Elektron taqdimot - slaydlardan mashgulotlarda namoyish va korgazmali material sifatida foydalanish umum ta`limoqituvchisiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Beriladigan axborot materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi otkazilayotgan mashgulotlarning ozlashtirilishini engillashtiradi va korgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o`quvchilarga tarqatma materiallar sifatida ham tarqatish mumkin.
Slaydlarga nisbatan o`quvchilar ozlarining fikrlarini bayon etishlari mumkin va bu orqali ular olib borilayotgan mavzu boyicha xulosalar va savollarni shakllantirish malakalariga ega boladilar.
Umum ta`limi oqituvchisiga bunday metodika yangi axborotlarni kopayib borishi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini ozgarishi bilan malum bir mavzuga moljallangan slaydni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
Ta`lim jarayoniga zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, pedagogik-psixologik talablarga javob berishi kerak. Ta`lim jarayonida pedagogik va psixologik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish uchun quyidagi omillar muhim hisoblanadi:
taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, korgazmali, amaliyot bilan boglangan bolishi;
taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining ozaro optimal variantida berilishi;
taqdimot materiallarining bayon etilishi o`quvchiga yonaltirilgan bolishi kerak.
Berilayotgan axborotlar mashgulot mavzusining mazmuniga mos bolishi bilan birga o`quvchilarda zarur konikma hamda malakalarni shakllantirishni taminlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, o`quvchilar ozlashtirishi lozim bolgan axborotlar hajmini aniqlashi, malum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning o`quvchilar tayyorgarlik darajasiga mos bolishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, malumotlar omborini boshqarish tizimlari, suniy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari muayyan amallarni ongli, muntazam, rejali amalga oshirishda ozlashtiriladi. Oquv mashgulotlarni otkazishda foydalanishi mumkin bolgan vositalarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Multimedia - mashgulotlarda axborotning turli xil korinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek tolaqonli videokliplar, xatto videofilmlardan foydalanilishini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |