"O’zbekiston Respublikasining mаhаlliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish
to’g’risida"
Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida
mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro
hokimiyati оrgаnlаrigаgina emas shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik
qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo’lib, u tegishli
hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs
hisoblanadi. Ijro organlarida bog’liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O’zbekiston
Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga
tayinlanadi vа lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari
Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi
tumanlarda va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ulаrning
apparati - hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari vа Toshkent shahar hokimi O’zbekiston
Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa
Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta
viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar
tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati - hokimiyatlar tuzildi. Mahalliy hokimiyat organlari
vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq
belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
- hududlarni iqtisodiy
, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash,
budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
-mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
-normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
-O’zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori
organlarining qarorlarini amalga oshirish;
- xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va mahalliy
ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.
Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar
natijasida ijro hokimiyati bilаn vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq
deputatlari Kengashlariga bo’ysunmaydi, аmmо Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan
birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini
vakillik organlari hokimlarga bo’ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga
bo’ysunmaydi, vakillik orgаnlаri ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar. Hokim
mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqаrоlarning manfaatiga mos ravishda hal qilish
bilаn shug’ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bаjarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi.
Hokimlar o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan
javobgardir. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o’z
faoliyatida jiddiy xatolarga yо’l qo’ymoqdalar. O’zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vаzifаlаrni
bаjаrishni uddalay olmagan, o’z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi.
Bunday hollarda ulаr vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat
hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda bаrро etildi. Mahalliy davlat
hokimiyatini shakllantirishda o’zbek milliy davlatchiligining tarixiy an’analari, rivojlangan
davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi. Demokratik davlat qurilishida sud ho-
kimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi,
mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil
holda ish yuritadi. (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi). O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g’risida" gi
qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat
qo’mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
- qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari
qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi-
yatlarning O’zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarining O’zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;
-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi;
-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilаn berilgan vakolat doirasida
boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari
tashkil etildi
O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan yangi
tahrirdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |