Referendum - Referendum – (lotincha “referendum” – e’lon qilinishi lozim bo‘lgan xabar) jamiyatni demokratik boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan tadbirlardan biri, ba’zi muhim masalalarni umumxalq ovoziga, umumxalq so‘roviga, xalq muhokamasiga qo‘yib hal etish.
- Referendumni davlatning oliy organi o‘tkazadi. Referendum – jamiyatni demokratik asosida boshqarishni ta’min etishga erishishi uchun olib boriladigan ko‘pchilik kurashida erishilgan yutuqlardan biri.
- Referendum shakllari uch xil bo‘ladi: 1) umummilliy referendum – butun mamlakat miqyosida o‘tkaziladi; 2) Mahalliy referendum – federativ davlat sub’ektlarida o‘tkaziladi. 3) Ma’muriy hududiy referendum esa hududiy birlikda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |