Mavzu: O’smirlar orasida deviant xulqni keltrib chiqaruvchi psixologik omillar


Kurs ishi mavzusining tarkibiy tuzilishi



Download 248,5 Kb.
bet3/14
Sana21.12.2022
Hajmi248,5 Kb.
#893061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzusining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Kurs ishining 1-bobida o’smirlarda deviant xulqqa moyillikning nazariy asoslari va qonuniyatlari, kelib chiqish sabablari, omillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining 2-bobida deviant xulqqa moyil bo’lgan o’smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik-psixologik faoliyatni tashkil etish va amaliy ishlar tahlili yoritilgan.



1-BOB

O’SMIRLARDA DYeVIANT XULQQA MOYILLIKNI O’RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI, QONUNIYaTLARI VA KYeLIB CHIQISH SABABLARI



1.1.

O’smirlardagi deviant xulq-atvorga moyillikni o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari




Ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlariga xos deviant xulq-atvor muammosi pedagog, psixolog, sotsiolog, deviantolog hamda boshqa mutaxassislar tomonidan atroflicha o’rganilib kelinmokda. Bir qator psixologlarning ilmiy izlanishlarida xulq-atvordagi deviatsiyalarning turli-tuman shakllari bayon etilib, ularning xilma-xil tasnifi taklif etilgan. Bu o’rinda deviant xulq-atvorning shakllanish va rivojlanishi sabablarini izohlovchi turli nazariy va metodologik yondashuv hamda kontseptsiyalardan foydalanilib, unda xulq-atvorning biologik hamda ijtimoiy-psixologik determinantlariga katta e’tibor qaratilgan. Bu esa deviant xulq-atvor tizimini shakllantiruvchi omillarni aniklash zaruratining dolzarbligi bilan belgilanadi.
Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotining zamonaviy klinik tasnifida xulq-atvor "og’ish"larining shakllarini belgilovchi mezonlar sifatida xulq-atvorning boshqalar huquqini yoki individning rivojlanishini cheklashga olib keluvchi takrorlanuvchi patternlarining davomiyligi kabul qilingan. Ammo, deviant xulq-atvorda xulqiy "og’ish"larining kriteriyalari masalasida aniq fikr yuritish ushbu tushunchaning turli mutaxassislar tomonidan turlicha ta’riflanishi sababli yanada murakkablashadi. Ta’kidlash joizki, ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning rang-barangligiga qaramasdan, deviant xulq-atvor psixologik korrektsiyasi metodlarini o’rganish va amaliy jihatdan uni qo’llash bo’yicha izlanishlarning kam sonliligi kuzatiladi. Xulqiy og’ishlar psixologik diagnostikaning xarakteri va korrektsiyaning yo’nalishiga bog’liq ravishda kechib, rivojlanishida turli darajadagi muammolar mavjud bolalar va o’smirlarning psixologik korrektsiyasini samarali amalga oshirishda ular psixik dizonotogenezining murakkab tizimli-tuzulmaviy va ontogenestik modelini inobatga olish muhimligi amaliy misollar orqali tushuntiriladi.
Ko’plab mualliflar tomonidan psixik og’ishlarni tadqiq etishda ko’p sonli omillarni inobatga olish zarurligi ta’kidlab kelingan. Zamonaviy diagnostik kesimlarda ko’p qirrali diagnostika va multimodallik tamoyili mustahkamlandi. Serbskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari o’smirlardagi psixik og’ishlar darajasini tizimlashtirishni taklif etib, mualliflar dizontogenezli bosqich yoki psixik rivojlanishning og’ishi darajasi o’rganilayotgan yosh uchun juda katta o’ziga xoslikka ega ekanligini qayd etishadi. O’smirlik yoshidagi psixik og’ishlarning asosiy to’rt darajasi ajratiladi:
- psixopatologik daraja (klinik);
- dizontogenezi darajasi (asinxroniya, rivojlanishdagi iiomaliya va defektlar, psixika va ijtimoiy yetilish tempi, muvozanatining og’ishi);
- xulq-atvordagi og’ishlar, shaxsdagi o’zgarish va og’ishlar darajasi;
- shaxs ijtimoiylashuvi darajasi.
D.N.Isaev diagnoz qo’yish uchun asos bo’ladigan xulq-atvor shakllari namunalari quyidagilarni aks ettirishini ko’rsatadi:
- haddan ortiq urushqoqlik;
- bezorilik;
- shafqatsizlik;
- vayronkor harakatlar;
- o’t qo’yish;
- o’g’rilik;
- yolg’onchilik;
- maktabga bormaslik;
- uydan ketib qolish;
- noodatiy, besabab va tez-tez takrorlanuvchi hamda kuchli bir onli g’azablanish;
- g’alamisli xulq-atvor;
- ochikdan ochiq bo’ysunmaslik.
Odatda xulq-atvorning muqobil baholanishiga bayon etilgan og’ishlarning olti oy va undan ortiq davom etishi xizmat qiladi.
Bolalardagi xulq-atvor og’ishlari ular etiologiyasi haqidagi tasavvur va mezonlardan kelib chiqqan holda turlicha tasniflanadi. G.Ye.Suxareva bolalardagi patologik rivojlanishning asosiy ikki guruhini ajratib ko’rsatadi:
-tarbiyaning salbiy sharoitlari ta’siri ostida xarak-terning o’zgarishi;
- nevrotik rivojlanish.
Birinchi guruh xulq-atvorning «agressiv-himoyalanuvchi», «passiv-himoyalanuvchi» va «infantillashgan» tiplariga bo’linadi. Nevrotik rivojlanish guruhi u yoki bu xarakter patologik belgilarining ustuvorligidan kelib chiqib shaxsning isteriyali, astenik, ipoxondrik va obtsessiv rivojlanishini kamrab oladi.
V.V.Kovalev xulq-atvor og’ishini psixogen xarakterologik va patoxarakterologik reaktsiyaning ko’rinishi sifatida tushunadi. Xarakterologik reaktsiyaning patoxarakteriologik reaktsiyaga o’tish belgilari sifatida V.V.Kovalev bola yoki o’smirning o’zgargan xulq-atvorining ushbu reaktsiya birinchi marta paydo bo’lgan vaziyat va mikrosotsial muhit chegarasidan chiqishini, shuningdek, quyidagi nevrotiq komponentlarning qo’shilishini tushunadi:
- kayfiyatning o’zgarishi;
- achchiglanuvchanlik;
- affektiv qo’zg’aluvchanlik;
- somatovegetativ og’ishlar.
V.V.Kovalev ko’proq bolalargagina xos bo’lgan xulq-atvor reaktsiyalarini (muxolifat yoki e’tiroz, rad etish, imitatsiya, kompensatsiya, giperkompensatsiya) va bu shakllarga qo’shimcha ravishda o’smirlargagina xos bo’lgan xulq-atvor reaktsiya­larini (emansipatsiya, guruhlanish, shakllanayotgan jinsiy qiziqish bilan bog’liq bo’lgan reaktsiyalar) ajratib ko’rsatadi.
K.S.Lebedinskaya, M.M.Rayskaya, G.V.Gribanovalar pato­xarakterologik rivojlanish shakllanishining ikki mexaniz­mini ko’rsatishadi:
- psixologik shikastlantiruvchi ta’sirlarga javob sifatida hosil bo’ladigan giperkompensatsiya, muxoliflik, rad etish kabi shaxs reaktsiyalarining mustahkamlanishi va irradiatsiyasi;
- u yoki bu ko’rinishdagi xarakter patologik belgilarining salbiy ta’siri bilan to’g’ridan-to’g’ri rag’batlantirish.
R.Jenkins xulq-atvor og’ishlari tizimiga giperkinetik reaktsiyani, uydan ketib qolish reaktsiyasini, xavotirlanish reaktsiyasini, ijtimoiy agressivlikni, guruhiy qoidabuzarlik va boshqa reaktsiyalarni kiritadi. SHu o’rinda yosh krizislari sifatida nomlanuvchi asab va psixik og’ishlarga nisbatan ko’proq duchor bo’linadigan davr muhim ahamiyatga ega. V.A.Gureva ta’kidlashicha, eng uzok, davom etuvchi krizis 12-18 yoshga, ya’ni bolalikdan kattalik holatiga «o’tish» davriga xosdir. Psixiatriyada 1890 yildayoq K.Kaxlbaum pubertat krizisning psixologik tavsifini bergan, psixologiyada esa rivojlanishning ushbu klinik fazasini o’rganishning boshlanishi va bu atamaning o’zini ham S.J.Xoll nomi bilan bog’lashadi. L.S.Vigotskiy o’zining pubertat krizisi genezisida biologik va ijtimoiylikning birligi to’g’risidagi kontseptsiyasida psixika balog’atga yetishda keskin davr zarur, ular rivojlanish jarayonining nafaqat salbiy hodisalari, balki yaratuvchanligi mantiqan shartlangan deb ko’rsatadi.
SH.Byuler pubertat krizisini ikki fazaga ajratadi:
- salbiy (12 - 14 yosh);
- ijobiy (15-18 yosh).
Keltirilgan fazalarning har biri u yoki bu psixik og’ishlarning paydo bo’lishida ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Pubertat krizisining ahamiyatini ko’plab yetakchi psixiatr va psixologlar qayd etib o’tishadi. Biroq, uning kasalliklar xalqaro klasifikatsiyasidagi o’rni hozirgacha belgilanmagan, ya’ni o’smirlarda psixik og’ishlar klinikasi shakllanishining muhim mexanizmlaridan biri inobatga olinmasdan kelinmokda. Q.Leongard, A.Ye.Lichkolarning tadqiqotlarida o’smirlardagi disgarmoniya darajasi turliligi, xarakter aktsentuatsiyasi turli sifat xususiyatiga egaligi va o’smirlar xulq-atvori xususiyatlarida turlicha ifodalanishi ko’rsatib o’tilgan. Aktsentuatsiya va psixopatiya o’rtasidagi farklar P.B.Gannushkin va O.V.Serbikovlarning uch mezonida asoslanadi. SHu bilan bir qatorda V.A.Gureva, A.Ye.Lichkolar ham o’smirlik davriga xos xarakter aktsentuatsiya-sining asosiy tiplarini bayon etganlar.
SHaxs psixologik tahlili asosida K.Leongard (1981) tomonidan ishlab chikilgan tasnifda xarakter aktsentuatsiyasining kuyidagi tiplari taklif etiladi:
- demonstrativ;
-pedant;

Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish