Mavzu: O`zbekistonda pillachilik sohalarining rivojlanishi mundarija kirish



Download 1,44 Mb.
bet3/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#642405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nominov Abdusalim 220-guruh KURS ISHI

Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 ta bob 6 ta reja xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.BOB. O`ZBEKISTONDA PILLACHILIK SOHALARINING RIVOJLANISHI, ISTIQBOLI VA PILLACHIKNI RIVOJLANISHI UCHUN QILINAYOTGAN ISHLAR.
1.1.Pillachilik sohasini rivojlanish tarixi
Pillachilik — ipak qurti boqish , pilla yetishtirish majmui, qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xomashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlari dan biri. Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish, tutning yangi navlarini yaratish, ipak qurtining zotlari va durapillalarni yaratish, naslchilik ishlari , ipak qurti boqib, uning tuxumini yetishtirish, ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash, pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga mos keltirib korxonalarga topshirish, pillani dastlabki qayta ishlash va bosh qalarni o'zichiga qamrab oladi .
Oʻzbekistonda tut ipakqurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻzichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipakqurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipakqurti juda qadimdan boqiladi. Ayrim ma ʼlu motlarga koʻra, ipak qurti boqish milodiy 4-asrda Xitoydan Oʻ rta Osiyoga tarqalgan. 1913-yilda Oʻ zbekistonda 4 ming tonnage yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan . 1922-yilda Toshkentda "Turkipak" aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. 1927-yil Toshkent ipakchilik asatsatsiyasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik i ilmiy tadqiqot institute (1991-yildan Oʻzbekiston ipakchilik instituti) tashkil etildi. 1930-yillarda tut koʻchati yetishtirishga aloxida eʼtibor berila boshlandi. 1940—90-yillarda Pillachilikda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi, pilla yetishtirish deyarli 3 baravarga koʻpaydi. 1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib boriladi. Respublikada Pillachilik tarmogʻida 13 hududiy (viloyat) "Pilla" aksiyadorlik birlashmasi, 122 tuman "Pilla" aksiyadorlik jamiyatlari, tut urugʻi, niholi, koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan 10 shirkat xoʻjaligi, 3ta naslli urugʻchilik zavodi (Andijon, Samarqand, Fargʻona),13 pillachilik- tuxumchilik zavodi (Andijon, Asaka, Buxoro, Shahrisabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona, Qoʻqon, Urganch, Xoʻjaobod), 8 pillakashlik korxonalari (Toshkent "Tola", "Margʻilon ipagi", Fargʻona "Buyuk ipak yoʻli", Samarqand "Hujum", "Buxoro ipagi", "Namangan ipagi", "Buloqboshi ipagi", "Xorazm ipagi") aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. 2002-yilda Respublika Pillachilikda 21500 tonna tirik pilla , 8290,2 tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarildi , 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 million dona tut koʻchati yetish tirildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band.
Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻ zbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi. Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlabchiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi. Pillachilik Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Tabiiy ipak jahonda ishlabchiqariladigan toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5% ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak gazlamalarnin g texnika va maishiy turmushda keng qoʻllanilishi tufayli jahon bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda yuqori.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 30 martdagi "Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3 apreldagi "Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziyilmiy tadqiqot. institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik Ilmiy tadqiqot institutini oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi. Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni respublikadan chetga chiqarishga chek qoʻyildi. 1995-2000-yillarda Ipak sanoatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road" Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya (Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen" Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy (Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-yilda "Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush" (Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi" (Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi toʻqish fabrikasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish", "Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon) aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi ipak kurti pillasi yetishtirish hajmi boʻyicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan keyin 5-oʻrinda turadi. Tarmoq korxonalarida 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000-yilda 18,9 ming tonna pilla, Ipakchilik sanoati korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sunʼiy ipak tolalaridan gazlamalar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Yevropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlamalar ishlab chiqarish taraqqiy etgan.



O’zbekiston — ipakchilik sohasida boy tajriba, yuksak salohiyatga ega mamlakat. YUNESKO tomonidan o’zbek shoyi matolari — atlas va adras tayyorlashning qadimiy texnologiyasi nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish ro’yxatiga kiritilgani buning amaliy tasdig’i, dunyo hamjamiyatining yuksak e’tirofidir. Biroq keyingi paytda ipakchiligimiz dovrug’i pasayib, aholi orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq susaygan edi. Oqibatda pilla etishtirish, uni chuqur qayta ishlash va eksport qilish ko’rsatkichlari keskin tushib ketdi. Shunday paytda Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi qarori bilan tarkibida 210 ga yaqin korxona hamda tashkilotlarni birlashtirgan “O’zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgach, bamisoli ko’pdan buyon ko’milib qolgan buloq ko’zi ochilgandek bo’ldi.
Soha fidoyilarining e’tiroficha, 2017 yilda o’zbek pillachiligi tarixida yangi sahifa ochildi. Ya’ni ko’pchilikning tasavvuriga ham sig’magan ish — takroriy pilla yetishtirish muvaffaqiyatli yo’lga qo’yildi: mamlakatimiz bo’yicha ikki marta, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida esa hatto uch marta ipak qurti parvarishlanib, sanoatbop pilla olindi. Davlatimiz rahbari shu yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog’ida respublikamiz bo’yicha barpo etilgan 220 dan ortiq maxsus pilla etishtirish majmualaridan biri — Termiz tumanidagi “Inter Silk Pro” qo’shma korxonasiga qarashli pillaxona faoliyati bilan tanishar ekan, kelgusi besh yilda bunday pillaxonalarni 10 mingtaga, eksport hajmini esa yiliga 1 milliard AQSh dollariga etkazish haqida mutasaddilarga topshiriq berdi. Shunga muvofiq, mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Unga ko’ra, joriy yilning o’zida 1000 ta ana shunday ob’ektni bunyod qilish ishlari jadallashtirib yuborildi. Bunda respublikamizdagi mavjud 43 ming gektar tutzorlar uyushma tasarrufiga o’tkazilayotgani ayni muddao bo’ldi. Uning har besh gektarida bittadan innovatsion pilla etishtirish maskani barpo etilayapti. Ushbu pillaxonalarning afzalliklari ko’p. Ularda ipak qurti Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostida parvarishlanayotgani bois ozuqa sarfi 30 foizgacha kamayadi. Bargning qotib qolib, behuda yo’qotilishining oldi olinadi. Hududlar tabiiy-iqlim sharoiti inobatga olingan holda, imorati to’liq mahalliy xom ashyodan qurilgani tufayli esa iqtisodiy jihatdan tejamlidir. Yana bir muhim tomoni, bahorda issiq, yozda salqin bo’lishi hisobiga energiya resurslari sarfi o’ta kamdir. Eng asosiysi, mazkur usulda sun’iy dastadan foydalanilishi tufayli jahon standartlariga mos, yuqori sifatli pilla olinadi.
Hozirgi kunda Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida xorijning nufuzli kompaniyalari ko’magida beshta zamonaviy urug’chilik korxonasi ishga tushirilish arafasida. Ular tomonidan kelgusi yilning o’zida 100 ming quti ipak qurti urug’i etkazib beriladi. Bu ko’rsatkich yil sayin ortishi import hajmini bosqichma-bosqich kamaytirishga, 2021 yildan e’tiboran ichki ehtiyojni to’liq ta’minlashga olib keladi.
Yaqinda Angor tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Huashen Silkworm Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham ipak qurti etishtirishga ixtisoslashtirilgan. Uning loyihaviy quvvati 100 ming quti yuqori sifatli urug’lik etkazib berishga mo’ljallangan. Korxonaning foydalanishga topshirilgan dastlabki bosqichida 11,5 ming quti ipak qurti urug’ini tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Kelgusi yilda jamiyat quvvati oshirilib, Surxondaryo viloyatining ipak qurti urug’iga bo’lgan talabi to’liq ta’minlanadi.Amaliyotga tatbiq qilingan yangi tizim asosida urug’chilik zavodlari mutaxassislari endilikda fermer xo’jaliklari hamda kasanachilar bilan mustahkam aloqa o’rnatib, mavsum davomida ipak qurtlarining yashovchanligi, ularning rivojlanishini muntazam monitoring qilib borishadi. Shu tariqa yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko’riladi. Bu esa pillachilarga sifatli mahalliy zot hamda duragaylarni to’liq etkazib berishda qo’l keladi.
Ipakchilik sohasida etakchi hisoblangan Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar investorlari bugun O’zbekistonga ishonchli hamkor sifatida qaramoqda. Buning asosiy sababi, pillachilik qisqa vaqt ichida mavsumiy tarmoqdan doimiyga aylantirilib, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganidir.
Gap shundaki, yurtimizda tarkibida kamida 4-5 ta korxonani birlashtirgan pillachilik-klasterlari yaratish sa’y-harakatlari allaqachon boshlab yuborildi. Ularda ipak qurti ozuqasini etishtirishdan tortib, pilla olish, ipak yigirish, mato to’qish va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan barcha bosqich qamrab olinadi. Shu bilan birga, foydalanishga topshirilayotgan pillachilik majmualari qoshida parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik hamda quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyati paydo bo’layapti. Jahon bozorida bir kilogramm ipakning bahosi 38 — 40 AQSh dollariga teng. Agar u kalava qilinsa, narxi 55 dollargacha ortadi. Undan mato to’qib, kiyim-kechak tikib sotilsa, daromad 3 barobar ko’payadi. Vaholonki, ipak kalavasining har bir kilogrammidan 11 metrgacha mato to’qiladi.
Xuddi shuningdek, gilamchilikni rivojlantirish ham koni foyda. Masalan, bitta gilam to’qish uchun o’rtacha 10 kilogramm ipak kalavasi kerak, xolos. Shu hisobda, ipak ip uchun 500 — 600 dollar atrofida mablag’ sarflanadi. Gilam tayyor bo’lgach, uning bahosi 10 marotaba oshib ketadi! Tarmoqda yuz berayotgan yangilanishlar, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar innovatsion loyihalar ijrosiga ham keng yo’l ochib, noan’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda rag’batlantiruvchi omilga aylangan. Negaki, ilgari pillachilikda faqat tola olingan bo’lsa, bugun ipak momig’i tayyorlanayapti. Tut bargidan shifobaxsh choy, ipak qurti g’umbagidan esa antiqa yog’ ishlab chiqarilish arafasida ekanligi tahsinga loyiq. Mutaxassislarning qayd etishicha, bir litr g’umbak yog’i jahon bozorida 200 dollar atrofida baholanadi. Biroq shu paytgacha g’umbakning har kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalariga ozuqa sifatida 3-4 ming so’mga sotilgan, xolos.
Farmakologiya va kosmetologiya sanoatining muhim xom ashyosi sanalgan g’umbak yog’iga tashqi bozorda talab g’oyat yuqori. U xushro’ylashtiruvchi sovun hamda shampunlar, shuningdek, malham va surtmalar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bunday vositalar jarrohlikdan keyin qolgan chandiqlarni yo’qotish, soch to’kilishining oldini olish xususiyatiga egaligi bilan alohida qadrlanadi.

Bugungi kunda g’umbak yog’i korxonasi uchun zarur uskunalar Xitoy kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvga ko’ra, yurtimizga keltirilmoqda. Buxoroda faoliyat boshlaydigan yana bir korxonada esa tut bargidan ekologik toza choy ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar Xitoydan keltirilgan bo’lsa, hademay, O’zbekiston uni eksport qiluvchilar safidan joy oladi.
Mamlakatimizda tutchoy ishlab chiqarish tabiiy imkoniyati nihoyatda katta. Chunki tutzorlarning har gektaridan 52,5 tonnadan tut bargi yig’ib olish mumkin. Buyuk Ipak yo’lida joylashgan O’zbekiston ipakchiligi ko’p asrlik tarixga ega. Bugun azaliy an’analar yanada sayqallanib, milliy iftixorimizga aylangan matolar sanoat usulida ishlab chiqarilayotir. Axir xom ashyoning serobligi qayta ishlash quvvatlarini oshirishni taqozo qilayapti. Keyingi paytda ipak yigirish va mato to’qishga ixtisoslashtirilgan ko’plab loyihalar amalga oshirilayotganining boisi shunda. Darhaqiqat, ayni paytda Andijon, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ana shunday korxonalar barpo etilmoqda. “Andijon silk” shulardan biri bo’lib, bu erda joriy yilning may oyida dastlabki mahsulot tayyorlanadi. Mingdan ortiq ish o’rinlari yaratiladigan mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt tasarrufida maxsus qurtxona, quruq pillani qayta ishlash, ipak o’rash, yigiruv hamda tikuv tsexlari faoliyat ko’rsatadi. Buning evaziga ipakli matolardan kiyim-kechaklar, shuningdek, ipak momig’idan ko’rpa, yostiq, to’shaklar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning asosiy qismi eksport qilinishi ko’zda tutilgan. Ya’ni birinchi yil 3,5 million, ikkinchi yilda esa 12 million dollarlik xalq iste’moli mollari tashqi bozorga jo’natiladi.
Yangi quvvatlarni barpo etishda “Buxoro brilliant silk” korxonasi tajriba maydoni vazifasini o’tayotgani bilan ahamiyatlidir. Negaki, tashqi bozordan mustahkam joy egallagan mazkur korxona o’zbek ipakchiligi shuhratini yoyishda katta rol o’ynayapti. O’tgan yili Hindiston, Eron, Turkiya, Vetnam va boshqa mamlakatlarga 2,5 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingani, joriy yilda bu ko’rsatkich 3,5 million dollarga etkazilishi mo’ljallanayotgani bunga asos bo’la oladi.Korxonaning “Yulduzlar”, “Bahor”, “Binafsha”, “Nastarin”, “Atirgul”, “Yomg’ir”, “Kamalak” deya nomlangan tabiiy matolari esa ichki bozorda ham xaridorgir. Ular rangining yorqinligi, suv hamda quyosh nuriga chidamliligi, har qanday iqlimga mosligi bilan barchaga manzur bo’lmoqda. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish