Mavzu: O’SMIRLAR ORASIDA DEVIANT XULQNI KELTRIB CHIQARUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR.
|
|
Kirish
|
|
1- bob
|
O’smirlarda deviant xulqqa moyillikni o’rganishning nazariy asoslari va qonuniyatlari
|
|
1.1.
|
O’smirlardagi deviant xulq-atvorga moyillikning nazariy asoslari va kelib chiqish sabablari
|
|
1.2.
| O’smirlarda deviant xulq-atvor sabablari va omillari, profilaktikasi |
|
2- bob
|
Deviant xulqqa moyil bo’lgan o’smirlar bilan ishlash texnologiyalari va pedagogik-psixologik ishlar tahlili
|
|
2.1.
|
Deviant xulqqa moyil bo’lgan o’smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik-psixologik faoliyatni tashkil etish
|
|
2.2.
|
Deviant xulqqa moyil bo’lgan o’smirlar, o’qituvchilar va ota-onalar bilan tashkil etiladigan amaliy ishlar tahlili
|
|
|
Xulosa va tavsiyalar
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mustaqillik tufayli o’z taraqqiyot yo’lidan borayotgan O’zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo’layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan, ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan, muloqotning sir asrorlarini o’rgangan insonlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmokda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to’g’risidagi Qonun”dan ko’zlangan maqsad jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdan iborat. Ushbu muammoni hal etish ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib, mustaqil fikrlovchi raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarga bugungi kunda ehtiyoj katta.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda “ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat’iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda kelajak avlodni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagi uchun ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalarining asosiy vazifasidir.
O’smirlik davri o’zining betakrorligi, mustaqilligi, ijodiyligi, tanqidiyligi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa davrlardan ajralib turadi. SHuningdek, bu davr o’zining murakkabligi - o’smir shaxsida o’ziga, o’zgalarga nisbatan tanqidiylikni shakllanishi bilan ham bog’liqdir. Aynan o’smir shaxsini shaxs sifatida shakllanishida bilish jarayonlari, psixologik xususiyatlarini o’rganish hozirgi kun uchun dolzarb muammo bo’lib kelmoqda.
O’smirlik davri ham yosh davrlari o’rtasidagi eng murakkab mexanizmlar yuzaga keladigan davr hisoblanadi. O’smir jismoniy o’sishi bilan birgalikda tafakkurning rivojlanishi ongli ravishda ko’plab bilim va axborotlarni qabul qilishida takomillashadi. O’smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O’smirlik davrida ahamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y beradi.
O’smirlik davrida muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror mustahkam bo’lib qoluvchi xislatlar namoyon bo’ladi. SHaxs o’smirlik kamolotiga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo’la boshlaydi, aslida keskin qayta qurish sodir bo’ladi. Bu davrda mustaqil tafakkur, dunyoqarash, e’tiqod nuqtai – nazar o’zligini anglash, baholash shakllanadi. SHuningdek, o’smirlik davrida turli me’yordan og’ishish holatlari ko’zga tashlanadiki, ularni psixologik-pedagogik muammo sifatida o’rganilishi hozirgi kundagi muhim va dolzarb masalalardan biri desak, adashmaymiz. Aynan o’smirlik davridagi deviatsiya holatini nazarda tutgan holda kurs ishimiz mavzusi “Deviant xulqqa moyil bo’lgan o’smirlar bilan ishlashning psixologik-pedagogik muammolari” deb tanlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |