6-mavzu. Miqdoriy qonunlar davri Reja



Download 24,29 Kb.
bet1/3
Sana28.06.2022
Hajmi24,29 Kb.
#712401
  1   2   3
Bog'liq
2 5220114942459385351


6-mavzu. Miqdoriy qonunlar davri


Reja:



  1. XIX asr kimyosi. Miqdoriy qonunlar davri.

  2. Gazlarning hajmiy birikish qonunlari.

  3. Organik kimyo va kimyoviy nazariyalar.

  4. Elektroliz qonunlarining kashf qilinishi.

5. XIX va XX asrlarga kelib organik kimyoning rivojlanishi. Perkin va Bayerlarning ishlari.


Tayanchiboralar: Smola, mum, organikkime, mineralkime, izomer, zanjir, valentlik, kristall, kraxmal, ishqor, sellyuloza, metan, efir, etilen, atsetat, radikal.

XIX- asr boshiga kelib R. Boyl kimyoni alkimyo, yatrokimyo va flogiston nazariyalaridan ozod qilib “Tarkib-xossa”konsepsiyasi asosida uni urganishga kirishdi.Bu esa o‘z navbatida moddalarni sifatiy tekshirishlardan miqdoriy tekshirishlarga olib keldi.Shu vaqtga kelib -32ta kimyoviy element ma’lum bo‘lgan.Hamda moddalar massasining saqlanish qonuni taklif qilindi, suv va havoning tarkibi aniqlandi.


M.V.Lomonosov 1741-yilda atom-molekulyar ta’limotni quyidagicha ta’riflab berdi:
1.Moddalar korpuskulalardan (molekula) va elementlardan (atom) tashkil torgan.
2.Korpuskula va elementlar ma’lum hajm va og‘irliklarga ega.
3. .Korpuskula va element doimo harakatda bo‘ladi, shuning uchun ularning issiqligi, temperaturasi har xil bo‘ladi.
4.Harakatning saqlanish pinsipi bo‘ladi.Shuning uchun ular bir-biriga ta’sir qiladi.
5.Olov modda harakati natijasidir.R.Boylning metallarning og‘irliklari olovda qizdirilganda hosil bo‘ladi degan fikrni noto‘g‘ri deb, u havo hisobiga oshadi deydiyu
6.1748-yilda M.V.Lomonosov “Moddalar massasining saqlanish qonunini” taklif qildi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni-reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalarning massasi yig‘indisi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalarning massalarining yig‘indisiga teng deb ifodalanadi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoviy jarayonlarni borish xarakterini moddalarning tarkibi miqdoriy analizini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Ekvivalentlar qonunini1689-yilda Gomberg V. kislota, ishqor,tuzlarning o‘zaro ta’siri asosida o‘rgana boshlaydi.1768-yil G.Kavendish kislota va ishqorlar bir-biri bilan ekvivalent holda reaksiyaga kirishishini ko‘rsatdi.1777yil K. Venetsel kislato va asoslal bir – biri ma’lum bir nisbatda birikishini aytdi.Moddalar o‘zaro ma’lum massa miqdorlarida birikadi Masalan,49g slfat kislota 32,5 g. Rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g. Vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislotaning o‘rniga 36,5 g. Xlorid kislota olinsa ham o‘shancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning o‘rniga alyuminiy olsak, 1g.
Vodorod ajralib chiqishi uchun 9gr alyuminiy kerak bo‘ladi. Demak, kimyoviy jihatdan qaraganda 49 gr sulfat kislotaning «qiymati» 36,5 gr xlorid kislotaning «qiymatiga», 32,5 gr ruxning «qiymati» esa 9 gr alyuminiyning «qiymatiga» tengdir.
Murakkab moddaning bir ekvivalent(1 massa qism) vodorod yoki 1 ekvivalent (8 massa qism) kislorod bilan yoxud, umuman, boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishayotgan massa miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi.
Tarkibining doimiylik qonuni. Lomonosov 1741 yilda «Matematik kimyo elementlari» dissertatsiyasida birikmalar ,murakkab korpuskulalardan tuzulgan bo‘lib, atomlar esa o‘zaro va miqdoriy jihatdan bog‘langan bo‘ladi degan xulosaga keladi.Bu ishlarni fransuz kimyogarlari Prust va Bertolle davom etdirdi. 1779 y. «Misni aniqlash» asarida kimyoviy birikma tarkibining doimiyligi bilan xarakterlanadi deydi. SuO, . Su2O, FeS, FeS2 larni tadbiq qilib Su, Sn, Fe, S, So lar ikkitadan oksid, Zn esa bita oksid hosil qilishini aniqladi. Bular qayirda aniqlansa ham tarkibi bir xil bo‘lishi o‘rganildi va qonun yaratildi. Bu qonun: modda qanday usulda olinishidan qat’iy nazar tarkibi o‘zgarmas bo‘lib qoladi deb ifodalangan.
A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Shundan keyin : har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosa chiqarildi. Bu xulosa tarkibining doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‘g‘riligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etib kelindi. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertolle qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosa chiqardi.
J. L. Prust (1753-1826) Bertollening xulosalariga qarshi chiqib toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini aniqladi. Bu kurashlar ikki falsafiy oqim ya’ni Prust falsafasi – uzluklik prinsip va Bertolle falsafasi uzluksizlik prinsipi nomi bilan tarixga kirgan. Bu kurashda Prust g‘olib chiqadi va tarkibining doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflaydi: Har qanday quyi molekuyar birikma , o‘zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o‘zgarmas tarkibi bilan ifodalanadi.

Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish