Mavzu: O`zbekistonda pillachilik sohalarining rivojlanishi mundarija kirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV



Download 1,44 Mb.
bet9/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#642405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nominov Abdusalim 220-guruh KURS ISHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 
Toshkent shahri, 2017-yil 29-mart


O‘zbekistonda pillachilik sohasi qadim tarixiy va o‘zining ko‘p asrlik an’analariga ega.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrlardan boshlab pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini va uning turlarini kengaytirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Yurtimizdagi qulay tabiiy-iqlim sharoitlari ipak ishlab chiqarish sohasidagi boy madaniy-tarixiy merosni munosib davom ettirish va respublikamiz hududlarida pillachilikni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Bugungi kunda mavjud 80 million tup tut qatorlari va 51 ming gektar maydondagi tutzorlardagi mavjud ozuqa bazasi hisobiga yiliga 450 ming qutidan ortiq ipak qurti parvarishlanib, 26 ming tonna pilla yetishtirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, kimyo sanoatining jadal rivojlanishi, sun’iy va sintetik tola ishlab chiqarish hajmlarining ortishi jahon bozorida tabiiy ipak mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keldi.
Pillani qayta ishlash korxonalari mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan manfaatdordir.
Tahliliy natijalar bugungi kunda ipak qurti urug‘i yetishtirishga ixtisoslashgan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirganligi va modernizatsiya qilinmaganligini ko‘rsatmoqda. Sohaga tizimli yondashuv va muvofiqlashtirishning yetarli darajada emasligi oqibatida mazkur korxonalar mamlakatimizdagi ipak qurti urug‘iga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlamayapti. Vujudga kelgan ipak qurti urug‘i yetishmovchiligi o‘rnini qoplash uchun har yili 230-250 ming quti ipak qurti respublikamizga import qilinmoqda va bu tarmoq korxonalari ehtiyojining 50 foizini tashkil etmoqda. 
Mavjud tutzorlardan foydalanish, ularni saqlab qolish va mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan, ozuqa qiymati yuqori bo‘lgan tut ko‘chatlarini ekish talab darajasida tashkil etilmaganligi, tut plantatsiyalarida tegishli agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilmasligi tutzorlardagi, dala va yo‘l chetlaridagi tut tup sonlari va hosildorligining yil sayin pasayib borishiga sabab bo‘lmoqda. 
Bundan tashqari, hududlarda ipak qurtining aholi xonadonlarida boqilishi bir qator noqulayliklar tug‘dirib, mavsumdan keyin pilla boqilgan xonalarni ta’mirlash aholi uchun sezilarli darajada moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Xonadonlarda pilla boqish uchun zarur sharoitlarning yetarli emasligi ham yuqori sifatli va kutilgan pilla hosilini olish imkonini bermaydi.
Shuningdek, pillakorlarning yetarli darajada va o‘z vaqtida moddiy rag‘batlantirilmasligi ularning pilla boqishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmoqda. 
Pillani qabul qilish va unga birlamchi ishlov berish ishlari hanuzgacha ma’naviy eskirgan va katta xarajat talab qiladigan uskunalar bilan jihozlangan tuman “Pilla” korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularga yetarli miqdorda xo‘jaliklar biriktirilmagani oqibatida ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish korxonalari naslli pilla bilan to‘liq hajmda ta’minlanmayapti.
Pilla xomashyosi yetarli hajmda ishlab chiqarilmayotganligi aksariyat pillani qayta ishlash va ipakchilik korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlamasdan, yiliga 4-5 oylab faoliyatini to‘xtatib qo‘yishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, sanoatbop pilla xomashyosini yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot bilan jahon bozoriga chiqish va sohaning eksport imkoniyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda. 
Tarmoqda mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq tijorat banklari ishtirokida ta’sis etiladigan, o‘ziga ma’lum xo‘jalik zonalari biriktiriladigan, hududlarda pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan beshta mintaqaviy jamiyatdan iborat “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilmoqda.
Shu bilan bir qatorda hududiy va tuman “Agropilla” korxonalarini tashkil etish, ular zimmasiga sifatli ipak qurti urug‘ini pillachilik bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar va tashkilotlarga tarqatish, ipak qurtini parvarishlash va pilla yetishtirish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish, pilla yetishtirish jarayonini monitoring qilish, pillani yig‘ish va tayyorlashni amalga oshirish kabi vazifalarni yuklash ko‘zda tutilmoqda.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari sifatida tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash uchun sug‘oriladigan yer maydonlarini taqdim etish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, tut plantatsiyalari qoshida va tut oralarida ikkilamchi faoliyatni, jumladan, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda sotish belgilangan.
Qarorda sifatli ipak qurti urug‘i va pilla xomashyosi yetishtirish, unga birlamchi ishlov berish, ipak ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali pillani chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tizimli yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan . 
2017-2021-yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida qarorga muvofiq pillaga birlamchi ishlov berish tizimini takomillashtirish, sifat menejmentining zamonaviy usullari, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirish, oliy ta’lim muassasalarida pillachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun Ishchi guruh tuzildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatganidek, pilla yetishtirish o‘ziga xos faoliyat turi bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishish tarmoqda mehnat qilayotgan ishchilar tajribasi va moddiy manfaatdorligiga bog‘liq. Qarorda pillachilik sohasi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, modernizatsiya qilish, ozuqa bazasini va pilla yetishtirishni ko‘paytirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida 2023-yil 1-yanvargacha korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari)dan ozod qilinishi, kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi alohida belgilab qo‘yilgan. 
Ushbu imtiyozlar bir tomondan pillachilik sohasi, ipak qurti urug‘i va pilla yetishtiruvchilar, ikkinchi tomondan pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun katta imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Pilla yetishtirish bilan band aholining moddiy manfaatdorligi kuchayadi. 
Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi pillachilik tarmog‘ining barcha jihatlarini qamrab oladigan hamda uning jadal rivojlanishini ta’minlaydigan yaxlit boshqaruv tizimini yaratish imkonini beradi. 
Ozuqa bazasining mustahkamlanishi va kengayishi, pilla yetishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar ko‘p hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut ko‘chatlarining olib kelinishi pilla yetishtirish hajmlarini 35 ming tonnaga (135 foizga) oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2021-yilga borib umumiy yetishtirilgan pilla hajmida pillani qayta ishlash ulushi 50 foizgacha oshiriladi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahsulot eksporti hisobidan valyuta mablag‘lari tushumi ortadi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish