Mavzu. O’zbekistonda huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana21.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#396543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu amaliy.O\'z.r

"Sudlar to’g’risida" va 

2001- yil 29- avgustda qabul qilingan 



"Jinoiy jazolarni 

liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-

protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirishlar 

va qo’shimchalar kiritish haqida" gi 

qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud 

ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud 

himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga 

e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha 

fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Muxtasar 

aytganda, O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik-Respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. 

Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat 

yuritmoqda. 



Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan 

keng ko‘lamli islohotlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasi huquqiy maqomi va 

faoliyatinini demokratlashtirish, uning mas’uliyati va mustaqilligini kuchaytirish markaziy o‘rin 

egallaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy 

prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi 

prinsipiga asoslanadi. 

Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda 

tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga 

bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil 

takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 

yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, 

Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-

moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham 

konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba 

modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi. 

Qisqacha qilib aytganda, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan 98-

moddasining 1992 yilgi tahriri 6 qismdan iborat bo‘lib, unda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik qilishi ruhi sezilib turardi. 2003 yildagi yangi 

tahririda ushbu 6 qism jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi, shu bilan birga yangi 4 ta qism bilan 

to‘ldirildi (jami 9 ta qism, 1993 yilgi tahrirdagi ayrim qismlar birlashgan). 2003 yilda 98-

moddada ilk marotaba Bosh vazirning roli mustahkamlanib, u konstitutsiyaviy-huquqiy 

maqomga ega bo‘ldi. 98-moddaning 2003 yilgi yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining huquqiy 

maqomini (ijro hokimiyatini amalga oshirishi, tarkibiga kimlar kirishi belgilandi), Bosh 

vazirning huquqiy maqomini (Bosh vazir nomzodi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis 

palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi) va vakolatlarini (Vazirlar Mahkamasining 

a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim etish; Vazirlar 

Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi va unga rahbarlik qilishi, uning samarali ishlashi uchun 

shaxsan javobgar bo‘lishi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilishi, uning qarorlarini 

imzolashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rishi) belgilab berdi, shuningdek, 

eng muhimi Bosh vazir va Prezident o‘rtasida ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi vakolatlar 

taqsimotini (Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi 

vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi 

qarorlari va farmoyishlarini,O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga 

haqli ekanligi) mustahamladi. 

Konstitutsiya 98-moddasining 2011 yildagi yangi tahriri esa, 15 qismdan (7 ta yangi qismlar kiritildi) 

iborat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huquqiy holatini sezilarli darajada o‘zgartirdi. 98-moddaning 2011 

yildagi yangi tahririning eng muhim va asosiy, davlat boshqaruvini demokratlashtirishda muhim omil 




bo‘lib xizmat qilgan quyidagi ikkita yangiligini qayd etish lozim: birinchidan, ilgari O‘zbekiston 

Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqilar va tasdiqlanar edi. 2011 yilda esa, 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish tartibi butunlay demokratik mazmun kasb 

etdi, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng 

miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan 

taklif etiladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bosh vazirga 

nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish vakolati hamda uni amalga oshirish tartib-taomillari 

konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yildi. 

Nihoyat Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014 yilda ham yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda 

98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga keldi. 98-moddaning 2014 yildagi yangi 

tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi. 

Birinchi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlari tizimlashtirildi va aniqlashtirildi, uning 6 ta vakolati 

bandlarda aniq-ravshan etib ifodalandi. Muqaddam 98-moddaning 2011 yilgi tahririda uning 

atigi 2 ta vakolati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 6 taga yetdi. Xususan, 

Vazirlar Mahkamasi ilgari faqatgina iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali 

faoliyatiga rahbarlik qilishi belgilangan bo‘lsa endilikda ushbu sohalar moliyaviy, pul-kredit 

siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy 

sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga 

oshirilishi uchun javobgar bo‘lishi bilan to‘ldirildi. Shuningdek, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy 

va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni 

amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, 

ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim 

masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish kabi yangi vakolat va vazifalar belgilandi. 

Ikkinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” qaror va 

farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy normalar doirasida va 

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi belgilandi. 

Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ustuvorlik 

o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti oldida etib belgilandi. 

To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilgach, 

Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar hukumat qanday faoliyat 

yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar 

Mahkamasi uning yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga 

muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi. 

Beshinchi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifalari tizimlashtirilib, uning 4 ta asosiy 

vazifasi belgilab berildi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

nomidan ish ko‘rgan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolatni amalga oshirish uchun “O‘zbekiston 




Respublikasi Prezidentining topshirig‘i” shart bo‘lmaydi, ya’ni Bosh vazirning mustaqilligi 

mustahkamlanib, u ushbu vakolatni mustaqil amalga oshirishi ko‘zda tutildi. 

Oltinchi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning 

nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga 

va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etishi tartibi joriy etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi, unda belgilangan ijro hokimiyatini 

tashkil etishning demokratik prinsip va qoidalari amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan 

va sezilarli darajada boyitilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

to‘g‘risida”gi Qonuni 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003 yildan 

2017 yilga qadar ushbu Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007, 

2008, 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016 yil). Bularning barchasi o‘z 

navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyati mustaqillik yillarida 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar asosida izchil 

takomillashib kelayotganligidan dalolat bermoqda. 

Qolaversa, Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan Vazirlar Mahkamasining vakolatlari 

tarmoq qonun hujjatlarida rivojlantirilgan. Xususan, amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy-iqtisodiy sohada juda keng doiradagi vakolatlar 

berilgan. Xususan, Qonun hujjatlari tahlili ularning deyarli barchasida O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining tegishli sohadagi vakolatlariga alohida modda bag‘ishlanganligini 

ko‘rsatmoqda. Masalan, 2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori vositalari va 

farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda Vazirlar Mahkamasining 4 ta vakolati (5-modda), 

2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda 7 ta vakolati (7-

modda), 2016 yil 19 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza 

qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 21 

sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan 

foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 22 sentyabrda yangi 

tahrirda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda 8 ta vakolati             

(7-modda)  belgilab qo‘yilgan. 

Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda ijro 

etuvchi hokimiyatni amalga oshirib, mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada 

samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy maqomini belgilab berdi hamda mamlakatimizda 

ijro hokimiyati tizimini izchil isloh etish va yanada demokratlashtirish va modernizatsiya etishda 

mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy 

konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning 

siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida 

mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi. 

Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, 

fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la 

ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini 

erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va 




amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish 

va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud 

bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni 

ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol 

o’ynaydi. 

Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun 

partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish