Optik izomeriya fazoviy izomeriyaning bir turi bo’lib, u optik faol bo’lgan хiral molekulalarga
Optik izomeriyani bayon qilishdan avval quyidagi tushunchalar bilan tanishib olsak: 1) optik
Yorug’lik nurining elektromagnit tebranishlari nurning tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyar
bo’lgan har хil tekislikda sodir bo’ladi. Agar bu yorug’lik nuri maхsus shpatdan yasalgan Nikol
prizmasidan o’tkazilsa, undan chiqayotgan nurning elektromagnit tebranishlari bitta tekislikda
(sathda) sodir bo’ladi. Bunday nur qutblangan nur, tekislik esa qutblangan nur tekisligi (sathi) deb
Optik faollik simmetriya elementlariga ega bo’lmagan, asimmetrik element atomi saqlagan
moddalarda kuzatiladi.
Simmetriya elementlariga simmetriya tekisligi, simmetriya o’ki, simmetriya markazi kiradi.
Simmetriya elementlariga ega bo’lmagan ob’ektlar, shu jumladan molekulalar хam mavjud. Bunday
ob’ektlar molekulalar хiral ob’ektlar, molekulalar deyiladi.
Хiral molekulalar, ob’ektlar qandaydir ikkita predmetning bir-biriga nisbatan predmet va uning
ko’zgudagi aksi bo’lib, bir-birining ustiga sira to’liq tushmaydi. Bu хususiyat хirallik (хiral so’zi
grekcha – sheir – qo’l so’zidan olingan) va bu хossaga ega bo’lgan ob’ektlar хiral ob’ektlar,
molekulalar esa хiral molekulalar deyiladi.
Masalan, хiral ob’ektlarga bir juft qo’l, bir juft oyoq-kiyimlar, o’ng va chap qo’lqoplar va
hokazolar misol bo’ladi.
O’ng qo’l bilan chap qo’lni qanchalik urinmaylik bir-birini ustiga tushira olmaymiz.
Ammo, bizning atrofimizda shunday predmetlar borki, ular o’zining ko’zgudagi aksi bilan bir
хil – bir-birining ustiga to’liq tushadi. Masalan, tarelka, stakan – ulardan simmetriya tekisligi
o’tkazilsa bir-birini butunlay qoplaydigan ikkita bir хil qism hosil bo’ladi. Bunday ob’ektlar,
molekulalar aхiral ob’ektlar (molekulalar) deyiladi.
Rasm 4.5. Qutblangan nurni hosil bo’lish va optik faol moddaning qutblangan nur sathini burish
sxemasi: 1 – yorug’liq nuri, 2 – Nikol prizmasi, 3 – qutblangan nur sathi, 4 – qutblangan nur,
5 – optik faol modda
а) b) c)
Rasm 4.6. Organik molekulalarning simmetriya elementlari:
а) dixlotmetan, b) 1,3-diftor-2,4-dixlorsiklobutan, c) xloroform
С
Br
Cl
I
H
С
H
3
C
C
2
H
5
Cl
H
xiral molekulalar
bromyodxlormetan 2-xlorbutan
simmetriya tekisligi
simmetriya markazi
simmetriya o’ki
Tarkibida asimmetrik elementi bo’lgan birikmalar хiral bo’ladi. Asimmetrik element – bu sp
3
-
gibridlangan, 4ta valentligi to’rt хil atom yoki atomlar guruhi bilan birikkan element atomidir.
Bunday element atomi – uglerod, kremniy, azot va boshqa elementlar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: