Respublika - Respublika – (lotincha “res” – ish, faoliyat va “publikus” – jamoatchilik faoliyati) – davlatni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir. Boshqarishning Respublika shakli o‘rnatilgan mamlakatlarda davlat xokimiyatining oliy organlari muayyan muddatga saylanib qo‘yiladi.
- Tarixda Respublikaning har xil turlari bo‘lgan. Qadimgi yunonistonda va o‘rta asrlar davrida, ayrim davlatlar boshqarish shakliga ko‘ra, aristokratik yoki demokratik respublika shaklida bo‘lgan. XIX-XX asrlarga kelib, respublika davlatini boshqarishning eng keng tarqalgan shakliga aylandi. Hozirgi davrda respublikaning uchta asosiy turi mavjud: Prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika va aralash respublika.
Do'stlaringiz bilan baham: |