To’g’ri chiziqni aylantirish
1-misol. Umumiy vaziyatda berilgan AB(A1B1;A2B2) to’g’ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi topilsin (5.12-shakl). Buning uchun kesmaning B(B1;B2) uchidan H tekislikka perpendikulyar qilib I(i1;i2) aylantirish o’qi tanlanadi. Kuzatish nuqtasi sifatida kesmaning A(A1;A2) uchi olinadi, chunki B(B1;B2) nuqta aylantirish o’qiga tegishli bo’lgani uchun u harakat davomida o’z o’rnini o’zgartirmaydi. A nuqtadan I aylantirish uqiga perpendikulyar qilib S harakat tekisligi o’tkaziladi (shaklda SAVi2). Aylantirish o’qi I(i1;i2) bilan SAV harakat tekisligining kesishgan O(O1;O2) nuqtasi aylantirish markazi bo’ladi. Hosil bo’lgan O(O1;O2) nuqtadan kuzatish nuqtasi A(A1;A2) gacha bo’lgan masofa aylantirish radiusi bo’ladi. Harakat tekisligi H ga parallel bo’lgani uchun A1O1 aylantirish radiusining haqiqiy kattaligi bo’ladi. Agar AB
5.12-shakl
kesmani I o’q atrofida aylantirib V ga parallel holatga keltirsak, u bu tekislikka o’zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanib qoladi. Demak, AB kesmaning yangi holatining gorizontal proyeksiyasi XX o’qiga parallel bo’lishi kerak. Aylantirish markazining O1 gorizontal proyeksiyasini markaz qilib O1A1 proyeksiyani O1A'1, holatgacha buramiz va bog’lovchi chiziq yordamida A'2 ni topamiz. Natijada AB ning haqiqiy kattaligi, A'2B'2 ga ega bo’lamiz.
2-misol. Umumiy vaziyatda berilgan AB(A1B1; A2B2) to’g’ri chiziq kesmasi berilgan vertikal o’q atrofida burchakka burilsin (5.13- shakl).
5.13-shakl
Kuzatish nuqtasi A va B nuqtalar bo’lsa, harakat tekisliklari SA va SB bo’lsin, ya’ni SAVi2 va SBVi2 bo’ladi. A nuqta uchun O(O1,O2) nuqta aylantirish markazi va AO kesma esa, aylantirish radiusi bo’ladi. Uning haqiqiy kattaligi-uzunligi A1O1 kesmaga teng bo’ladi. A nuqta i o’q atrofida burchakka quyidagicha buriladi; A1O1 dan boshlab soat strelkasi yo’nilishiga teskari berilgan burchak yasaladi; (A1O1; l1)=. Uni soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha ham yasash mumkin. O1 markazdan A1O1 radiusda aylana chizib uni l 1 bilan kesishuv nuqtasi aniqlanadi. Ya’ni A nuqtani berilgan burchakka burilgan yangi vaziyati aniqlanadi. Uni A'1 belgilab, SAV da uning frontal A'2 proyeksiyasi aniqlanadi.
Aynan yuqorida keltirilgan grafik amallarni B nuqta uchun ham takrorlab uning burchakka berilgan yangi B'(B'1,B'2) vaziyati topiladi. A' va B' nuqtalarini birlashtirib, burilgan kesmaning yangi, burchakka burilgan vaziyati yasaladi.
Aylantirish o’qi I(i1;i2) H tekislikka perpendikulyar holda berilgan. Kuzatish nuqtasi A(A1;A2), harakat tekisligi SAI, chizmada SAVi2 (bu tekislik H ga parallel). Aylantirish markazi O(O1;O2) ning gorizontal proyeksiyasi O1 dan, soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalishda burchak ostida to’g’ri chiziq o’тказамиз va aylantirish radiusining haqiqiy kattaligi O1A1 da A1A'1 yoyni chizib A'1 nuqtani, ya’ni A nuqtaning yangi holatining gorizontal proyeksiyasini topamiz va A'2 ni belgilaymiz. Shu usul bilan B nuqtaning yangi holati B'(B'1;B'2) ni topamiz. Natijada A'B'(A'1;B'1;A'2;C'2) berilgan kesmaning yangi, burchakka burilgan holati bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |