Yuqori daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini chuqur anglaydilar, kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatda amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratga ega bolishligi bu yolda amaliy harakatlarni tashkil eta bilishligi va unga tola rioya eta oladilar.
Orta daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini yetarlicha anglaydilar, kasbiy kompetentlikni oshirish davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni ozlarida shakllantirish ehtiyojini doim ham namoyon etavermaydilar. Qolaversa, ozlarida kasbiy mahoratni shakllantirish yolida amaliy harakatlarni tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Quyi daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini deyarli anglamaydilar, kasbiy mahorat davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni ozlarida shakllantirish ehtiyojiga ega emaslar, shuningdek, ozlarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish yolida amaliy harakatlarni tashkil etmaydilar.
Shunday qilib, umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi boyicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi taminlandi. Unga kora tajriba guruhlariga biriktirilgan sinaluvchi-o`qituvchilarda kasbiy kompetentlikni nazorat guruhlaridagi kasbdoshlaridan farqli ravishda sezilarli darajada shakllantirishga erishildi.
III BOB BOYICHA XULOSA
Umumtalim maktab oqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi boyicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi quyidagicha belgilandi:
Umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari bilan bogliq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida «Kasbiy kompetentlik» tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yonalishlari aniqlandi, bu muammoni pedagogik tayyorgarlikka nisbatan qollash shart-sharoitlari belgilandi.
Bizning nazariy qarashlarimiz asosida pedagogika fanining metodik taminoti shartlari aniqlandi va umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlari belgilandi.
Tarbiya nazariyasi va amaliyoti tahlili shuni korsatdiki, o`qituvchilarning ayrim bosqichlarida mahorat, bilimni egallashda ijodiy xususiyat hosil boladi. Bu xususiyatlarning har biri alohida farqlanuvchi belgilari va shartlariga mos keluvchi tomonlariga ega boladi.
Umumta`lim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shartlari, usullari, bosqichlari, korsatkichlari aniqlandi.
Tajriba tahlili va nazariy tadqiqot natijalari umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishni tashkil etishda rahbarning yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, kasbiy mahorati masalasining muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga egaligini tasdiqladi.
XULOSA
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov Tarbiyachilarning oziga zamonaviy bilim berish, ularning malumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bolmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, talim - tarbiya tizimini ozgartirishdagi asosiy muammo shu erda. Oqituvchi oquvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning ozi ana shunday bilimga ega bolishi kerak4 - deb takidlagan edi.
Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda umumtalim maktab oqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator konikmalarga ega bolishi lozimligi belgilab olindi.
Bolgusi o`qituvchi oz faoliyati jarayonida ibrat, namuna korsatish bilan yoshlarning faolligini, his-tuygusini, xatti-harakatini rivojlantirishi va tasir eta olishi muhimligi aniqlandi.
Har bir mashgulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini taminlashni nazarda tutish, mashgulot oyin, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi:
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagilarga alohida etibor qaratildi:
Umumtalim maktab oqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularda zarur bilimlarning samarali ozlashtirilishini taminlash maqsadida talim texnologiyalarini qollash keng imkoniyatlarni yaratadi.
Ilmiy izlanishni olib borish davrida modul talimi, muammoli talim, interfaol talim, rivojlantiruvchi talim, hamkorlik talimi va oyin texnologiyalari kabi talim texnologiyalari umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning puxta ozlashtirilishi, shuningdek, ularda ishni samarali tashkil etish konikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirilishini taminlay olishi aniqlandi. Garchi, mustaqil talim, individual talim, tabaqalashtirilgan talim, dasturiy talim, masofaviy talim hamda innovatsion talim ham umumtalim maktab oqituvchilarining kasbiy kompetentligini samarali shakllantirish imkoniyatiga ega bolsa-da, biroq, ularni oqitish jarayonida samarali qollay olish uchun muayyan vazifalarni hal etish zarurligini korsatdi.
Talim muassasalarida oqitishda talim texnologiyalarini qollashning mavjud holatini organish bu yolda fan oqituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat natijalarining mavjud imkoniyatlar darajasidan past ekanligini korsatdi. Bu holat tajrib-sinov ishlari davrida sezilarli ozgarishlarni sodir etish zarurligini taqozo etadi. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda masalaning bu jihatiga alohida etibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining modul talimi, muammoli talim, interfaol talim, rivojlantiruvchi talim, hamkorlik talimi va oyin texnologiyalari asosida tashkil etilishi boyicha darslarning samarali tashkil etilishini taminlash bilan birga umumtalim maktab oqituvchilari tomonidan oquv materiallarining puxta ozlashtirilishi uchun qulay sharoitni hosil qildi.
Talim muassasalarini organishda talim texnologiyalarini qollashga yonaltirilgan sinov ishlari mazmunining batafsil ishlab chiqilishi amaliy tajribani samarali tashkil etilishini taminladi.
Tajriba avvali va yakunida o`qituvchilarning kasbiy kompetentlikka ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tadqiqot davrida mezonlarni ishlab chiqish zarurligiga ishonch hosil qilindi.
Tadqiqotning ilmiy natijalari asosida oliy pedagogik talim tizimida umumtalim maktab oqituvchilarida kasbiy kompetentligining shakllanganligini takomillashtirish boyicha quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif etiladi:
talim tizimida umumtalim maktab oqituvchilarining oquv ijodiy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmunini zamonaviy talablari asosida modernizatsiya qilib borish;
maktabda mustaqil talim olishga umumtalim maktab oqituvchilarining oquv ijodiy tayyorgarlik sifat va samaradorligini oshirish omili sifatida qaralib, uni uzviy va uzluksiz tashkil etishga etiborni kuchaytirish;
o`qituvchilar mustaqil talimi (mustaqil organishga ishtiyoq va mustaqil talim olish konikmasini shakllantirish) tizimini rivojlantirishga bagishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar otkazish;
oquv yurtlarida mustaqil talim olishning axborot texnologiyalarini (xususan, masofali talim texnologiyasini) ishlab chiqish va uzluksiz rivojlantirish chora tadbirlarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |