6. Tekis parallel ko’chirish usuli
Bu usulda berilgan geometrik obrazning (nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik va h.k.) har bir nuqtasi proyeksiyalar tekisligiga nisbatan parallel bo’lgan gorizontal yoki frontal tekisliklarda harakatlantiriladi.
a) 5.20-shakl b)
1-misol. 5.20-shakl a) va b) da berilgan AB(A1B1;A2B2) to’g’ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi topilsin. Bunda kesmaning A(A1;A2) uchi H ga parallel NA tekislikda, B(B1;B2) uchi esa NB tekislikda harakatlanadi. Bu tekisliklardagi harakat natijasida AB kesma frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel holga keltiriladi. 5.20-shakl, b) dagi epyurda ixtiyoriy A'1 nuqtani belgilab, undan gorizontal chiziq o’tkazib A1B1 proyeksiyani o’lchab A'1B'1=A1B1 qo’yiladi va B'1 nuqta hosil qilinadi ya’ni A'1B'1=A1B1. A nuqtaning frontal proyeksiyasi A2 orqali NA tekislikning NAV izi o’tadi. Proyeksion bog’lanishda B' nuqtaning B'2 frontal proyeksiyasi topiladi. Hosil bo’lgan A'2B'2 kesma AB kesmani haqiqiy katgaligi bo’lib, burchak esa bu kesmaning H teksilik bilan hosil qilgan burchagi bo’ladi.
2-misol. Umumiy vaziyatda berilgan AB(A1B1;A2B2) to’g’ri chiziq kesmasi frontal proyeksiyalar tekislikgi V ga perpendikulyar holatga keltirilsin (5.21-shakl).
5.21-shakl
Ixtiyoriy tanlangan A'2 nuqtadan o’tkazilgan gorizontal chiziqqa kesmaning frontal proyeksiyasi A2B2 ni o’lchab qo’yamiz: (A'2B'2 =A2B2).
Kesmaning gorizontal proyeksiyasi A'1B'1 holga kelib qoladi. A'1B'1 ni ixtiyoriy B"1 nuqtadan vertikal to’g’ri chiziqqa o’lchab qo’yamiz, ya’ni (A"1B"1=A'1B'1). U holda kesmaning frontal proyeksiyasi A"2B"2, ya’ni nuqta bo’lib, u V ga perpendikulyar bo’ladi.
3-misol. Umumiy vaziyatda berilgan ABC(A1B1C1;A2B2C2) uchburchak yuzasining haqiqiy kattaligi aniqlansin (5.22-shakl). Bu masalani yechish uchun uchburchakning A1(A111;A212) gorizontalini o’tkazib, uni V tekislikga perpendikulyar holatga keltiramiz, buning uchun uning gorizontal chizig’ini frontal proyeksiyalovchi, ya’ni A'11'1XX vaziyatda o’tkazib olish kerak.
5.22-shakl
Gorizontal chiziqning yangi A'11'1 vaziyatidan foydalanib, uchburchakning yangi vaziyatdagi proyeksiyalari yasaladi. Shu holda uchburchakning yangi frontal proyeksiyasi C'2A'2B'2 to’g’ri chiziq bo’lib proyeksiyalanadi, ya’ni tekislik frontal proyeksiyalovchi vaziyatga kelib qoladi. Endi uchburchakning A'2B'2C'2 proyeksiyani H ga parallel holga keltiramiz va uchburchakning H tekislikdagi A"1B"1C"1 proyeksiyasini topamiz. Hosil bo’lgan bu A"1B"1C"1 uchburchak, berilgan ABC uchburchak yuzasining haqiqiy kattaligi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |