgan binolarda yangi korxonalar tashkil etish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida bildirgan taklifidan kelib chiqib, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashabbusi bilan “Andijon silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona va Xitoyning “Tongxing Juncheng” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan “Andijon silk" korxonasi qurilishi loyihasi va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. 
2017-2021-yillarda amalga oshiriladigan mazkur loyiha doirasida 6 million dollar miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan Andijon tumanidagi “Oqyor-XXI asr” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidan 2,5 gektar yer va foydalanilmay turgan binolar nol qiymatda ajratib berildi.
Kelgusi yilning boshida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu korxona tacarrufida tut plantatsiyalari, shuningdek, zamonaviy va ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida maxsus qurt boqish, pillani qayta ishlash, ipak o‘rash, ipak xomashyosi ishlab chiqarish, ipak eshish va tikuv sexlari barpo etiladi. Ya’ni, shu yerning o‘zida momiqdan ko‘rpa, to‘shak, yostiq, ipakdan turli kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, qariyb mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, dastlabki yili 3,5 million dollar, 2021-yilga borib 12 million dollar qiymatidagi mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. 
Fermerlar, pillachilik sohasi mutaxassislari, quruvchilar, keng jamoatchilik vakillari va xitoylik hamkorlar qatnashgan tadbirda nuroniylar duosi bilan ramziy qoziq qoqilib, qurilish ishlari boshlandi. Yil oxiriga qadar korxonaning birinchi liniyasi qurilib, foydalanishga topshiriladi.
Tadbir ishtirokchilari Marhamat tumanidagi “Ipak” fermer xo‘jaligida yangi tut navidan barpo etilgan plantatsiyalarda bo‘lib, mahalliy iqlim sharoitiga mos, serhosil va to‘yimli yangi nav bilan tanishdi.
– “O‘zbekiston duragayi” deb nomlangan ushbu yangi nav ko‘p yillik ilmiy va amaliy ishlarimiz samarasidir, – deydi “Ipak” fermer xo‘jaligi rahbari Abdupatto Musurmonqulov. – Mahalliy sharoitga mos, to‘yimli ushbu tut mavjud navlarga nisbatan o‘n barobar ko‘p hosil beradi.
Tadbirda ipak qurti ozuqasi bo‘lgan tutchilikni rivojlantirish, yiliga ikki marta hosil olish imkonini beruvchi yangi navlar asosida barpo etilayotgan tut plantatsiyalarini kengaytirish, bu boradagi ilg‘or texnologiyalar va ish tajribasini ommalashtirish, umuman, pillachilik sohasi rivojini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr almashildi. Xitoylik mutaxassislar o‘z tavsiyalarini so‘zlab berdi. 

Pilla vazni bilan ipak tolasi ingichkaligi o'rtasidagi salbiy korrelatsiyani o'zgartirish muammosi ustida izlanishlar olib borib, miqdor belgilari orasidagi korrelatsiyaning bog'lanishni nazariy asoslarini quyidagicha tahlil etadilar. Tirik organizmlarning sifat va miqdor belgilari o'zgaruvchanlik va irsiylanish seleksiya ishining nazariy va arnaliy asosi ham shu ikkala xususiyatga borib taqaladi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish