Abu Rayhon Beruniy (937-1048 yy.) - Abu Rayhon Beruniy (937-1048 yy.) – matematika, kimyo, astronomiya, geografiya, geometriya, tarix, musiqa, tilshunoslik bo‘yicha 150dan ortiq durdona asarlar yaratgan. (“O‘tmish avlodlar yodgorligi”, “Hindiston tarixi”). Ular orasida “Saydana” bevosita tilga oid bo‘lib, 29 bob, 1116 misradan iborat. Unda 4500 dan ortiq dorivor o‘simliklarning 8 tildagi nomlari izohlangan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) - Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) – Sharq olamida “Shayx ur-rais”, G‘arbda “Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan, ko‘p asrlar davomida jahon tibbiyot ilmining asosi bo‘lgan “Tib qonunlari” kitobi muallifi, shuningdek, “Kitabi al milh finnahv” (“O‘tkirlik sintaksisda ekanligi”), “Kitob lisonul arab”, “Asbobi xudut al huruf” (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”) kabi tilshunoslikka oid asarlar yaratgan. Allomaning fikricha, tovush havoning to‘lqinsimon harakati natijasida hosil bo‘ladi, fizikaviy (savt) va nutqiy (harf) tovushlari mavjud. U arab tilidagi 3ta unli, 28ta undosh borligini qayd etadi va undoshlarning har birini mukammal tavsiflaydi. Ibn Sinoning tovushlar artikulyatsisi, nutq a’zolari, unli va undoshlar haqidagi fikrlari fonetika sohasiga qo‘shilgan salmoqli hissadir.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy (XI asr) - Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy (XI asr) Qoshg‘arda tug‘ilgan, Samarqand, Buxoro, Nishopur va Marv shaharlarida o‘qigan, Bag‘dodda arab adabiyoti, tilshunosligi, tarixi, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan. U turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblangan mashhur «Devonu lug‘atit turk» («Turkiy so‘zlar devoni») asari orqali turkiy tillarning leksikologiyasiga asos soldi, turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini yaratdi.
“Devon”ning faqat bir nusxasi 1914 yilda Turkiyada topilgan. Bu kitob kotib Muhammad bin Abu Bakir Damashqiy tomonidan 1265-66 yillarda M.Qoshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan ko‘chirilgan. Shu nusxa asosida 1905-1917 yillarda Turkiyada “Devon”ning uch jildi nashr qilingan. 1928 yilda Karl Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va Leypsigda chop etilgan; Bosim Atalay tomonidan turk tiliga o‘girilib, 1939 yilda Anqarada chop etilgan; Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan va 1960-1963 yillarda Toshkentda chop etilgan. «Devon»ning muqaddima qismida turkiy xalqlarning etnografiyasi, lahjalari haqida ma’lumotlar berilgan, lug‘at qismida esa 9 mingga yaqin turkiy so‘zlar arab tiliga tarjima qilingan, ushbu so‘zlarning fonetik, semantik, grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlangan. Koshg‘ariy o‘z lug‘atida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari haqida fikr yuritadi, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi, arab yozuvidagi harflarning turkiy tillarda mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi. - “Devon”ning faqat bir nusxasi 1914 yilda Turkiyada topilgan. Bu kitob kotib Muhammad bin Abu Bakir Damashqiy tomonidan 1265-66 yillarda M.Qoshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan ko‘chirilgan. Shu nusxa asosida 1905-1917 yillarda Turkiyada “Devon”ning uch jildi nashr qilingan. 1928 yilda Karl Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va Leypsigda chop etilgan; Bosim Atalay tomonidan turk tiliga o‘girilib, 1939 yilda Anqarada chop etilgan; Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan va 1960-1963 yillarda Toshkentda chop etilgan. «Devon»ning muqaddima qismida turkiy xalqlarning etnografiyasi, lahjalari haqida ma’lumotlar berilgan, lug‘at qismida esa 9 mingga yaqin turkiy so‘zlar arab tiliga tarjima qilingan, ushbu so‘zlarning fonetik, semantik, grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlangan. Koshg‘ariy o‘z lug‘atida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari haqida fikr yuritadi, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi, arab yozuvidagi harflarning turkiy tillarda mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |