- Umumxalq referendumi natijalariga binoan, Oliy Majlisning VIII sessiyasida, 2003- yil 24-aprelda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
- Mazkur konstitutsiyaviy qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX va XXIII boblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Prezident vakolatlarining bir qismi, birinchi navbatda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlaming rahbarlarini, chet ellar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillari tayinlash va tasdiqlash masalalari, amnistiya e’lon qilish vakolati Oliy Majlisning Senatiga o‘tkazildi.
- 89-moddaning quyidagi: “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, degan 2-xatboshisi olib tashlandi.
- 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |