- Oliy Majlisni shakllantirish maqsadida 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
- 1993-yilning 28-dekabrida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
- O’zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublika siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis -yangi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
- Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etar ekanmiz, uni uchta asosiy davrga bo‘lish, mumkin.
- Birinchi davr – 1991 -1994 yillar, ikkinchi davr – 1995-2004 yillar uchinchi davr – 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |