Ombudsman - 1997-yil aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi.
- Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy holatini aniq, ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir.
- Ushbu qonunda “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi”, deb ta’kidlangan.
- Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |