mafkura egasi va uning targ’ibotchisi
hisoblanadi;
- siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat,
tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;
-
siyosiy partiyaning maqsadi
– o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy
maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida
ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi;
- har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar
davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa,
saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya
a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi
ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy
tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy
yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini
shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla
boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi.
Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini
bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi
va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali
tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va
yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning
boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib,
uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga
daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi
harakatlari shundan dalolat berardi (
qarang Jadidchilik).
Lekin ularning intilishlariga chor
hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha
boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib
ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy
tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (
qarang "Milliy
ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik
partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va
faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya
(Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi,
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi,
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy
partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dek.),
Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996-yil 26 dek.),
boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar
tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp.
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish,
partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi
boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin
konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston
Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va
erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi;
xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish
va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston
Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi
shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy
xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi
boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat
yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul
qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu
jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga
birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy
partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni
tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat
hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan
oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik
organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy
partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini
toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil
ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX
asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va
asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va
mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy
institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj
sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat
notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik
jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti
I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi.
o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy
asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati
barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish
fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va
jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha
qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga
joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan
bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni
bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun,
avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy
sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik
o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy
yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).
Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo
bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat
qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning
emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin.
Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular
bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan
farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi
bo’lishi mumkin.
Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat
tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning
qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga
ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana
shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar
manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.
Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning
tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar
guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim
o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari,
jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar
guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu
tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan
keng ommalashdi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy
u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat
tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini
qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi
natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini
boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida
ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni
ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan,
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy,
mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir.
Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat
yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun
yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va
boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki.
Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.).
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan
farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar.
Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu
sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat
usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy
arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun
tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat
tashkilotlar,
guruhlar
, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay
turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning
maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan
bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb
ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga
ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan
manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda
qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u
yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga
ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy
funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning
alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir.
Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi,
biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat
dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy
jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq
etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish
(munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida
ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va
muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta
oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari
ko’riladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir
tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat
organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va
muvofiqlashuv ro’y beradi.
Manfaatlar guruhlarining yana bir funkosyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka
birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida
faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini
yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy
kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati:
siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).
Manfaatlar guruhlarning yana bir funksiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda
qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek,
manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy
madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok
etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita
shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi
munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini
ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining
o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv
imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar,
individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy,
demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat,
konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega
bo’ladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy
birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning
o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy
institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va
mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy
institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj
sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat
notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik
jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti
I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi.
o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy
asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati
barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish
fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va
jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha
qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga
joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan
bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni
bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun,
avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy
sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik
o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy
yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).
Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo
bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat
qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning
emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin.
Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular
bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan
farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi
bo’lishi mumkin.
Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat
tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning
qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga
ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana
shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar
manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.
Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning
tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar
guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim
o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari,
jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar
guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu
tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan
keng ommalashdi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy
uyshmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat
tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini
qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi
natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini
boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida
ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni
ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan,
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy,
mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir.
Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat
yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun
yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va
boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan
farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar.
Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu
sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat
usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy
arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun
tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat
tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay
turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning
maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan
bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb
ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga
ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan
manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda
qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u
yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga
ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy
funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning
alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir.
Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi,
biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat
dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy
jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq
etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish
(munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida
ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va
muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta
oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari
ko’riladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir
tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat
organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va
muvofiqlashuv ro’y beradi.
Manfaatlar guruhlarining yana bir funkoiyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka
birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida
faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini
yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy
kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati:
siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).
Manfaatlar guruhlarning yana bir funkoiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda
qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek,
manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy
madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok
etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita
shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi
munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini
ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy manfaatlar deb
, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining
o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv
imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar,
individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy,
demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat,
konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega
bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida
bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini
hisoblangan jamoat tashkilotlarini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini mustahkamlash va oshirish
borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Zero, islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati va samarasi ko’p jihatdan
jamoatchilikning ishtirokiga bog’liq, shu jihatdan, uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy
institutlarga, xususan, jamoat tashkilotlariga muhim o’rin beriladi. Binobarin, samarali faoliyat
yuritadigan jamoat tashkilotlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi
eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi
mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |