- 2004-2005-yillar saylovlarida quyi palataga 4 ta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlardan 489 ta nomzod qo‘yilib, ular o‘rtasida halol kurash olib borildi.
- Navbatdagi 2009-yil 27-dekabrda boiib o‘tadigan saylovlarga qisman o‘zgartishlar kiritildi.
- Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun asosida Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari soni 120 dan 150 taga ko‘paytirildi
- 2009-yil 27-dekabr, 2010-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda 150 deputat saylandi. Ularning 135 tasi ko‘ppartiyaviylik asosida saylangan bo‘lsa, 15 tasi respublikada faoliyat yuritayotgan O’zbekiston Ekologik harakati oliy organi - konferensiyasida saylangan deputatlar edi.
- 2004-2005-yildagi Qonunchilik palatasi saylovlarida saylangan deputatlar tarkibining 18 foizini, 2009-2010-yilda o‘tkazilgan saylovlarda esa 22 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |