Interaktiv doska - bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy taminot matn, rasm, video va audio malumotlar va obektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Videoanjuman - uzoqlashtirilgan foydalanuvchi guruhlari orasida (raqamli videolzuv lki oqimli video korinishida malumotlarni almashinish) yigilis h va munozaralar otkazish jarayonini taminlaydi.
Audioanjuman - tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning malumotlarni ovozli - raqamli korinishda almashinish jarayonini taminlaydi.
Elektron axborot resurslarini tarqalishi boyicha ikki guruhga ajratish mumkin:
jismoniy tashuvchilar orqali tarqatish (kompakt disk, DVD disk va Flash driver orqali);
kompyuter tarmogi orqali tarqatish (lokal yoki korporativ tarmoqlar).
Oquv mashgulotlari otadigan xona togri tanlanishi kerak. Mashgulot
otishi belgilangan xona korimsiz bolmasligi lozim. Agar mashgulot otadigan xona zamonaviy texnologiyalar vositalari bilan jihozlanmagan bolsa, bu o`quvchilarning ruhiyatiga salbiy tasir korsatadi va oqituvchi targib qilayotgan goyalarga ishonch bilan qarash paydo bolmaydi. Oquv mashgulotga moljallangan xonalar qanchalik fanga doir korgazmali jihozlar bilan jihozlansa, o`quvchilarda ham gurur, faxrlanish tuygulari paydo boladi hamda otkaziladigan mashgulotning samaradorligi ortadi. Bu xonalarni jihozlashda mavzuga doir oquv plakatlari, tarqatma materiallariga etibor qaratish lozim boladi.
Oquv mashguloti samaradorligini oshiradigan eng asosiy jihatlardan biri korgazmali vositalardan unumli foydalanish.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida tarbiya mazmunini takomillashganlik darajasi bu yuksak manaviyatli shaxs talablarga javob bera oladigan barkamol avlodni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda tarbiya mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy konikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy goyalar tizimi tushunilib, uning tarkib topishiga quyidagi omillar tasir korsatadi:
jamiyat ehtiyojlari;
milliy meros, buyuk allomalar va etuk olimlarining zamonaviy metodologik qarashlari;
umuminsoniy qadriyatlar;
ilmiy-texnik taraqqiyot;
ta`limtizimining ozida yuzaga keluvchi, talim sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini taminlashga qaratilgan ehtiyojlar.
Oquv mashgulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish otkazilgan mashgulot sifatini tashxis qilmay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarish, talim-tarbiya maqsadiga erishishda bir qancha murakkabliklar vujudga keladi. Oquv mashgulotini otkazish jarayonlarida o`quvchilarning kasbiy kamoloti darajasini belgilangan mezonlar va yondashuvlar orqali aniqlashda axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni tashkil etish, ularning talim-tarbiya maqsadlariga mosligini nazorat qilish bu boradagi muammolarni yechish imkoniyatini yaratadi.
Oquv jarayonini kompyuterlashtirish zamonaviy talim sohasida hal qilinishi lozim bolgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Kompyuter yordamida oquv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qolyozma shaklida tayyorlab olish kerak. Matn tayyor bolgach, unda mantni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng bolgan, korgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd malum bir olchamga ega bulgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor taqdimotni kompyuter ekranida, videoproektor yordamida katta ekranda namoyish qilish mumkin. Taqdimotni tashkil qilish slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdimot axborot texnologiyasining samaradorligi kop jihatdan takdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bogliq ekanligini ham unutmaslik lozim. Zamonaviy texnik vositalardan dars davomida kompyuter dasturlaridan, didaktik vositalardan, miniplakatlardan, slaydlardan foydalanish, o`quvchilarning bilim saviyasini oshirishda katta yordam korsatadi. Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik korinishga ega bolgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bolgan (magnit va optik disklar, audio va video - lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bogliq sohasidir.
Multimedia (multimedia - kop muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar toplami bolib, u insonga ozi uchun tabiiy bolgan juda turli - tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki bu u erda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bolib otadi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: malumotlarni audio (nutqli) va videokiritish va yuqori sifatli tovushli (sound) va video (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni ShKga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videokabul kiladigan tizimlar, hozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan kopincha tovushli va videomalumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi katta sigimli tashqi eslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |